Amaliy dars rejasi №1
Download 158 Kb.
|
1-mavzu
TASDIQLAYMAN” O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari __________Nurmatov M “____”________2016 y AMALIY DARS REJASI № 1
O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli Fanning nomi:Matematika Mavzu nomi: Maktab kursini takrorlash. To'plamlar haqida tushuncha. Darsning maqsadlari: Ta’limiy: - Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash; -Matematikaning ijtimoiy mohiyati haqida kengroq tushuncha berish; -Talabalarga yangi mavzu haqida ma’lumotlat berish va ularning fikrlash doirasini kengaytirish
-Mutahassislikka qiziqishni , mas’uliyat his-tuyg’ularini shakllantirish; -O’quvchilarda insonparvarlik, mehr-shavqat tuyg’ularini shakllantirish
- O’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish -Mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondashishga yo’naltirish -O’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritish ko’nikmalarini shakllantirish Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar: 1.To'plam, to'plam elementlari. Bo'sh va qism to'plam. Sonli to'plamlar haqida ma’lumotga ega bo’ladi. 2.To'plamlar ustida amallar haqida ma’lumotga ega bo’ladi. 3.Mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari haqida ma’lumotga ega bo’ladi. Ta’lim metodlari: Muammoli holarlarni yechish, ma’ruza matn bilan ishlash, test savollari va B.BX.B jadvali, funny english Baholash metodlari: Og’zaki so’rov, tezkor savol topshiriqlari Axborot manbalari va texnik vositalar: Ma’ruza matnlari, grafik organayzerlar, doska, bo’r, tarkatma materiallar, kadoskop Dars turi: Amaliy dars, Axborotli, vizual ma’ruza Darsga ajratilgan vaqt: 2-akademik soat Uyga vazifa: Maktab kursini takrorlash.To'plamlar haqida tushuncha o’tilgan mavzuni o’qib kelish. O’qituvchi: ____________ (imzo) DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsni jihozlash - fanga oid adabiyotlar; - ko’rgazmali qurollar, sxemalar, jadvallar tushirilgan plakatlar; - turli usullarni bajarish uchun foydalaniladigan mahsus kartochkalar - fanga, mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar to’plami, boshqotirma, tarqatma materiallar, savollar tuzilgan kartochkalar, vazifalar belgilangan eslatmalar T O’quv xonasini darsga tayyorgarligi to’g’risida o’zimni fikrimni bildiraman Assalomu alaykum. Hurmatli o’quvchilar. O’quv jurnali asosida davomat olaman va belgilayman ashkiliy qism: (1-ilova) Jaxonda va O'zbekistonda bo'layo'tgan siyosiy yangiliklar haqida ma'lumot beraman. To'plamlar haqida ma'lumot beraman Man Eshmatova Ozoda shu kollejning Matematika fanidan dars berib kelaman. FANGA AJRATILGAN SOATLAR:
280 soat Jami: 190 soat
56 soat Amaliy: 134 soat
90 soat Shulardan: FAN KURSGA VA SEMASTRGA AJRATILGAN SOATLAR:
R1-semestr 80-soat R2-semestr 40-soat II-kurs uchun R3-semestr 40-soat R4-semestr 10-soat III-kurs uchun R5-semestr 20-soat Kirish qismi (Motivatsiya) (2-ilova) O’tilgan mavzu savol javob tariqasida so’raladi.Bunda kichik guruhlarga quyidagi savollar beriladi. Savollarda o’tilgan mavzuning barcha ma’lumotlarini qamrab olinadi.bunda mavzuning ilmiyligi,kundalik hayotimiz bilan bog’langanligiga e’tibor beriladi.O’tilgan mavzuda uyga berilgan qo’shimcha ma’lumotlarni ham bajarganligiga alohida e’tibor beriladi. Boshlang’ich nazorat (2-ilova) 1. Matematika so’zinig ma’nosi nima? A) texnika B) tabiat C) vaqt D) zamon E) makon 2. Xalqaro birliklar sistemasida nechta asosiy birliklar bor? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta E) 9 ta 3. Tezlikning o’lchov birligi qanday ifodalanadi? A) m B) s C) kg D) km E) m/s 4. 72 km/soat ni m/s da ifodalang. A) 10 m/s B) 20 m/s C) 720 m/s D) 100 m/s E) 200 m/s 5. Vaqt birligi ichida o’tilgan yo’lga teng bo’lgan fizik kattalik qanday nomlanadi? A) tezlik B) tezlanish C) kuch D) ish E) energiya 6. 4 tonna necha kg ga teng? A) 40 kg B) 400 kg C) 4000 kg D) 40000 kg E) 800 kg 7.Avtobus 60 km/soat tezlik bilan xarakatlanmoqda, u 2 soatdan so’ng qanday yo’lni bosib o’tadi? A) 60 km B) 30 km C) 120 km D) 30 m E) 120 m 8. Ishning bajarilish tezligini xarakterlovchi fiizik kattalkka nima deyiladi? A) vaqt B) ish C) kuch D) quvvat E) bosim 9. Bosim birligini aniqlang. A) Vatt B) Joul C) metr D) Nyuton E) Paskal 10. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’siri Matematikaning qaysi qonuni bilan tavsiflanadi? A) Nyuton qonunlari B) Kulon qonuni C) Om qonuni D) Termodinamika qonunlari E) Matematikada bunday qonun mavjud emas 11. Elektr zaryadlarning o’tkazgich bo’ylab tartibli xarakati nima deb ataladi? A) elektr toki B) elektr energiya C) atom D) proton E) neytron 12. Kuchlanish qanday asbob bilan o’lchanadi? A) barometr B) ampermetr C) voltmetr D) chizg’ich E) bunday assbob yo’q 13. Om qonunini ifodalovchi formulani aniqlang. A) I=Q/t B) F=ma C) N=A/t D) I=U/R E) A=Fs 14. Qaysi javob to’gri ifodalangan? A) 3kN=30 N B) 3kN= 300 N C) 3kN= 3000 N D) 3kN= 30000N E) 3kN= 60 N 15. Nyutonning 3-qonunini ifodasini aniqlang. A) F=ma B) F=-F C) a=F/m D) v=s/t E) I=U/R 16. Erkin tushish tezlanishining qiymatini ko’rsating. A) 9,8 B)1,6 C) 6,63 D) 7,9 E) 11,2 17. Qanday fizik kattalik 1N birlikda o’lchanadi? A) yo’l B) ish C) vaqt D) quvvat E) kuch 18. Butun olam tortishish qonuni qaysi olim tomonidan topilgan? A) Om B) Amper C) Nyuton D) Paskal E) Uatt 19. Bosimni ifodalovchi formulani aniqlang. A) F=mg B) N=A/t C) I=U/R D) p=F/S E) s=vt 20. Agar 10 s vaqt ichida o’tkazgichdan 20 Kl elektr zaryadi o’tgan bo’lsa, o’tkazgichdan qancha tok kuchi o’tadi? A) 2 A B) 4A C) 0,2A D) 0,4 A E) 10 A 21. Ko’p miqdorda elektr zaryadlarni to’play oladigan asboblar qanday nomlanadi? A) barometr B) kondensator C) ampermetr D) voltmeter E) sekundomer 22. Xajm qaysi xarf bilan belgilanadi? A) s B) m C) t D) V E) A 23. Moddaning xamma kimyoviy xususiyatlariga ega bo’lgan eng kichik zarrasi nima deb ataladi? A) molekula B) atom C) proton D) neytron E) nuklon 24. “Xar qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilib, boshlangich xolatini o’zgartirmaguncha o’zining nisbiy tinch yoki to’gri chiziqli tekis xarakatli boshlangich xolatini saqlaydi.” Ushbu ta’rif qaysi qonun uchun o’rinli? A) Paskal qonuni B) Arximed qonuni C) Nyutonning 1-qonuni D) Nyutonning 2-qonuni E) Butun olam tortishish qonuni 25. 2 soat necha sekunddan iborat? A) 60 B) 120 C) 3600 D) 7200 E) 24 (3-ilova) Yangi mavzuni: Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ru’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi Mavzu: Maktab kursini takrorlash.To'plamlar haqida tushuncha. Reja: 1.To'plam, to'plam elementlari. Bo'sh va qism to'plam. Sonli to'plamlar. 2.To'plamlar ustida amallar. 3.Mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari. Tayanch so’z va iboralar: To'plam, bo'sh va qism to'plam, sonli to'plamlar, to'plamlar ustida amallar, mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari. To'plam, to'plam elementlari. Bo'sh va qism to'plam. Sonli to'plamlar.To'plarn tushunchasi matematikaning boshlang'ich (ta'riflanmaydigan) tushunchalaridan biridir. U chekli yoki cheksiz ko'p obyektlar (narsalar, buyumlar, shaxslar va h.k.) ni birgalikda bir butun deb qarash natijasida vujudga keiadi. Masalan, O'zbekistondagi viloyatlar to'plami; vlloyatdagi akademik litseylar to'plami; butun sonlar to'plami; to'g'ri chiziq kesmasidagi nuqtalar to'plami; sinfdagi o'quvchilar to'plami va hokazo. To'plamni tashkil etgan obyektiar uning elementlari deyiladi. Ta’rif: To'plamlar odatda lotin alifbosining bosh harflari bilan, uning elementlari esa shu alifboning kichik harflari bilan belgilanadi. Masalan, A = {a, b, c, d} yozuvi A to'plam a, b, c, d elementlardan tashkil topganligini bildiradi. Ta’rif: x element X to'plamga tegishli ekanligi xX ko'rinishda, tegishli emas esa x A ko'rinishda belgilanadi. Masalan, barcha natural soniar to'plami N va 4, 5, , sonlari uchun 4N, 5N, N, N munosabatlar o'rinli. Biz, asosan, yuqorida ko'rsatilganidek buyumlar, narsalar to'plamlari bilan emas, baiki sonli to'plamlar bilan shug'ullanamiz. Ta’rif: Sonii to'plam deyilganda, barcha elementlari sonlardan iborat bo'lgan har qanday to'plamga aytiladi. Bunga N- natural sonlar to'plami, Z- butun sonliar to'plami, Q — ratsional sonlar to'plami, R - haqiqiy sonlar to'plami misol bo'la oladi. To'plam o'z elementlarining to'liq ro'yxatini ko'rsatish yoki shu to'plamga tegishli bo'lgan elementlargina qanoatlantiradigan shartlar sistemasini berish bilan to'liq aniqlanishi mumkin. Ta’rif: To'plamga tegishli bo'lgan elementlargina qanoatlantiradigan shartlar sistemasi shu to'plamning xarakteristik xossasi deb ataladi. Barcha x elementlari biror b xossaga ega bo'lgan to'plam X = {x \ b(x)} kabi yoziladi.Masalan, ratsional sonlar to'plamini Q = { r \ r =) pZ, qN } ko'rinishda, ax2 + bx + c = 0 kvadrat tenglama ildizlari to'plamini esa X= {x \ ax2+ bx+ c= 0} ko'rinishda yozish mumkin. Elementlari soniga bog'liq holda to'plamlar chekli va cheksiz to'plamlarga ajratiladi. Ta’rif: Elementlari soni chekli bo'lgan to'plam chekli to'plam, elementlari soni cheksiz bo'lgan to'plam cheksiz to’plam deyiladi. 1- m i s o l. A = {x / xN, x2 > 7} to'plam 2 dan katta bo'lgan barcha natural sonlardan tuzilgan, ya'ni A ={3,4, 5, 6, 7, 8, 9, ...}. Bu to'plam - cheksiz to'plamdir. Ta’rif: Birorta ham elementga ega bo'lmagan to'plam bo'sh to'plam deyiladi. Bo'sh to'plam orqali belgilanadi. Bo'sh to'plam ham chekli to'plam hisoblanadi. 2-m i s o l. x2+3x+2=0 tenglamaning ildizlari X={-2; -1} chekli to'plamni tashkil etadi. X2+3x+3=0 tenglama esa haqiqiy ildizlarga ega emas, ya'ni uning haqiqiy ye-chimlar to'plami dir. Ta’rif: Ayni bir xil elementlardan tuzilgan to'plamlar teng to'plamlar deyiladi. 3 - m i s o l. X={ x / xN, x 3} va Y={x { x /(x--2)(x-3)=Q } to'plamlarning har biri faqat 1, 2, 3 sonlaridan tuzilgan. Shuning uchun bo'sh to'plamlar tengdir: X= Y. Ta’rif: Agar B to'plamning har bir elementi A to'plamning ham elementi bo'lsa, B to'plam A to'plamning gism-to'plami deyiladi va B A ko'rinishida belgilanadi, Bunda 0 A va A A hisoblanadi. Bu qism-to'plamlar xosmas qism-to'plamtar deyiladi. A to'plamning qolgan barcha qism-to'plamlari xos qism-to'piamlar deyiladi. Masalan: N Z Q R. Agar A = {3, 4, 5}, B = [x \x2 -7x + 12 = 0} bo'lsa, BA bo'ladi. 4- m i s o 1. A - ikki xonali sonlar to'plami, B – ikki xonali juft sonlar to'plami bo'lsin. Har bir ikki xonali juft son A to'plamda ham mavjud. Demak, B A. A=B bo'lsa, A B, B A va aksincha, A B, B A bo'lsa, A = B bo'lishini tushunish qiyin emas. 5-m i s o l. A={1,2,3,4}, B={1,,9,22} bo'lsa, B={1,,9,22}= {1,2, 3, 4} = A. Bundan ko'rinadiki, AB, B A bo'ladi. Ta’rif: X chekli to'plam elementlari sonini n(X) orqali belgilaymiz. k ta elementii X to'plamni k elementii to 'plam deb ataymiz. 6 – m i s o l. X to'plam 10 dan kichik tub sonlar to'plami bo'lsin: X= {2; 3; 5; 7}.Demak, n(X) =4. Download 158 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling