Amaliy geografiya


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/11
Sana04.06.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Alimqulov Nusratulla Raxmonqulovich 
Abdullayev Ilhom Hatamovich 
Holmurodov Shakarbek Abdug’aniyevich 
 
 
AMALIY  GEOGRAFIYA
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2013
 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
Alimqulov Nusratulla Raxmonqulovich 
Abdullayev Ilhom Hatamovich 
Holmurodov Shakarbek Abdug’aniyevich 
 
 
 
 
 
AMALIY  GEOGRAFIYA  
 
 
 
 
 Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarining  o’quvchilari uchun
  
 
 
O’quv qo’llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2013
 

 

Mazkur    o’quv  qo’llanmada  geografiya  fanining  o’ziga  hos  jihatlari,   
o‘rganish  va  unda  geografiyaning  amaliy  masalalariga  katta  ahamiyat  berilgan. 
Gеografiya  fanini  amaliyot  bilan  bog’liqligi,  tеvarak-atrofda  sodir  bo’layotgan  turli 
jarayon va hodisalarning gеografik nuqtai nazardan baholash masalalari yoritilgan.  
O’quv qo’llanma akademik litsey va kasb hunar kollejlari o’quvchilari uchun 
mo’ljallangan.   
 
 
          Данное 
учебное  пособие  посвящено  изучению  и  применению    
географических  знаний  на  практике,  особенностей  взаимосвязей  и 
взаимодействий  природы  и  общества,  географической  оценки  происходящих 
процессов и явлений в окружающей среде.  
          Учебное  пособие  предназначено  для  учящихся  академических  лицеев  и 
профессиональных коллежей. 
 
 
           This  textbook  is  devoted  to  learn  and  adopt  of  geographical  knowledge  at 
practical,  features  interconnections  and  interactions  of  nature  and  socialiti,  the  
geographical marning  of processes and phenomenon in environmental condition.  
           This  textbook  intends  for  students  of  academic  lyceum  and  professional 
colledges.   
 
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar:  A.A.Fozilov    -    G’allaorol  sanoat  kasb-hunar  kolleji  amaliy 
geografiya fani o’qituvchisi 
  
                        F.Saidmurodova    -    O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 
Toshkent yuridik kolleji amaliy geografiya fani o’qituvchisi  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 
26 dekabrdagi 507 sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat etildi.  
 

 

Mundarija 
 
 
Kirish. 

1.
 
 Fanning maqsad va vazifalari 

2.
 
 Amaliy geografik tadqiqotlar 
11 
3.
 
 Tabiiy geografik jarayonlar 
16 
4.
 
 Jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri 
24 
5.
 
 Tabiat komplekslari va ularning o’zgarishi 
31 
6.
 
 Geografik bashorat 
38 
7.
 
 Atrof muhit monitoringi 
43 
8.
 
 Geografik-ekologik ekspertiza asoslari  
49 
9.
 
 Insoniyatning global muammolari 
54 
10.
 
 Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asoslari  
60 
11.
 
 Tabiiy va inson resurslari, ularni iqtisodiy-geografik baholash 
68 
12.
 
 Geosiyosatning nazariy asoslari 
72 
13.
 
 O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi. O’zbekistonning xalqaro 
tashkilotlar bilan o’rni. 
81 
14.
 
 Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari. Davlatlarning o’zaro 
geosiyosiy munosabatlari 
89 
15.
 
 Geografiya darslarida intеrfaol mеtodlar va ularning tavsifi 
97 
16.
 
 Amaliy geografiya fanida qo’llaniladigan  testlar to’plami 
108 
 
Adabiyotlar ro’yxati 
115 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

KIRISH 
 
Bugungi kunda akademik litsey va kasb hunar kollejlarida  geografiya fanining 
o‘rganish  doirasi  ancha  o‘zgartirilgan  va  unda  geografiyaning  amaliy  masalalariga 
katta  ahamiyat  beriladi.  Geografik  masalalar  va  muammolarning  o‘rganilishi  va 
yechimiga  qaratilgan  “Amaliy  geografiya”  fanida  zamonaviy  fan-texnika  yutuqlari, 
ekologik  muammolarning geografik  jihatlari, ularni o‘quvchilarga  yetkazib berishda 
zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  keng  joriy  etilishi  davr  talabidir.  Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda sifat va samaradorlik ko‘rsatgichlariga 
erishish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, yangi shakl 
va  usullarni  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  amaliyotga  joriy  etish  orqali 
amalga oshirish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir. 
Dasturni amalga oshirishning asosiy talabi bo‘lgan DTS, darsliklar, o‘quv fan 
dasturlari  qanchalik  takomillashtirilmasin,  o‘rta  ta’lim  muassasalari  moddiy  bazasi 
qanchalik  mustahkamlanmasin,  unda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  o‘qituvchilarning 
kasbiy  bilimi,  ko‘nikma  va  malakasi,  pedagogik  mahorati,  intelektual  salohiyati  va 
o‘quvchilarning  faolligiga  bog‘liq  ravishda  ta’lim  berishning  yangi  pedagogik 
texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish talab etiladi. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimining  asosiy  bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan  akademik  litsey, 
kasb-hunar  kollejlarida  o‘qitiladigan  “Amaliy  geografiya”  fanini  o‘quvchilar 
tomonidan  atroflicha  va  mukammal  o‘rganishlari  maqsadga  muvofiq.  Chunki, 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablaridagi  tabiiy  geografiya  va  iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiya  kurslari  o‘quvchilar  tomonidan  to‘liq  o‘rganiladi,  bu  jihatdan  ular 
geografiya fani bo‘yicha  barcha nazariy bilimlarni oladilar. Akademik litsey va kasb 
-  hunar  kollejlarida  o‘qitiladigan  amaliy  geografiya  o‘quv  fani  esa  o‘quvchilarning 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  o‘zlashtirgan  geografiya  fanidan  bilim,  ko‘nikma 
va malakalarni  amalda qo‘llashga, olingan bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirish, 
xulosa chiqarish va tizimlashtirishni amalga oshirishga yordam beradi. 
 
O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olgan nazariy bilimlari asosida 
amaliyotga  chiqishlari,  ya’ni  geografiya  kursining  amaliyot  bilan  bog‘liqligi,  tabiiy 
muhitda  sodir  bo‘layotgan  turli  jarayon  va  hodisalar  amaliy  geografik  nuqtai 
nazardan  yondashgan  holda  ularni  foydali  va  tabiatga  zararsiz  tomonga  yo‘naltirish 
yoki  ularning  oldini  olish  hamda  bashoratlash  haqida  o‘zaro  fikr  almashish,  tabiiy 
muhit ifloslanishining eng elementar texnologiyasini ko‘z oldiga keltira olish, undan 
foydalanishning  meyoriy,  andozali  ko‘rsatkichlarini  bilish,  “Geosiyosat”  va  uning 
nazariy  asoslarini,  O‘zbekistonning  geosiyosiy  o‘rni  va  kelajagini,  hozirgi  zamon 
geosiyosiy  muammolarini,  tabiiy  va  inson  resurslari,  ulardan  foydalanish  va  ularni 
baholash  hamda  bashoratlash,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishining 
texnik-iqtisodiy  asoslarini,  ularni  iqtisodiy  geografik  nuqtai  nazardan  baholash 
usullari va yondashuvlaridan xabardor bo‘lishlari zamon talabidir.  
O‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirish nafaqat ta’lim mazmuniga, balki   kelgusida 
egallaydigan  kasbi  haqida  ma’lumot  berish,  mazkur  kasb  talab  etadigan  bilim, 
ko‘nikma  va  malakalar,  shuningdek,  shaxsiy  sifat  va  fazilatlarni  shakllantirish 
nazarda tutiladi. 

 

Geografiya  ta’limi  mazmunining  majburiy  minimumi  o‘rta  maxsus  ta’limida 
o‘quvchilar  tanlagan  va  ixtisoslik  yo‘nalishlarini  nazarda  tutgan  holda  amaliy 
geografiyadan  berilishi  zarur  bo‘lgan  ta’lim  mazmunining  minimumini  yaratish 
kerak.  Ya’ni  ta’lim  mazmunining  majburiy  minimumida  o‘quvchilar  amaliy 
geografiyaning  nazariy  asoslari,  tadqiqot  metodlari,  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
ob’ektlar,  hodisalar  va  tabiiy  geografik  jarayonlar  hamda  geosiyosiy  qarashlarni 
ixtisoslik  yo‘nalishiga  qarab  yaratilishi  mavjud  ta’lim  sohalari  bo‘yicha  ishlab 
chiqilgan tavsiyalarda o‘z o‘rnini topgan.  
Mazkur o’quv qo’llanmada asosiy e’tibor O‘MKHTM da “Amaliy geografiya” 
fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, DTS va yangi pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llagan  holda  mashg‘ulotlarni  olib  borishda  o‘quvchilarga  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalarini  shakllantirish,  kasbiy  sohalarga
 
yo‘naltirish  orqali  shaxs  sifatida 
barkamolligini  ta’minlash  masalalariga  qaratilgan.  Bu  o’rinda  har  bir  mavzuga  
Mashg’ulotning  o’qitish  texnologiyasi    va  texnologik    xaritasi kiritilishi  zamonaviy 
ta’lim talablari asosida bajarilgan. 
Ta’lim  jarayonida  “Keys-stadi”,  “Blits-so‘rov”,  “Muammoli”,  “BBB”, 
“Kartografik”, 
“Aqliy 
hujum”, 
“Ven 
diagrammasi”, 
“Klaster” 
kabi 
texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari 
keng o‘rin olgan.  
O’quv  qo’llanmaning  1,2,3,4,5,6  mavzulari    N.R.Alimqulov,  7,8,9,10,11 
mavzulari  I.X.Abdullayev    va  12,13,14,15  mavzular  esa    Sh.A.Holmurodovlar 
tomonidan yozildi. 
Ushbu  o’quv  qo’llanmani  tayorlashda  bevosita  ishtirok  etgan  va  qimmatli 
maslahatlarini bergan  Nizomiy nomidagi TDPU pedagog hamda texnik xodimlariga 
muallflar chuqur minnatdorchiligini bildiradilar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

Mavzu 1. Amaliy geografiya fanining maqsad va vazifalari 
  Mashg’ulotning  o’qitish texnologiyasi 
 
Vaqti – 80 daqiqa 
O’quvchilar soni: 25-30 nafar 
O’quv mashg’ulotining shakli 
Kirish-axborot ma’ruza - ko’rgazmali 
 
 
Mashg’ulotning rejasi 
 
1. Fanning maqsadi va vazifalari. 
2. Amaliy  geografiyaning fan sifatida 
shakllanishi. 
3.  Amaliy  geografiya  fanining 
o‘rganish ob’ekti, maqsadi va 
vazifalari. 
4. Boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi. 
O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  “Amaliy    geografiya”  fanining  
metodologik  asoslari,  ilmiy  yo`nalishlari  va  tadqiqot  metodlarini  hamda 
fanning  o’rgansh  ob’ekti  va  predmetini  asoslash  bilan  birgalikda  jamiyat-
tabiat  tuzilishidagi  o`zaro  ta`sir  va  aloqadorliklar,  tabiiy  muhitni 
almashtirishning mohiyati va istiqbollari haqida tushunchalar beriladi. 
 
Pedagogik vazifalar: 
-o’quv 
kursining  maqsadi  va 
vazifalari,  o’tiladigan  mavzularga 
tuzilmaviy mantiqiy chizma asosida 
tushuncha berish; 
- Amaliy  geografiya  fanining 
o‘rganish manbalarini  tahlil etish.  
-  fanining  tarmoqlarini  va  boshqa 
fanlar bilan aloqasini o‘rgatish.  
- Amaliy geografiya   fanining 
rivojlanish tarixini bilish, fanga 
qo‘shgan xizmatlari katta bo’lgan 
olimlarni tanitish. 
-tabiiy 
geografik 
hodisa 
va 
jarayonlar haqida bilimlar berish;  
O’quv faoliyatining natijalari
-o’quv 
kursining 
maqsadi 
va 
vazifalarini,  o’tiladigan  mavzularni 
tuzilmaviy  mantiqiy  chizma  asosida 
sharhlab beradi. 
- Amaliy geografiya  fanining 
predmetini izohlaydi; 
-  fanning  o’rganish  ob’ektiga  tavsif 
beradi  va  ularning  asoschilarini  aytib 
beradi; 

tabiiy 
geografik 
qonun 
va 
kategoriyalarga misollar keltiradi; 
- Amaliy geografiya fanining boshqa 
fanlar bilan o’zaro aloqasini tavsiflaydi. 
O’qitish uslubi va texnikasi 
 
Ko’rgazmali ma’ruza, juftlikda ishlash 
O’qitish vositalari 
 
Ma’ruzalar  matni,  proektor,  tarqatma 
materiallar, geografik kartalar. 
O’qitish shakli 
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash. 
O’qitish shart-sharoiti 
Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan 
auditoriya 
Monitoring va baholash 
Og’zaki nazorat: savol-javob shakli  
         
             

 

 Mashg’ulotning texnologik xaritasi 
Bosqichlar 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O’qituvchi 
O’quvchi  
1-bosqich. 
Kirish 
(10 daq.) 
1.1. O’quv mashg’ulotining mavzu va 
rejasini  ma’lum  qiladi.  Erishadigan 
natijalar  bilan  tanishtiradi.  Mazkur 
mashg’ulot  an’anaviy  tarzda  o’tishini 
e’lon qiladi. 
1.1.  Eshitadi,  yozib 
oladi. 
1.2. Tinglashadi 
1.3. 
Juftlikka 
bo’linishadi, 
oylashadi, 
muhokama 
qilishadi 
va 
savollarga 
javob 
berishadi. 
2-bosqich. 
Asosiy 
(60 daq.) 
2.1.  O’quvchilar  e’tiborini  rejadagi 
savollar  va  ulardagi  tushunchalarga 
qaratadilar.  Blits-so’rov  o’tkazadi  (1-
ilova). 
2.2.  Bilimlarni  yanada  aniqlashtirish 
maqsadida 
ma’ruzaning 
asosiy 
mazmunini  daftarga  yozishni  taklif 
etadi (2-3-4-5-ilova) 
2.3.  Muammoli  savollarni  o’rtaga 
tashlaydi 
va 
ularni 
birgalikda 
o’qishga chorlaydi: 
- Amaliy  geografiya  fanining 
o‘rganish manbalarini  tahlil etish.  
-  fanining  tarmoqlarini  va  boshqa 
fanlar bilan aloqasini o‘rgatish.  
- Amaliy geografiya   fanining 
rivojlanish tarixini bilish, fanga 
qo‘shgan xizmatlari katta bo’lgan 
olimlarni tanitish. 
 
2.1. 
Eshitadi. 
Navbat  bilan  bir-
birini  takrorlamay 
javoblarni aytadi. 
Javob  beradi  va 
to’g’ri 
javobni 
eshitadi. 
2.2. 
Sxema 
va 
jadvallar 
mazmunini 
muhokama  qiladi. 
Savollar 
berib, 
asosiy 
joylarini 
yozib oladi. 
2.3.  Eslab  qoladi, 
yozadi, 
har 
bir 
savolga 
javob 
berishga 
harakat 
qiladi. 
Ta’rifni 
yozib 
oladi, 
misollar keltiradi. 
3-bosqich 
Yakuniy 
(10 daq.) 
3.1. Mavzuga xulosa qiladi. 
3.2.  Rejadagi  natijaga  erishishda  faol 
ishtirokchilarni rag’batlantiradi. 
3.3. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: 
“Amaliy 
geografiya 
fanining 
rivojlanish 
tarixi” 
mavzusida 
konspekt yozishni topshiradi. 
Eshitadilar, 
o’zlarini 
to’g’rilaydilar. 
Yozib oladilar. 
 
 
 
 
 

 

1-ilova 
Blits-so’rov savollari 
1. Amaliy geografiya  fanining predmeti  nima? 
2. Fanning o’rganish ob’ektiga tavsif bering? 
3.Tabiiy geografik qonun va qonuniyatlarga misollar keltiring? 
4. “Amaliy geografiya” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi 
to’g’risida nimalarni bilasiz? 
 
2-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bizga  ma‘lumki

  goegrafiya  fani  Yer  yuzasi  tabiatini

 
aholisi va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rganadi. 
Amaliy  geografiya  fani  tabiiy  va  ijtimoiy  muhitning 
o‘zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug‘ullanadi. 
Insoniyat  paydo  bo‘lgan  davrdan  boshlab  jamiyat 
taraqqiy  etgan  sari  inson  va  tabiat  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlar  murakkablashib  bormoqda.  Buning  natijasida 
mahalliy

  mintaqaviy  hamda  umumsayyoraviy  ekologik 
muammolar va inqirozlar paydo bo‘lmoqda. 
Ana  shunday  ekologik  muammolar  va  inqirozlarni 
o‘rganish

  baholash  va  ularning  sodir  bo‘lishini  oldindan 
bashorat  qilishda  geografiya  fanining  o‘rni  va  ahamiyati 
nihoyatda muhimdir. 
Mazkur  muammolarni  o‘rganish  va  ularning  yechimini 
topish  davomida  geografiya  fanlari  tizimida  yangi  yo‘nalish

 
ya’ni amaliy geografiya fani paydo bo‘ldi va u hozirgi paytda 
tez  suratlar  bilan  rivojlanmoqda.  Amaliy  geografiyaning 
maqsadi  tabiiy  muhit  va  resurslarni  baholash

  tabiiy  va 
ijtimoiy muhitning o‘zgarishini bashorat qilishdan iboratdir.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Amaliy geografiya fani haqida 
tushuncha
 

 
10 
3-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
1)
 
Xo‘jalik  maqsadlarida  foydalanish  nuqtai  nazaridan 
tabiiy sharoit va resurslarni o‘rganish va baholash; 
2)
 
Tabbiy  geografik  jarayonlarni  o‘rganish

  baholash  va 
bashorat qilish
3)
 
Inson 
tomonidan 
tabiiy 
va 
ijtimoiy 
muhitning 
o‘zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish; 
4)
 
Umuminsoniy

 
mintaqaviy 
va 
mahalliy 
ekologik 
muammolarning  yuzaga  kelish  sabablarini  ochib  berish  va  ular 
yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish; 
5)
 
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va 
aholi joylashuvi masalalarini yechish. 
 
7.
 
Географик қобиқ нима? 
8.
 
Табиат комплекси ва табиат компоненти нима?  
Buni yodda saqlang ! 
      Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan 
yangi  tarmoqlaridan  biri  bo‘lsa  ham

  uning  ildizi  uzoq  tarixiy 
davrlarga  borib  taqaladi.  Yurtimizdan  yetishib  chiqqan  buyuk 
allomalar  amaliy  geografiyaning  rivojlanishiga  muhim  hissa 
qo‘shganlar.  Masalan

  Ahmad  al-Farg‘oniy  Nil  daryosining  suv 
sarfini  o‘rganish  va  bashorat  qilish  bo‘yicha  amaliy  geografik 
ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning 
uzunligini  aniqlab

  Yerning  asosiy  o‘lchamlarini  hisoblashga 
juda ulkan hissa qo‘shgan                                                              . 
 
 
 
 
 

 
11 
5-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu 2.   AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR 
 
Mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi 
Vaqti – 80 daqiqa 
O’quvchilar soni: 25-30 nafar 
O’quv mashg’ulot shakli  
Vizual ma’ruza 
O’quv mashg’ulot rejasi 
1. Agrogeografik tadqiqotlar va yer kadastri 
2. Muhandis-geografik tadqiqotlar 
3. Tibbiy geografik tadqiqotlar 
 
O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  a)  ta’limiy  -  O’quvchilarga  amaliy 
geografik  tadqiqotlarning  eng  dolzarb  yo’nalishlari  (agrogeografik,  muhandislik-
geografik  va  tibbiy  geografik)  haqida  tushuncha  berish,  ularning  ahamiyatini  va 
metodologik asoslarini ochib berish; 
v)  rivojlantiruvchi    O’quvchilardagi  geografik  bilimlarni  amaliyotda 
qo’llashga yo’naltirish; 
s)  tarbiyaviy  -  O’quvchilarning  bilimlaridan  foydalanib,  o’rganilayotgan 
mavzuga qiziqish o’yg’otish. 
 
Pedagogik vazifalar: 
    1.  Agrogeografik  tadqiqotlar 
asosiy yo’nalishlarining mazmun- 
mohiyatini  va  ular  bilan  bog’liq 
bo’lgan  tushunchalar  ma’nosini 
tushuntirish. 
2.
 
Muhandis-geografik 
tadqiqotlarning 
dolzarbligi, 
qo’llanilish  sohalari,  ob’ektlarini 
O’quv faoliyatining natijalari:  
O’quvchi: 
−    agrogeografik  tadqiqotlar  maqsad,  vazifa, 
ob’ektlarini, yer kadastri, tuproq bonitirovkasi 
kabi tushunchalar mazmunini biladi. 
− 
sanoat 
korxonalarini 
joylashtirish, 
gidrotexnik  inshootlarni  qurish,  yo’llarni 
qurishdagi 
muhandis-geografik 
tadqiqotlarning 
ahamiyatini 
va 
asosiy 
 
 
 
 
BUNI 
 
BILASIZMI?
 
        Geografiya yunoncha so‘z bo‘lib

 “ge” –yer

 “o” –
bog‘lovchi

  “grafo”  –tasvirlayman

  chizaman  degan 
ma’noni

 ya’ni Yerning tasviri degan ma’noni bildiradi. 
   Goegrafiya  so‘zini  fanga  birinchi  marta  yunon 
olimi 
Eratosfen 
milloddan 
avvalgi 
III 
asrda 
“Geografika” nomli asarida olib kirgan. Vatandoshimiz 
buyuk  alloma  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  ham  IX 
asrda “Kitob

 surat ul-Arz” nomli asar yozgan. Maskur 
asarning nomi arabchadan o‘zbekchaga tarjima qilinsa

 
“Yerning tasviri haqidagi kitob” ma’nosini beradi. 
  Jahonda  birnichi  bo‘lib

  Yerning  modeli  –globusni 
ham  IX  asrda  bobokalonimiz  buyuk  olim  Abu  Rayhon 
Beruniy ixtiro etgan. 
 

 
12 
tushuntirish. 
3.
 
Tibbiy 
geografik 
tadqiqotlarning 
muhim 
yo’nalishlarini, 
ob’ekt 
va 
predmeti bilan tanishtirish. 
vazifalarini bilib oladi. 
- tibbiyot geografiyasi bilan maxsus geografik 
fan  sifatida  tanishib  chiqadi,  ayrim  amaliy 
ahamiyatga ega bilimlarga ega bo’ladi. 
 
O’qitish uslubi va texnikasi 
Ma’ruza,  suhbat,  frontal  so’rov,  guruhlarda 
ishlash, ko’rgazmali mul’timedia vositalaridan 
foydalanish 
O’qitish vositalari 
Ma’ruzalar 
matni, 
proyektor, 
tarqatma 
materiallar,  ko’rgazmali  qurollar,  topshiriq 
savollari 
O’qitish shakli 
 Jamoada, yakka tartibda ishlash 
O’qitish sharoitlari 
Proyektor, komp’yuter bilan jihozlangan 
auditoriya. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling