Amaliy mashg‘ulot -5 Mavzu : Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar


Injener-geologik xaritalash miqyosini tanlash


Download 312.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi312.02 Kb.
#1231671
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot

Injener-geologik xaritalash miqyosini tanlash. Injener-geologik xaritalash 
miqyosiga maydonning o‘lchami, geologik, injenergeologik nuqtayi nazaridan 
o‘rganilganligi, injener-geologik sharoitning murakkabligi, loyihalashtirilayotgan 
inshoot turi, tog‘ jinslari yuzalarining ochilganlik darajasi ta’sir etadi. Maydonning 


geologik nuqtayi nazaridan o‘rganilganlik darajasi injenergeologik xaritalash 
miqyosini tanlashda ko‘p tushuntirishlar talab etmaydi. 
Agar maydon geologik (injener-geologik) nuqtayi nazaridan yaxshi o‘rganilgan 
bo‘lsa, o‘rganilgan miqyosdagi xaritalashni qaytarishga o‘rin yo‘q. Demak, agar 
maydonni qayta o‘rganish zarur bo‘lsa, u holda undan yirikroq miqyosda bajariladi. 
Maydon qanchalik murakkab injener-geologik sharoitga ega bo‘lsa, u shunchalik 
mukammal o‘rganilishi kerak. Har xil bosqichlarda o‘tkaziladigan xaritalash 
miqyosi turlicha bo‘ladi. 
Daryo vodiysidan yoki uning bir qismidan kompleks foydalanishni hal qilish uchun 
mayda miqyosda, loyihani asoslash uchun esa nisbatan yirikroq miqyosda xaritalash 
o‘tkaziladi. To‘g‘on qurilishi uchun stvor tanlashda mayda miqyosda, tanlangan 
stvorda esa yirikroq miqyosda xaritalash o‘tkaziladi. 
Muhim inshootlar joylashadigan maydonlarda yirik miqyosda, muhim bo‘lmagan 
inshootlar uchun nisbatan mayda miqyosda xaritalash bajariladi. 
Shahar qurilishida, mukammal rejalashtirish, loyihaviy rejalashtirish uchun 
mukammal xaritalash (1:10000), shahar oldi maydonlari uchun yirik miqyosli 
(1:25000, 1:50000) xaritalash, bunda 1:25000 miqyosdagi xaritalash murakkab 
injener-geologik sharoitda o‘tkaziladi. 
Har bir miqyosdagi xaritalash mukammalligi izlanish natijasida olingan 
ma’lumotlar bilan aniqlanadi, ya’ni har bir elementning kuzatishlar soni, ta’riflash 
mukammalligi, xaritada tasvirlanish aniqligi bilan belgilanadi. Buni umuman 
baholashda 1 sm.kv. xarita yuzasidagi nuqtalar soni bilan amalga oshiriladi. 
Xaritalash mukammalligini ta’minlash uchun u burg‘ilash, tog‘ kavlash, geofizika 
ishlari bilan birgalikda bajarilishi kerak. Bunday usullar bilan o‘rganilgan nuqtalar 
umumiy kuzatish nuqtalari sifatida hisoblanadi. 
Injener-geologik xaritalash mukammalligini eng oddiy usul, ya’ni kuzatish 
nuqtalari orasidagi masofa bilan (xaritada nuqtalar orasidagi masofa 0,5–1 sm 
bo‘lishi kerak) belgilanadi. Masalan:1:200000 miqyosdagi xaritalashda kuzatish 
nuqtalari orasidagi masofa 1–2 km, mos ravishda: 
1:100000 0,5—1 km 
1:50000 250—500 m 
1:250000 125—250 m 
1:100000 150—100 m deb olinadi. 
Injener-geologik xaritalashning mukammalligini qu yi dagi holat bilan baholash 
mumkin. 
Turli miqyosli xaritalarda injener-geologik sharoitning u yoki bu elementi xaritada 
kengligi 1 mm bo‘lsa u tasvirlanadi. Undan kichik bo‘lsa uni o‘qib bo‘lmaydi. 
Masalan: 1:20000 li miqyosda kengligi 200 m bo‘lgan element tasvirlanadi, undan 
kichigini tasvirlab bo‘lmaydi. 
Shuningdek: 
1:100000 — 100 m 
1:50000 — 50 m 1:25000 — 25 m 
1:10000 — 10 m 
1:5000 — 5 m 
1:2000 — 2 m li elementlar tasvirlanadi. 


Bunday kichik elementlar (qatlamlar, qatlamchalar) miqyosdan tashqari, miqyosiga 
bo‘ysunmagan holda tasvirlanishi mumkin. Kichik elementlar (surilmali 
maydonlar, karstlar, cho‘kish voronkalari va b.) bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, 
ma’lum shartli belgi bilan yoki ma’lum chiziq bilan chegaralab ko‘rsatilishi 
mumkin. 
Demak, xaritalash qanchalik mukammal bo‘lsa, geologik qirqim shunchalik 
mukammal bo‘lingan bo‘lishi kerak, injenergeologik sharoitning turli elementlari 
ajratilgan bo‘lishi kerak, turli chegaralar bo‘lishi kerak. 
Mayda miqyosli xaritalarda hamma elementlarni tasvirlash mumkin emas, yirik 
miqyosli xaritalarda esa ko‘proq element ko‘rsatilishi mumkin. Shunga mos 
ravishda elementlarning tasvirlanish aniqligi oshadi. Birinchi holda elementlar 
chamalab tushirilsa, ikkinchi holda asboblar yordamida, o‘lchashlar natijasida 
tushiriladi. 
Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda xaritalash miqyosi tanlanadi. 

Download 312.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling