Amaliy mashg`ulot – 11 Mavzu: Absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad
Download 337.47 Kb.
|
11-амалий ТЖА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha naariy ma`lumot
Amaliy mashg`ulot – 11 Mavzu: Absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad: Absorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini tuzish hamda jarayonda nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish. Qisqacha naariy ma`lumot Absorbsiya suyuq yutkich gazni yutadi. Absorbsiya jarayoni sxematik tarzda rasmda ko`rsatilgan. Absorberga kelayotgan gaz kirish eritkichi – absorbent tomonidan yutiladi. Tayyor mahsulot hisoblangan chiqish eritmasi Mchiq absorberdan ishlab chiqarishga tanlab olinadi. Absorberlarni avtomatlashtirishda chiquvchi eritma konsentratsiyasini, sath va bosimini rostlashni ta`minlash talab qilinadi. Absorber avtomatlashtirish obyekti sifatida xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, jarayonda suyuqlikning butun hajmi ishtirok etadi. Absorbsiya jarayonlanlari modellarini soddalashtirish maqsadida ular approksimatsiyasi o`tkaziladi, ya`ni ular odatdagi dinamik bo`g`inlar ko`rinishida tarkibiy ifodalanadi. Bu holda absorbsiya jarayoni sof kechikuvchi ikkinchi tartibli nodavriy bo`g`in bilan tavsiflanadi. Absorberlarning o`lchamlari katta bo`lgani uchun ular “absorbent sarfi – chiqish eritmasi konsentratsiyasi” kanali bo`yicha katta inertsionligi va kechikish vaqtlari bilan ifodalanadi. 1-rasm. Absorberni avtoatlashtirish sxemasi Absorberni avtomatlashtirish sxemasi uchun absorberdagi eritma sathini va gaz bosimini avtomatik rostlash yuqorida qarab chiqilgan sxemalarga ko`ra amalga oshiriladi. Chiqish eritmasi konsentratsiyasi rostlash uchun ular konsentratsiya datchigi 1-1 bilan o`lchanadi, undan chiqqan signal rostlashning izodrom qonuni bilan ko`rsatuvchi va o`zi yozar asbob 1-2 ga keladi. Rostlovchi ta`sir masofadan turib boshqarish 1-3 paneli orqali absorberga absorbentni uzatish ijrochi mexanizm 1-4 vositasida o`zgartiradi.
Download 337.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling