Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Download 0.62 Mb.
bet2/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1248806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
TEXNOLOGIYA 2023 YIL YANGI ISHCHI O`QUV DASTURI

M.Shomirzayev – Termiz davlat universiteti “Milliy libos va san’at” fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori.
N.Miliyev - Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi.
Taqrizchilar:
X.Dusyarov - Termiz Davlat pedagogika instituti, “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, dotsent.
B.Qodirov - Termiz davlat universiteti “Milliy libos va san’at” fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (P.h.D).



Surxondaryo viloyati PYMO’M markazi o‘quv va metodik ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari p.f.f.d.(P.h.D)

_________ I.Hojiboyev



“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.n.

“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, ped.fan.nomzodi, dotsent





_________ H.Berdiyeva
_________ O.Berdiyeva

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri f.f.f.d. (P.h.D)





_________ K.Avazov

“Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri:





_________ N.Safarov

Mazkur o’quv-uslubiy majmua Surxondaryo viloyati PYMO’M markazi Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasining 2023-yil “___” - yanvardagi ___-sonli yig‘ilish qarori,Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasining 2023-yil “___” - yanvardagi __-sonli yig‘ilish qarori, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasining 2023 yil “___” - yanvardagi ___-sonli, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining 2023-yil


“___” - yanvardagi ___-sonli yig‘ilish qarorlari bilan ma’qullangan va Milliy markaz Ilmiy-metodik Kengashining 2023-yil “___”-yanvardagi ___-sonli yig‘ilish qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Kirish
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlari hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat siyosati, mas’uliyat va moslashuvchanlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishlarni o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni Texnologiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling