Amaliy mashg’ulot № mavzu: Metallarga bosim ostida ishlov berish asoslari Topshiriq
Download 29.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqАмалий машгулот №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY QISM
AMALIY MASHG’ULOT № 1. MAVZU: Metallarga bosim ostida ishlov berish asoslari Topshiriq: Metallga bosim ostida ishlov berishning asosiy usullari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Mahsulotning berilgan shakli va geometriyasidan kelib chiqqan holdametallga bosim ostida ishlov berish usulini, asbob turini va tayyorlanmani tanlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Amaliy mashg‘ulot 2 akademik soatga mo‘ljallangan. NAZARIY QISM Zamonaviy metallga ishlov berish sanoatida metallga bosim ostida ishlov berish turli xil vazifadagi mashinalar detallarining shaklini hosil qilishning asosiy usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Metallarga bosim ostida ishlov berish metallarning plastiklik xossalariga, ya’ni metallarning dastlabki shaklini yemirilmasdan o‘zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Metallarning plastikligiga materialning kimyoviy tarkibi, harorat va deformatsiya tezligi, deformatsiya markazining shakli ta’sir ko‘rsatadi. Deformatsiyalashning mos ravishdagi sharoitini yaratib, talab etilgan texnologik plastiklikka ega bo‘lish mumkin. metallarga bosim ostida ishlov berish boshqa turdagi ishlov berishdan jiddiy farq qiladi, chunki plastik deformatsiya jarayonida metall talab etilgan shaklga ega bo‘lish bilan birga, tuzilishi va fizik mexanik xossalarini o‘zgartiradi. Hozirgi vaqtda metallga bosim ostida ishlov berishning 400 ga yaqin usuli mavjud. Bosim ostida ishlov berish jarayonlarining katta xilma-xilligiga qaramasdan, ularni ikkita asosiy guruhga birlashtirish mumkin – metallurgiya ishlab chiqarish va mashinasozlik ishlab chiqarish jarayonlari. Prokatlash, presslash va kiryalash birinchi guruhga tegishli bo‘lib, ularning asosini texnologik jarayonning uzluksizlik tamoyili tashkil qiladi. metallurgiya ishlab chiqarish mahsulotidan (listlar, tasmalar, davriy va profilli prokat, quvurlar, profillar, sim va h.o.) temirchilik-presslash va mexanika sexlarida tayyorlanma sifatida ham, turli xil konstruksiyalarni yaratish uchun tayyor mahsulot sifatida ham foydalaniladi. Prokatlash – metallga bosim ostida ishlov berishning istiqbolli va keng tarqalgan turlaridan biridir. Mashinasozlikda prokatlash yordamida erkin bolg‘alash, shtamplash, kiryalash uchun tayyorlanma olish bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlar – qurilish konstruksiyalarining elementlari va mashina detallari: balkalar, shvellerlar, burchakliklar, chiviqlar va boshqa profillar, quvurlar, g‘ildiraklar, shariklar va hokazolar olinadi. Prokatlash asboblari, jihozlari va sxemalari bilan tanishish, prokatlash dastgohlarining tasnifini, prokat ishlab chiqarish mahsulotini bilish zarur. Listlar, saralangan prokat, choksiz va payvand quvurlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Presslash – plastikligi past metallarni ishlov berishning imkoni bo‘lgan yagona usulidir. Shu bilan birga metall materiallarning kristall panjarasi va asosiy deformatsiyalar sxemalari asosiy yo‘nalishlarining eng afzal qo‘shilishiga erishiladi. Presslash texnologiyasi bilan tanishib chiqib, presslashning ikkita usulini o‘rganing (to‘g‘ri va teskari) hamda ularning afzalligi va kamchiliklarini eslab qoling. Presslash asbobi va jihozini o‘rganing. Kiryalash – metall materiallarini sovuq holatda deformatsiyalashdir. Metall sovuq sovuq plastik deformatsiya jarayonida mustahkamlanadi (puxtalanadi). Kiryalash mahsuloti o‘lchamlarining yuqori aniqligiga va sirtning yaxshi sifatiga ega bo‘ladi. Xususan metallni boshlang‘ich tayyorlash operatsiyalarida kiryalash texnologik jarayonining texnologik operatsiyalarini yaxshi tushunib olish, kiryalash asbobi va kiryalash jihozini, ushbu usulning afzalligi va kamchiligini o‘rganish, kiryalash mahsulotini bilish zarur. Bolg‘alash, hajmiy shtamplash (issiqlayin va sovuqlayin), listli shtamplash kabi jarayonlar va bosim bilan ishlov berishning maxsus turlari (halqali detallarni dumalatish, silliqlash va h.o) kiradi. Bu jarayonlar detallarning tayyorlanmalarini va navbatdagi mexanik ishlov berishni talab qilmaydigan tayyor detallarni olishni ta’minlaydi. Bolg‘alangan va shtamplangan tayyorlanmalar yuqori mexanik xossalari bilan ajralib turadi, shuning uchun mashinalarning eng muhim, og‘ir yuklangan detallari bolg‘alash yoki shtamplash yordamida olingan tayyorlanmalardan tayyorlanadi. Erkin bolg‘alash – metallarni issiqlayin ishlov berish bo‘lib, shu bilan birga tayyorlanmalarni deformatsiyalash universal asbob yordamida amalga oshiriladi. Bolg‘alashda shakl o‘zgarishi metallning deformatsiyalovchi asbob – urgichning harakatiga perpendikulyar tomonga oqishi natijasida sodir bo‘ladi. Bolg‘alash mayda seriyali va donalab ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori mexanik xossalar bilan sifatli tayyorlanma olishda iqtisodiy jihatan samarali va maqbul jarayon hisoblanadi. Bolg‘alashda qo‘llaniladigan tayyorlanmalar, erkin bolg‘alash operatsiyalari va mos ravishdagi asboblar bilan tanishib chiqish zarur. Har bir holatda qo‘llaniladigan jihozlarni, erkin bolg‘alashning kamchiligi va afzalliklarini o‘rganib chiqish lozim. Shtamplash – bolg‘alashning bir turi bo‘lib, bu jarayonni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi. Issiqlayin va sovuqlayin shtamplash, hajmiy va listli shtamplash turlari mavjud. Listli va hajmiy shtamplashning asosiy usullarini va operatsiyalarini, asboblar, moslamalar, afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish zarur. Ko‘ndalang-ponali valsovkalash, rotatsion siqish, ajraluvchan matritsalarda shtamplash kabi va boshqa hajmiy shtamplashning istiqbolli usullariga e’tibor qaratish kerak. Download 29.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling