AMALIY ISH
Kompyuter arxitekturasi fanidan 1-topshiriq
Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlarini o’rganish
Bajardi: 050-20 guruh talabasi
Xushboqov Kamoliddin
Tekshirdi: Karimov. A
TOSHKENT 2023
a) Kompyuter turlari haqida ma’lumot bering.
b) Kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari haqida ma’lumot bering.
c) Natija sifatida o’z xulosangizni bering.
a) Kompyuter turlari haqida ma’lumot bering.
Kompyuter (elektron hisoblash mashinasi) - hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to'plami.
Kompyuterlarni qator belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin, xususan: • ishlash tamoyili;
• element asosi;
• vazifasi;
• o‘lchami va hisoblash quvvati va hokazo.
Kompyuterlarning turlari:
• Meynfraymlar – OT lari kiritish/chiqarish amallari ko’p bo’lgan, bir vaqtda bajaradigan topshiriqlar to’plamiga ishlov berishga yo’naltirilgan. Shaxsiy komputerlardan kiritishchiqarish imkoniyatlari bilan farq qiladi, ular terabyt hajmlarda malumotlarga ishlov berish imkonini beradi.
Katta kompyuterlarni ko'pincha meynfreymlar (mainframe) deb ataydilar; ularga quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar kiritiladi:
• unumdorligi 100 MIPS dan kam bo‘lmagan;
• asosiy xotiraning sig‘imi 512 dan 10 000 Mbayt;
• tashqi xotira sig‘imi 100 Gbayt dan kam bo’lmagan;
• ko‘p foydalanuvchini ta’ minlash ish tartibi bo‘lgan (bir vaqtning o‘zida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchi);
Meynfreymlami samarali tatbiq etishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy-texnika masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli hisoblash tizimlarida ishlatish, katta axborotlar ombori bilan ishlashda, hisoblash tarmoqlarini va ularning resurslarini boshqarish. Oxirgi yo‘nalish - meynfreymlami hisoblash tarmoqlarning katta serveri sifatida ishlatish - mutaxassislar tomonidan ko‘pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |