Amaliy ish mavzu: Jizzax viloyatida ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simlik turlari


Download 1.66 Mb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1316512
1   2   3
Bog'liq
badiy bezash amaliy ish

Oq akatsiya
Bu turkumning eng ko'p tarqalgan va muhim turi Robiniya yoki oq (soxta) akatsiya (Robinia pseudoacacia L) bo‘lib, uning vatani Shimoliy Amerikaning Appalachi tog‘lari bo'lib, cheklangan arealga egadir. Oq akatsiya Rossiyaga 1882-yilda keltirilib, astasekin dasht zonasida tarqala boshladi. Oq akatsiya toq-patsimon barglarga ega bo'lib, gullari besh tishli gulkosasiga va kapalaksimon gulbandiga ega. Mevasi ko'p urug'li yassi dukkak. Oq akatsiya issiqqa, yorug'likka talabchan bo'lib, hayotining dastlabki davrlarida tez o'sadi, 10-12 yoshidan boshlab o'sish tezUgi pasayib ketadi va hosilga kiradi. Yaxshi aeratsiyaga ega yengil tuproqlarni ma’qul ko'radi, tuproq zichlashuvidan zarar ko'radi. Oq akatsiya daraxti qimmatli o'rmon meliorativ daraxt sifatida seleksiya obyekti bo'lib xizmat qilgan, uning shimoliy hududlarda o'sishga moslashgan sovuqqa bardoshh shakllari yaratilgan. Bryansk viloyati sharoitlarida oq akatsiya daraxtlari 40 yoshida 16 metr balandlikka o'sib, 30—60 sm diametrga ega bo'lgan. Oq akatsiya Markaziy Osiyoga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshib ketgan.Oq akatsiyaning ildiz sistemasi juda moslashuvchan, o'q ildizidan tashqari gorizontal ipsimon ildizlari ona daraxtdan atrofga tarqalib o'sadi. Oq akatsiya qulay sharoitlarda 5—7 yoshidan boshlab hosilga kiradi, dukkagi oktabr oyida pishib yetiladi, dukkaklari bahorgacha to'kilmasdan daraxtda saqlanib qoladi. Urugiari qora rangda, yaltiroq, 1000 ta urug'ining og'irligi 20—25 g keladi. Urug'lari qattiq qobiqqa ega, shu sababli ularni ekishdan awal qaynoq suvda ivitish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Unish qobiliyati yaxshi.
Namatak
Go‘zaI na’matak (Rosa divina Sumn.) Tabiiy holda Tyan-Shan va Pomir-Oloyda keng tarqalgan. 1,5 metr balandlikkacha bo‘lgan kichik buta, shoxlari pastga qaragan tikanlar bilan qoplangan. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, zarang, olma, do‘lana bilan birgalikda o‘sib, ba’zan o‘tib bo‘lmas changalzorlar yuzaga keltiradi. May oyida gullaydi, gullari limon-sariq rangda bocladi. Mevasi sharsimon shaklda va to‘q-qizil rangda bo‘lib, sentabr oyida pishib yetiladi. Bu tur past vitaminli na’matak turi hisoblanadi. Bundan tashqari respublikamiz tog'li hududlarida transturkiston na’matagi, (Rosa transturkestanica N. Rusanov)oqbura na’matagi, (Rosa achburensis Chrshan.) dargumon na’matagi, (Rosa ambigua N. Rusanov) Begger na’matagi, (Rosa Beggeriana Schrenk) Achison na’matagi, (Rosa ecae Aitch.) samarqand na’matagi (Rosa maracandica Bge.) va boshqa turlari tarqalgan. Ushbu na’matak turlarining mevalari farmasevtika sanoati va aholi tomonidan ko'plab terib olinadi. Hozirgi paytda 173 36-rasm. Begger na’matagi. na’matakning sanoat plantatsiyalarida o‘stirish tajribasi keng yoyilmoqda. Na’matak plantatsiyalarini seleksion asosda servitamin turlar va shakllar asosida barpo etish tavsiya yetiladi.
Jiyda
Jiyda (Elaeagnus) turkumi Ingichka bargli jiyda, qushjiyda (Elaeagnus angustifolia L.) Balandligi 8 metrgacha bo'lgan kichik daraxt yoki buta bo‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz daryo to'qaylarida keng tarqalgan asosiy daraxt o‘simligi hisoblanadi.Qushjiydani tuproq tanlamasligi, sho‘r 220 yerlarda o‘sishga mosiashganligi o‘rmon melioratsiyasida qadrlanadi. Barglarining manzarali xususiyatiga ko‘ra ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. Mirzacho‘lda sho‘rlangan yerlarda ihotazorlarda, kollektorlar bo'ylarida keng ekilgan. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shaklda 5—8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda, ostki qismi kumushsimon rangda. Barglarini yozib bo‘lgach gullaydi. Gullari juda xushbo‘yligi bilan ajralib turadi. Gullari qo‘ng‘iroqcha ko'rinishda sariq rangda, barg qo‘Itig‘ida 1-3 donagacha bo‘ladi. Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha bo‘lgan donacha,unsimon shirin meva etiga ega. 5—6 yoshdan mevaga kiradi. Yog‘ochi duradgorchilikda ishlatiladi. Juda chuqur o‘suvchi ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Dastlabki hayot bosqichida tezroq o‘sib rivojlanadi, kuchli sho‘rlangan va toshloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi. Issiqlikka, qurg‘oqchilikka chidamh,eng asosiysi boshqa daraxt turlari 221 o‘sa olmaydigan sho‘rxak tuproqlarda bemalol o'sadi. Urugsdan, qalamchalar orqali ko‘paytiriladi, to‘nkasidan bachkilar hosil qilib tez o‘sadi, 60—80 yilgacha yashaydi.
Yong‘oq (Jugians) turkumi Bu turkumning valdllari katta daraxt bo‘lib, tanasi yo‘g‘on, shoxshabbasi yoyiq. Yon novdalari qirrali. Barglari yirik, toq patsimon boiib, spiral shaklida joylashadi. Qoltiq kurtaklari 2—3 tadan qalin joylashadi. Barglari to‘kilgach, o'rnida yuraksimon iz qoladi. Bir uyli, ayrim jinsli daraxt o'simlik. Barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, shamol vositasida changlanadi. Kuzda vujudga kelgan kuchalaning guldorpoyasi gullash vaqtida nihoyatda uzunlashadi va kuchala pastga osilib qoladi. Onalik guli siyrak shingilcha hosil qiladi va novdaning uchki qismida joylashadi. Otalik va onalik gullari turli muddatda ochiladi. Bu hodisa, odatda, dixogamiya deb ataladi. Gulko‘rg‘onning tugunchasi va yon barglari o'zaro qo'shilib o'sishi natijasida tashqi yashil rangli et — po‘st hosil boiadi. Mevasi kuzda yetiladi, ayrim turlarida yetilganida yorilib, yong‘og‘i pocstidan ajraladi. Yong‘og‘i ikki pallali, yog‘ochlangan qobiqli, bir urug‘li boiib, tarkibida moy va oqsil moddalar ko‘p. Yong'oq daraxtlarining yog'ochi qattiq, chiroyli, mevasining mag'zi juda mazali boiadi. Quyida ularning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) bo‘yi 25—30 m ga, diametri 1—2 m ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, sharsimon. Shox va novdalarining po£stlogl silliq, oqish po‘st tashlab turadi. Barglari toq patsimon, bo‘yi 40 sm gacha yetadi, 7—9 ta bargchalari bor, uchidagisi eng yirik, tubidagisi ancha mayda boiadi. Barglari hidli efir moyi chiqarib turadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Barg yozish bilan bir vaqt (aprel oyi)da gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanadi. Mevasi bitta yoki bir nechtadan to‘da boiib joylashadi. Ular sentabr oyida yetiladi, qo‘ng‘ir-yashil, oval shaklda ustki seret po‘sti mevasi yetilganda yoriladi. Undan yong‘oq osonlik bilan ajraladi, yong‘oqning qobigl qalin, ustki tomoni cho‘tir, och-g‘isht rangda boiadi. Ayrim navlarining qobigl yupqa boiib, ularni chaqish ancha oson, bunday navlar ayniqsa diqqatga sazovor. Mag'zi to'siqlar bilan qismlarga ajraladi. Uning tarkibida 60—70 % moy bor, С vitaminga nihoyatda boy. Mag‘zi iste’mol qilinadi va texnikaviy xususiyatlari yuqori

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling