Amaliy mashg;ulot -1 Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari
Download 20.19 Kb.
|
1.Arxivlashtirish dasturlari
Amaliy mashg;ulot -1 Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarning arhivlash dasturlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra diskdagi ma’lumotlarni o’chirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskning ishdan chiqishi, fayllarning buzilishi yoki umuman ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek kompyuter xotirasida ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hato kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi , arxiv faylni ochish natijasida ular o’z holatiga qaytariladi. Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dasturlar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega. Fayllarni arxivlash - bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish. Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqiladi. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi. Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar. Arxiv fayl yagona faylga faylga birlashtirilgan bir yoki bir nechta fayllarning siqilgan holdagim ko’rinishi bo’lib, undan kerakli holatlarda fayllarni kerakli ko’rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko’rsatuvchi mundarijaga ega bo’ladi. Arxivda jo’ylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo’ladi: Fayl nomi; Fayl joylashgan katalog; Fayl o’zgartirilganligi haqida ko’rsatuvchi sana va vaqt; Faylning diskdagi, arxivdagi o’lchami va parametrlari. Arxiv fayllar o’z nomlariga mos holda kengaytmalar oladilar: ARJ-.arj RAR- .rar ZIP- .zip LHA- . va hokazo. Bugungi kuhda kompyuter texnologiyasi, axborotlar ko’lami rivojlanib borayotgan bir davrda arxivator dasturlariga qanchalik ehtiyojimiz borligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Ular kompyuter olamining keng iste’molida bo’lgan muhim dasturlaridan biridir. Topshiriqlar Arxiv fayli ichidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqinglar. Arxivda joylashgan fayllar haqidagi ma’lumotni faylga yozish yoki qog’ozga chop etish imkoniyatini tushuntiring. Xohlagan arxiv fayllardan ko’rsatilgan fayllar mavjudligini tekshirib bering Arxivlangan faylni qanday qilib o’zi ochiladigan faylga aylantirish mumkin Kompyutyerdagi beshta faylni ARJ orqali fayllarni bo’laklab arxivlash va ularning hajmini ko’rib chiqing. Undan keyin fayllarni qirqib diska arxivlash. Bo’laklangan arxiv fayllarni ochib ko’ring? WINRAR dasturi orqali birorta katta faylni yoki bir nechta kataloglarni bo’laklab arxivlash, undan keyin bu bo’laklangan fayllarni ochib ko’ring. O’zi ochtladigan arxiv fayl nima? U qanday hosil qilinadi. Arxivlangan faylni qanday qilib o’zi ochiladigan faylga aylantirish mumkin Download 20.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling