Amaliy mashg`ulot № htmlda gipermatn bilan ishlash


Download 15.11 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.11 Kb.
#195250
Bog'liq
Amaliy mashg 5

Amaliy mashg`ulot № 5. HTMLda gipermatn bilan ishlash


Ishdan maqsad: Talabalarda HTML yordamida Web-sahifa yaratishda gipermatn va forma ustida amallar bajarish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish

Masalaning qo’yilishi: Tinglovchi berilgan variant bo’yicha HTMLda amal bajara olishi lozim.

Ishni bajarish uchun namuna

Masala. HTML hujjatda gipermatn o’rnatilsin.

Boshqa hujjatlarga giperishoratlar A elementi yoki xarita yordamida beriladi.

A- HTMLning eng zarur elementi hisoblanadi. Quyidagi parametrlari mavjud:

HREF- ochiluvchi va yopiluvchi teglar orasida joylashgan matn yoki rasmni giperishorat sifatida aniqlaydi. Quyidagi qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin:

http://…- www-hujjatga ishorat yaratadi;

ftp://…- ftp-saytga ishorat yaratadi;

mailto:…- ko‘rsatilgan pochta adresiga elektron pochta jo‘natish uchun pochta mijozini ishga tushiradi;

news:…- yangiliklar (xabarlar) serveriga ishorat yaratadi;

telnet://…- uzoqdagi mashina bilan telnet-aloqaga ishorat yaratadi;

wais://…- WAIS-serverga ishorat yaratadi;

gopher://…- Gopher-serverga ishorat yaratadi.

Agar bog‘lanish turi va mashina adresi ko‘rsatilmagan holda so‘nggi manzil joriy hujjatning o‘zi hisoblanadi. Bu nisbiy ishoratlardan foydalanish imkonini beradi. Masalan, Hujjat ishorat joriy faylga nisbatan docs katalogidagi title.html fayliga ishorat yaratadi.

Amaliy mashg`ulot topshiriqlari

1. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda A tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

2. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda FORM tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

3. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda TEXTAREA tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

4. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda SELECT tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

5. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda OPTION tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

6. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda A tegining mailto atributi vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

7. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda A tegining ftp atributi vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

8. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda FORM tegining NAME atributi vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

9. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda FORM tegining SELECT atributi vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

10. gipermurojaat va formalar bilan ishlashda FORM tegining SIZE atributi vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing

Adabiyotlar ro’yxati

1. Morris B. HTML in action. Minnesota: Books, 2010, 266 p.



2. Гончаров А. Самоучитель HTML, СПб, Piter, 2012. 240 p

3. 2. Shoyqulov Sh.Q. Web-dizayn va Web-dasturlash. Qarshi: QarshiDU, 2015. – 248 s.
Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling