2. Taqsimlovchi qurilmalar va transformatorli nimstantsiyalar
5.2.1. Statsionar elektr nimstantsiyalar va taqsimlovchi qurilmalar xonalarida birlamchi va ikkilamchi kommutatsiya, havo va kabel tarmoqlari sxemalari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yo‘riqnomalari, elektr tokidan zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari, o‘t o‘chiruvchi vositalar, ogoћlantiruvchi belgilar va plakatlar bo‘lishi lozim.
5.2.2. Elektr stantsiyalarida yoki nimstantsiyalarida kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan barcha ketuvchi fider (elektr tarmoqlar boshi)lar, ta’minlovchi ochiq kon ko‘chma elektr qurilmalari yerga bir fazali va ko‘p fazali tutashishlarda liniyalarni avtomatik ћolda o‘chirishni ta’minlaydigan apparatura bilan jiћozlanishi kerak.
Yerga tutashishdan ћimoya ќilish ikki pogonali tarzda bajarilishi kerak. Bir fazani yerga tutashishdan ћimoya qilishning 1-pogonasini tekshirish va nazoratli sozlash olti oyda kamida bir marta amalga oshirilishi, ћimoyaning 2-pogonasi - bir yilda kamida 1 marta.
5.2.3. Elektr uzatish ta’minlovchi ochiq kon liniyalariga ko‘chma mashinalar va transformatorli nimstantsiyalarning qo‘shilishi ochiq kon ishlarida qo‘llanishga yaroqli zavoda tayyorlangan maxsus ko‘chma ulanadigan punktlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Kabellarning ulanadigan punktlarsiz ћavo liniyalariga bevosita bog`lanishi man etiladi.
Yuqori kuchlanish tomonidan xavfsiz ko‘rinadigan uzilishni ta’minlaydigan, kommutatsiya apparati bilan jiћozlangan transformatorli nimstantsiyalarning bevosita elektr uzatish ћavo liniyalari bilan boglanishiga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan ћolda tayyorlovchi zavod sertifikatlari (pasportlari)ga ega bo‘lgan butlovchi uzellardan tashkil topgan tayyorlovchi zavod ћujjatlariga muvofiq konchilik korxonalari tomonidan ko‘chma ulanadigan punktlarni tayyorlashga ruxsat etiladi.
5.2.4. Ulanish punktlari ishlayotgan kon mashinalari bilan bir gorizontda o‘rnatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |