Amaliy ish №4. Bilimlar bazasini yaratish. Noravshan mantiqiy xulosa chiqarish qoidalari. Ishdan maqsad


-rasm. Lavozimni tanlash uchun yechimlar daraxti


Download 82.8 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi82.8 Kb.
#1202090
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy ish №4. Bilimlar bazasini yaratish. Noravshan mantiqiy xulosa chiqarish qoidalari.

4.1-rasm. Lavozimni tanlash uchun yechimlar daraxti

Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, fikrlashning teskari zanjiri ET foydalanuvchisining malakasiga aniq talablarni davo qiladi – u farazlarning “Haqiqatga oʻxshash”ligini aniq ifodalab berishni bilishi darkor. Aks holda tekshiruvchi va bir farazni boshqasidan rad qiluvchi (masalan, bir tashxisni boshqalarga ham qoʻyuvchi va bemorga turli kasalliklarga qarshi dori-darmonlarni tayinlovchi doktorning analogik vaziyatini olaylik) ETning gʻoyatda samarasiz ishini osongina koʻz oldimizga keltirishimiz mumkin. Bunday talabni bajarish uchun, qoidaga koʻra, foydalanuvchining soʻroviga ETning javob berish vaqtini qisqartirishga xizmat qilish zarur.


Teskari xulosalashdan keyin ETdan olingan fikrlashda foydalanuvchining oʻziga ishonchliligini ta’minlash uchun koʻpincha fikrlashning toʻgʻri zanjiriga tayanadi. Ikkala mexanizmning ishlash natijalarining mosligi haqiqiy xulosani olishni kafolatlashga xizmat qiladi.
Quyida ETning “Nazorat” blokidan imtixon va nazoratlarda talabalarning javoblarini baholovchi oʻqitish masalasini yechadigan qismi ifodalangan. Uning sxemasi quyidagicha: oʻquvchi uchta asosiy savolni oladi va ularga javob beradi.
1. IF savollardan biriga
2 baho olsa, THEN umumiy baho
3 bahodan oshmaydi. 2. IF ikki yoki undan ortiq savolarga 2 baho olsa, THEN umumiy baho – 3. IF talaba asosiy savollarga umumiy javoblaridan 14 ball toʻplasa, THEN qoʻshimcha savol berilishi zarur:
IF qoʻshimcha savolga javob 5 baho, THEN umumiy baho - 5. IF qoʻshimcha savolga javob 4 baho, THEN umumiy baho - 4. IF qoʻshimcha savolga javob 3 baho, THEN umumiy baho - 3.
4. IF talaba asosiy savollarga umumiy javoblaridan 8 ball toʻplasa, THEN qoʻshimcha savol berilishi zarur: IF qoʻshimcha savolga javob 5 baho, THEN umumiy baho - 3. IF qoʻshimcha savolga javob 4 baho, THEN umumiy baho - 3. IF qoʻshimcha savolga javob 3 baho, THEN umumiy baho - 3.
5. IF savollardan biriga 3 baho olsa, THEN umumiy baho 4 bahodan oshmaydi.
6. IF asosiy savollarga umumiy javoblaridan 9-10 ball toʻplasa, THEN umumiy baho - 3.
7. IF asosiy savollarga umumiy javoblaridan 11-14 ball toʻplasa, THEN umumiy baho - 4. Oʻqituvchi har bir javobga 5 balli tizimda baholaydi. ET yo birdaniga umumiy bahoni qoʻyishni taklif qiladi, yo qoʻshimcha savol berishni “Maslahat” beradi va javob natijasiga koʻra umumiy baholashni taklif qiladi. ETda OTMning mavjud reyting tizimi qoidalari haqidagi bilimlar saqlanadi. Masalan, agar itmixonda biror talaba ikki savolga “a’lo” javob bersa, uchinchisiga “yaxshi” javob bersa unga qoʻshimcha savol berishni taklif qiladi. Agar unga a’lo javob berilsa umumiy baho – “a’lo”; yaxshi yoki qoniqarli javobda – “yaxshi”; qoniqarsiz javobda – “qoniqarli” boʻladi.



Download 82.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling