Amaliy mashg’ulot – 2 Vazifa


Download 17.38 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi17.38 Kb.
#1613592
1   2
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot - 2

Sabzavotchilik 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, S.da ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi (qarang Parnik, Issiqxona ekinlari) Ska boʻlinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. S.da yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi S. ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligida salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000-yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va boshqalarning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.

Oʻzbekistonda S. 20-asrning 30y.laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni koʻpaydi. 1934-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi. 1940-yilda sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi.
Urushdan keyingi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin yerlarda ixtisoslashgan yirik S. xoʻjaliklari tashkil etildi, S.ni mexanizatsiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish maydonlari kengaydi, kombinat tipidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon va boshqa shaharlarda sabzavotlarni kayta ishlash sanoati barpo etildi.
1960-yilda Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi negizida Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti ish boshladi. Sabzavotchilikga yuqori sifatli mahsulot beradigan, hosildor, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli muddatlarda pishadigan sabzavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urugʻchiligi va urugʻshunosligi yoʻlga qoʻyildi.
Download 17.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling