Amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tamoyili va ulardan O’zbekiston iqtisodiyotida foydalanishning asosiy rollari


Download 17.15 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi17.15 Kb.
#1100810
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta



Amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tamoyili va ulardan O’zbekiston iqtisodiyotida foydalanishning asosiy rollari
Zamonaviy kompyuterning imkoniyatlari shunchalik kattaki, uni ishda, o’qishda va kundalik hayotda ishlatadigan odamlar soni ortib bormoqda. Shu kabi kompyuter va turli yaratilayotgan texnologiyalarni amalda ishga tushirish uchun dasturiy ta’minot asosiy tayanch vazifasini bajaradi. Kompyuter dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot sanaladi.
Amaliy dasturiy ta’minoti muayyan sinf vazifalarini hal etishga mo’ljallangani uchun undan O’zbekiston iqtisodiy tizimida ham samarali foydalanish mumkin. Iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi, moliya faoliyati, korxona boshqaruvi, mahsulot zaxirasi boshqaruvi va boshqa shu kabi tarmoqlarining amaliy dasturiy ta’minotlari ishlab chiqilgan bo’lib ularni keng qamrovda va yuqori darajada qo’llash ko’pgina imkoniyatlar eshigini ochadi.
Amaliy dasturlar ta’minoti foydalanuvchining o’z vazifalarini hal qilishdagi avtomatlashtirilgan ta’minoti bo’lib, u axborotni qayta ishlash bo’yicha kompyuter bajaradigan jarayonlardan bizni ozod qiladi. Umuman olganda ular ma’lum sohalar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlar to’plami hisoblanadi. Amaliy dasturiy ta’minot muammoli hamda uslubiy yo’naltirilgan, umumiy vazifali, intelektual tizimlar, avtomatlashtirilgan loyihalash, ofis, multimedia dasturiy vositalar, nashriyot tizimlari kabilarga bo’linadi. Uning muammoli yo’naltirilgan turiga buxgalteriya hisobi ADT, personal boshqaruvchi ADT, korxonalar boshqaruv ADT kabilar kirsa, uslubiy yo’naltirilganiga matematik uslubiyat, statistika, grafika kabilar kiradi. Amaliy dasturiy ta’minotning rivojlantirishning asosiy tendensiyalari pog’onali tuzilmaga asoslangan bo’lib, og’irlik markazi oxirgi foydalanuvchilar local tarmoqlaridan tarmoq serverlariga ko’chmoqda va bir nechta asosiy tamoyillarga tayanishni taqozo etmoqda. Bularga cheklanishlarsiz turli arxitektura qarorlarini integratsiyalash, ya’ni ochiq tizimni yaratish, tizimni maksimal tejamliligini ta’minlash, tizimni moslashuvchanligini oshirish tamoyillari kiradi.
O’zbekiston iqtisodiy tizimida amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish anchagina naf keltirishi oxirgi paytlarda o’z isbotini topmoqda. Bunga misol qilib buxgalteriya hisobi dasturiy ta’minotini olishimiz mumkin. Dasturiy ta’minotdan foydalanish juda ko’p vaqtni tejaydi va buxgalter va iqtisodchi ishini osonlashtiradi. So’nggi yillarda buxgalteriya dasturlari oldinga katta qadam qo’ydi. Bugungi kunda internetda bank operatsiyalariga qadar debitorlik bilan boshlangan ko’plab buxgalteriya va iqtisodiy

muammolarni hal qilish uchun dasturiy ta’minotni topish mumkin. Iqtisodchilar va buxgalterlar uchun foydali bo’lgan ko’plab dasturlar mavjud. Bularga Microsoft office, Excel-Microsoft office kabi universal dasturlarni kiritishimiz mumkin va ushbu dasturlar axborotni saqlash, tashkil etish va tahlil qilish qobiliyati bilan elektron jadvallar bilan ishlash uchun tengi yo’q moslashuvchan va ishlatish uchun qulay dasturlar. 1C:Buxgalteriya hisobi, 1C:Ish haqi va xodimlarni boshqarish, 1C:Hujjat almashtirish, SBIS tizimi, GLONASS/GPS, Mijoz-bank kabi dasturlar iqtisodiy jarayonlarni olib borish, boshqarish va tashkil etish uchun xizmat qiladi.


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, kunsayin rivojlanib borayotgan va yaratilayotgan texnologiyalar kishilar hayoti uchun ko’plab imkoniyatlar yaratmoqda hamda har bir mamlakatning turli sohalariga moslashib uning rivojida katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu hisobda bizning yurtimizda ham yangi tizim va texnologiyaga bo’lgan talab oshib samarali qo’llanilib kelinmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sohasida amaliy dasturiy ta’minot qurollarining o’rni ahamiyatli hisoblanib ish va natija tezligini shu bilan birgalikda osonligini ta’minlamoqda. Shu sababli ham oxirgi paytlarda ushbu dasturlarni kengaytirish dolzarb masalaga ayalanib, ulardan barcha sohalarda keng foydalanish muhim hisoblanadi.

Guruh: BIA 71/22


Bajardi: Nurmaxmatova Kamola
Tekshirdi:
Download 17.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling