Amaliy dasturlar majmuasi
Download 191.23 Kb.
|
1-оралик назорати (Келдиёров С )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matrisani songa ko’paytirish.
4-misol. A va В matrisalar mos ravishda [A1:С3] va [A4:С6] diapazonlarga kiritilgan (13- rasm). Ularning yig’indisi S matrisani aniqlash kerak. Yechish. 1.Kursorni natijaviy matrisa hosil qiladigan diapazonning yuqori burchagiga joylashtiramiz, masalan A7 katakchaga. 2.Natijaviy matrisani birinchi elementini hisoblaydigan formulani kiritamiz, yani =A1+A4 (14 - rasm). Matrisani songa ko’paytirish. A matrisani k songa ko’paytmasi deb shunday V matrisa aytiladiki (V=kA), uning elementlari bij=kaij bo’yicha hisoblanadi, bu yerda i=1,2,…,m; j=1,2,…,n. Matrisani o’zgarmasga (konstantaga) ko’paytirlganda matrisaning har bir elementi shu o’zgarmasga ko’paytiriladi: k*Aij=(k*aij). Excelda matrisani songa ko’paytirish amalini bajarish uchun katakchalarga kiritilgan formulalardan foydalanish kerak. 5-misol. A matrisa [A1:D3] diapazonga kiritilgan (15 - rasm). S=A*45 matrisani hisoblang. Yechish. 1.Natijaviy matrisa hosil qilinadigan blokning yuqori chap burchagidagi katakchani faollashtiring, masalang Ye1 ni. 2.Natijaviy matrisani birinchi elementini hisoblaydigan formulani kiriting, ya’ni =A1*45. 3. Natijaviy matrisaning qolgan elementlarini E1 katakchadagi ma’lumotni avtoto’ldirish yordamida avval E3 katakchagacha keyin esa H3 katakchagacha nus’halab hosil qilamiz (16 - rasm). 4. Natijada [E1:H3] diapazonda berilgan A matrisani 45 songa ko’paytirilgandagi sonlari hosil bo’ladi (24 - rasm). Download 191.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling