Amaliy ishi mavzu: Uglerodli po’latlarning yumshatilgan holatda mikrostruktura analizi


Uglerodli instrumental (asbobsozlik) po’latlar


Download 18.95 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1119006
1   2   3
Bog'liq
amalij-4

Uglerodli instrumental (asbobsozlik) po’latlar.
Bunday po’latlar GOST 1435-74 bo’yicha tayyorlanadi. Bunday po’latlarning asosiy markalariga U7, U8, U9, U10,U11, U12, U13, 17A, U8GA, U10A, U11A, U12A, U13A larni misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunday markalar tarkibidagi U xarfi po’latning uglerodli ekanligini, undan keyingi raqamlar esa, uning bir ulushdagi uglerod miqdori foiz (%) xisobida, G esa, tegishli po’lat tarkibida marganest miqdorini oshirilganligi, A xarfi esa, po’latning yuqori sifatli ekanini ifodalaydi.
1-jadval

Marka

Ishlatilishi

U7

Bolғalar, duradgorlik asboblari.

U7A

Zubilo otvertka, dastgoxlarning markalari.

U8

Puansonlar, misni kesish uchun kernolar, podpyatkalar.

U8A, U8G

Puansonlar, misni kesish uchun keskichlar, kernolar, pyatniklar, tiski jaғlari va boshqalar.

U8, U9A

Kernolar zubilolar.

U10, U11

Keskichlar parmalar, metchiklar, frezerlar va boshqalar.

Vazifasi va xususiyatlariga ko’ra asbobsozlikda ishlatiladigan legirlangan po’latlar ikki gruppaga bo’linadi.



  1. Uncha chuqur darajada ishlov berishga mo’ljallanmagan kesuvchi va o’lchov asboblari uchun (7xf, 9xf, xvb va xokazo) va chuqur ishlov berishga mo’ljallangan toblangan (9xs, 9xvg, 9x5vf va boshqalar) asboblar uchun.

  2. Sovuqlayin deformastiyalovchi shtamplar uchun (9x, x6vf, x12f1 va boshqalar) va issiqlayin deformastiyalovchi (3x2v8f, 4x8v2, 5xnsv, 4z5v4fsm va boshqalar), zarbli asboblar (4xs, 4xv2s, 6xv1 va boshqalar) uchun.

Legirlangan instrumentlar po’latlar gruppasiga tez kesuvchi po’latlar xam kiradi va ular yuqori temperaturaga chidamli xisoblanib, (600…6500S gacha) bunday temperaturada o’z qobiliyatlarini yo’qotmaydi. Ular bilan metallarni uglerodli asbobsozlik po’latlar uchun ruxsat etilgan kesish tezligiga nisbatan 3-4 marta tezroq kesish mumkin.
Keskich asboblari sifatida eng ko’p tarqalgan katta tezlik ostida kesuvchi R12, R18, R6M5, R6M3 va xokazo po’lat markalari xisoblanadi. Bu markalardagi R xarfi «Ranid»-tezlik ekanligi, R xarfidan keyingi Raqamlar asosiy legirlovchi element-volframning miqdorini, keyingi xarflar va Raqamlar esa boshqa legirlovchi elementlarning o’rtacha miqdorini ifodalaydi.
Legirlangan konstrukstion po’latlar
Bunday po’latlar GOST 4543-71 bo’yicha ishlab chiqariladi. Bu po’latlarning tarkibida xam temir uglerod va legirlovchi elementlar bo’ladi. Bunday po’latlar legirlovchi elementlarning foydalanishiga boғliq xolda quyidagi gruppalarga bo’linadi. Xromli (15X, 15XA, 20X, 38XA va boshqalar). Marganestli (15G, 20G, 45G, 35G2 va boshqalar). Xrommarganestli (18XG, 20XGR, 30XGT, 25XGM va boshqalar). Xromkremniyli (33XS, 38XS). Xrommolibdenli va xrommolibdenvanadiyli (25XM, 30XM, 30XMA, 30XZMF va boshqalar). Xromnikelmolibdenli (14X2NZMA, 20XN2M va boshqalar).
Po’latlar o’z ximiyaviy tarkibiga va xossalariga qarab quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: sifatli, yuqori sifatli-A, maxsus yuqori sifatli-Sh xarflari bilan belgilanadi. Bu xarflar (A,Sh) po’latlar markalarining oxirida qo’yiladi va Sh xarfi qo’yilganda esa tegishli po’lat markasi oxirida tire bilan ajratiladi. Masalan: sifatli- 30XGS, yuqori sifatli-30XGSA, maxsus yuqori sifatli-30XGS-Sh, 30XGSA-Sh va xokazo.
Yuqoridagilardan tashqarii po’latlar ishlov berish, turli vazifalariga ko’ra xam bir-biridan farqqiladi.
Po’lat markalari quyidagicha o’qiladi: Markadagi birinchi ikki raqam shu po’lat tarkibida uglerodning yuzdan bir miqdorini, xarflar esa: R-bor, Yu-alyuminiy, S-kremniy, T-titan, F-vannadiy, X-xrom, G-marganest, N-nikel, M-molibden, V-volframligini ifoda etadi. Xarflardan keyingi raqamlar po’lat tarkibida necha foiz miqdorida legirlovchi element mavjudligini bildiradi. Agar xarflardan keyin Raqam ishtirok etmasa tegishli legirlovchi element miqdori 1,5% foizga mavjudligini ifoda etadi.
Legirlovchi po’latlardan yuqori talablar qo’yiladigan detallarni tayyorlashda foydalaniladi. Bunday po’latlarning markalari 2-jadvalda ko’rsatilgan.
Quyma yoki legirlangan konstrukstion po’latlar GOST 977-75 bo’yicha tayyorlanadi. Bunday po’latlarning vakillariga 15L, 20L, 30L, 35L, 45L, 20G1FL, 45FL, 35XML, 30XNML va boshqalar kiradi. Bunday po’latlarda xam birinchi ikki Raqam tegishli po’lat tarkibida uglerod miqdorining yuzdan bir ulushini bildiradi, L xarfi esa uning quyma ekanligini bildiradi.



Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling