Amaliy ish №6 mavzu: protein data bank (pdb) ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Mavzu
Download 0.77 Mb.
|
7 - 12 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliq tushunchasi.
- Borliq haqidagi konsepsiyalar
AMALIY ISH № 8
MAVZU: BORLIQ TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI. FAZO VA VAQTNING XUSUSIYATLARI. Mavzu: Borliq tushunchasi va uning turlari. Fazo va vaqtning xususiyatlari. Ishdan maqsad: Borliq tushunchasi va uning turlari, Materiya va uning mavjudlik shakllari, Fazo va vaqtning xususiyatlari o’rganish. Nazariy qism Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik» haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan. Хush, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, uy-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor Х. Volf qullagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi. Yo`qlik xech nima demakdir. Хamma narsani xech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q. Borliq haqidagi konsepsiyalar. Тarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha G`oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo to`proKida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq kuyosh va olovning xosilasidir, alangalanib to`rgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb xisoblangan. Chunki bu G`oya buyicha, har qanday o`zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqka mavjudlik baxsh etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan kiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo`ladi, insonning bilimi kancha keng bo`lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb xisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo`lmagan narsa yo`qlikdir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling