Amaliy ish №1 coreldraw grafik muharririda animatsiyali tugmalar yaratish. Ishdan maq


Download 59.5 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1099220
Bog'liq
AMALIY ISHI №1 CORELDRAW GRAFIK MUHARRIRIDA ANIMATSIYALI TUGMALAR


AMALIY ISH №1 CORELDRAW GRAFIK MUHARRIRIDA ANIMATSIYALI TUGMALAR YARATISH.


Ishdan maqsad: animatciyali tugmalar yaratishni o’rganish.


IShNING IZOHI
WWW – sahifalardagi grafik murojaatlarga ko’rsatgich yo’naltirilganda va sichqoncha tugmasi bosilganda o’z ko’rinishini o’zgartirsa yanada tasvir ta`sirchan qabul qilinadi. CorelDRAW dasturida bunday ob`ektlarni yaratish avtomatlashtirilgan.
Bunga misol sifatida o’z ko’rinishini o’zgartiradigan tugma yaratilishini ko’rib o’tamiz. Birinchi bo’lib tugma bosilganda va bosilmagan holatlarini ko’rsatuvchi ko’rinishlarni yaratish lozim bo’ladi. Atroflari yoysimon to’rtburchak yarating va uni qora rang bilan to’ldiring. Ushbu to’rtburchakdan nusxasini undan yuqori va chaproqda xosil qiling, uni oq rang bilan to’ldiring. Yuqoridan yozuv o’rnatib, matn atrofini qora rangda uning ichini oq rang bilan belgilang. Bosilmagan holatdagi tugma ko’rinishi tayyor bo’ldi (1.1-rasm, chap tomonda). Endi undan o’zgaruvchi ob`ekt yaratish lozim.

1.1.-rasm. Turli xildagi qismlar, tugmalar
Tugma rasmini belgilang va menyudan Effects Rollover Create Rollover (Bosilgan tugma xarakatlari Yangi bosiladigan tugma yaratish) buyrug’ini tanlang. Tashqi ko’rinishdan o’zgartirilmaydi, balki bir nechta ob`ektlar o’rniga birta oddiy holatdagi bosiladigan tugma mavjud bo’ladi, buni holat satridagi Rollover [NORMAL] (Bosiladigan tugma [ODDIY]) yozuvi bildiradi.
Rasmni boshqa rejimlarda o’zgartirish uchun sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va yordamchi menyudan Edit Rollover (Bosiladigan tugmani o’zgartirish) buyrug’ini tanlang. O’zgartiriladigan tugmadan tashqari barcha rasmlar ko’rinmas holga keltiriladi va ekranda qo’shimcha Internet (Internet) uskunalar paneli paydo bo’ladi. Agar siz ko’pincha Internet uchun rasm yaratadigan bo’lsangiz, u holda Ushbu panelni dastur oynasida o’rnatib qo’yish lozim. Agar Internet (Internet) uskunalar paneli hamma vaqt ko’rinarli holda bo’lsa, tugmani yaratishda menyu buyrug’ini berish shart emas, balki paneldagi "Create Rollovers" tugmasini bosishning o’zi kifoya. O’zgartirish rejimiga o’tish amali "Edit Rollover" tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
O’zgartirish rejmiga o’tilgandan so’ng tugmaning qolgan ikki holi uchun rasm yaratishingiz lozim bo’ladi. Internet (Internet) panelining chap qismidagi ro’yxatdan, OVER (Yuqoridan) variant satrini belgilang. Natijada sichqoncha ko’rsatgichi yo’naltirilgan tugma holatini o’rnatish rejimiga o’tiladi. Bundan oldin NORMAL (Oddiy) variant tanlangan bo’lib, tugmaning oddiy ko’rinishini ko’rsatgan edi. Matn chizig’ini uchirib, qora rangda to’ldiring. Tugmaning sichqoncha ko’rsatgichi yo’naltirilganda xuddi shu ko’rinishda bo’ladi (1.1-Rasm, o’rtadagisi).
Rasm variantalri ro’yxatidan DOWN (Bosish) qismini tanlang. Endi bosilgan tugma ko’rinishini chizish lozim bo’ladi. Birinchi tuzilgan tugma ko’rinishidan foydalanamiz. Matnni qora rangda bo’yab, konturni uchiring. Matnni va oq to’rtburchakni past o’ngroqqa suring, qora to’rtburchakni esa – qarama qarshi tomonga suring. Bosilgan tugma ko’rinishi hosil bo’ldi (1.1-Rasm, o’ng tomonda).
Tugma yaratish amalini tugatish va dasturning boshlang’ich ish rejimga o’tish uchun "Finish Editing Rollover" tugmasini bosing. Endi esa yaratilgan ob`ekt ko’rinishini ko’rish mumkin. "Edit Rollover" tugmasini Internet (Internet) panelidan bosing. Tugma animatciyasini ko’rib o’tishingiz mumkin. Sichqoncha ko’rsatgichini yaratilgan tugmaga o’rnatilganda uning rasmi o’zgaradi. Sichqoncha tugmasini bosib turing, bunda tugma ko’rinishi uchinchi rasm ko’rinishda bo’ladi. Sichqoncha tugmasini qo’yib yuborib, ko’rchatgichni chetga suring. Tugma birinchi rasm ko’rinishida bo’ladi. Agar tugma rasmlari sekin o’zgarishi xam mumkin, biroq Internetda ishlatilganda yanada tezroq o’zgaradi. Boshlang’ich rejimga o’tish uchun "Finish Editing Rollover " tugmasini bosing.
Agar xarakatlanuvchi tugma ajratilgandan so’ng Internet (Internet) panelidan "Extract Rollover Object" tugmasini bossangiz, barcha qismlar bir-biriga joylashgan alohida ob`ektlar ko’rinishda ajratiladi. Ularni sichqoncha orqali boshqa qismga ko’chirib bunga amin bo’lishingiz mumkin. Tayyor rasmni Internetdagi ko’rinishini ko’rish uchun Internet (Internet) panelida "Internet" tugmasini bosing. Natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo’lib, unda Internet – xujjat formati o’zgartiriladi. Xotirada saqlanganda esa faqatgina rasmlar yaratilmasdan, balki WWW – saxifalarda ob`ektlar ko’rinishlarini o’zgartirish mumkin bo’lgan kodlar xam hosil qilinadi.


TOPShIRIQ. Animatciyali tugmalardan iborat xujjat yarating.
Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling