Amaliy mashg‘ulot – Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari
Paket materiallari ezilishga ishlayotganda
Download 1.28 Mb.
|
амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot – 7. Payvand birikmalar
Paket materiallari ezilishga ishlayotganda.
Birikmadagi boltlar sonini aniqlaymiz. Boltlarni sonini 14 ta deb qabul qilib olamiz va birikmada joylashtiramiz. Birinchi qatorga 5 ta ikkinchi qatorga 4 ta va uchinchi qatorga 5 ta. Jami birikmaga 28 ta boltlar joylashtiriladi. Elementni zaiflashgan kesim yuzasini aniqlaymiz va unda hosil bo‘layotgan kuchlanishni topamiz. Birlashtiradigan fasonkani o‘lchamlarini aniqlaymiz. Demak, prokladkani o‘lchamlari 360x340x8 2ta varaqasimon po‘lat sortamentidan olinadi. 4.5. Masala. YUqori mustahkamli boltlar bilan biriktirilgan birikmani hisoblang. CHo‘zayotgan hisobiy kuch 800 kN ga teng. Boltlarni diametri 18mm ga teng. Po‘lat markasi 40 XFA Rbun 13500 kgsm2, 1350 MPa. Boltlarni sonini aniqlab birikmada joylashtiring. Asosiy elementni zaiflashgan kesimdagi kuchlanishni aniqlang? R asm 3. YUqori mustahkamli boltlar bilan biriktirilgan birikma. Echimi. Bitta bolt bilan mahkamlangan elementlardagi tutash sirtlardan har birining qabul qila oladigan hisobiy kuchni aniqlaymiz: Birikmaga talab qilgan boltlarni sonini aniqlaymiz: Boltlarni sonini 8 deb qabul qilib olamiz va birikmada joylashtiramiz. Har qatorga 4-ta bolt joylashtiramiz. Jami birikmaga 16–ta bolt joylashtiriladi. Elementni zaiflashgan kesim yuzasini aniqlab unda hosil bo‘layotgan kuchlanishni topamiz. Birlashtiradigan fasonkani o‘lchamlarini aniqlaymiz. Demak, prokladkani o‘lchamlari 360x250x8x2ta varaqasimon po‘lat sortamentidan olinadi. Amaliy mashg‘ulot – 7. Payvand birikmalar Payvand birikmalarning turlari Payvand birikmalarda elementlar tutash va ustma-ust ulangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki xil usuldan aralash foydalanish ham mumkin. CHokning tuzilishiga ko‘ra tutash va burchakli bo‘ladi. Elementlarning payvandlanadigan qirralariga ilgaridan ishlov berish turiga qarab V-shaklli, K-shaklli, X-shaklli va U-shaklli choklar bo‘ladi. Rasm 1 Tutash birikmlarning shakllari Rasm. 2. Burchak chokli payvand birikmaning hisobiy kesimlari. 1. CHok metalli bo‘yicha; 2.Erish chegarasi metalli bo‘yicha. .3. Payvand birikmalarni hisoblash Payvand birikmaning mustahkamligi biriktirilgan elementlarning materialiga, chok metalining mustahkamligiga birikmaning shakli va turiga, kuchlar ta’sirining xarakteriga, payvandlash usuliga va payvandchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Tutash chokni hisoblash. Tutash payvand choklarga bo‘ylama kuch ta’sir etganda chokning mustahkamligi quyidagicha tekshiriladi: (4.1) Rasm 3 Burchak va tutash payvand choklar bu erda: N – bo‘ylama ta’sir etayotgan hisobiy kuch, t – chokning qalinligi (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng), chokning hisobiy uzunligi (chokning geometrik uzunligiga teng agar chok tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, bo‘lmasa 2t sm.ga kam deb hisoblanadi), uchma-uch payvandlangan birikmadagi chokning siqilish va cho‘zilishga hisobiy qarshiligi, cho‘zilishda tenglik siqilish va egilishda qarshiligi olinadi. Burchak chokli payvand birikmalarni bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlar ta’sir chizgi kesishuv (shartli) kesmi bo‘yicha hisoblash kerak. Burchakli chok biriktiriladigan elementlar qirralarining burchagida kuch hosil bo‘ladi. Ishlash xarakteri va asosiy kuch oqimlariga nisbatan fazoda joylashishiga qarab burchakli chok ikki xil bo‘ladi: yonbosh va ko‘ndalang. YOnbosh chok bo‘ylama kuch ta’sirida qirqilishga ishlaydi. Bunda qirqilish sirtining balandligi bo‘lgan burchak bissektrisasi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Burchakli choklar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi: CHok metallning kesimi bo‘yicha: erish chegarasidagi metallning kesimi bo‘yicha bu erda: payvand usuliga bog‘liq bo‘lgan koeffitsientlar: oquvchanlik chegarasi 530MPa (5400 kg/sm2) gacha bo‘lsa, QMQ 2.03.05-97 ning 13,1 jadval bo‘yicha: oquvchanlik chegarasi payvandlash turi, chok holati va payvandlash simi diametriga bog‘liq bo‘lmagan holda 530MPa (5400 kg/sm2) dan yuqori bo‘lsa βf=0,7 va βz=1bo‘ladi chokning qalinligi, (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng). eritilgan po‘lat chokning hisobiy qarshiligi, γm – chok materiali bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti, u 1,25ga teng agar Run <530MPa va 1,35 teng agarRun >530MPa bo‘lsa. erish chegarasidagi po‘latning hisobiy qarshiligi, chokning hisobiy uzunligi, geometrik uzunligiga 1sm qo‘shiladi. Burchak chokli payvandlangan ulanmalarning choklar joylashuvi tekisligiga perpendikulyar tekislikdagi vaqt xarakatiga hisoblashni quyidagi formulalar bo‘yicha ikki kesishuv bo‘ylab amalga oshirish kerak: CHok metalli bo‘yicha; Eritish chegarasi metalli bo‘yicha; bunda; Wf –hisobiy kesimning chok metalli bo‘ylab qarshilik momenti; Wz – xuddi shuning o‘zi eritish chegarasi metalli bo‘ylab kesimini qarshilik momenti. Burchak chokli payvandlangan ulanmalarni shu choklar joylashuvi tekisligidagi harakat paytiga hisoblashni ikki kesishuv bo‘ylab; CHok metalli bo‘yicha; Erish chegarasi metalli bo‘yicha; formulalari bo‘yicha amalga oshirish kerak, bunda Ifx va Ify - chok metali bo‘ylab uning asosiy o‘qlariga nisbatan inersiya momentlari; Izx va Izy – xuddi shuning o‘zi, eritish chegarasi metalli bo‘ylab. Agar payvand (chok) birikma bir necha xil choklar (uchma-uch, yonbosh va ko‘ndalang burchakli) dan tashqil topgan bo‘lsa, bunday birikma aralash payvand birikma deb ataladi. SHartli ravishda bunday chokli birikmalarda kuchlanish, qirqilish sirtlari bo‘ylab, tekis taqsimlangan deb qabul qilinadi. (4.3.b) rasmda uchma-uch payvandlangan qismlarning taxtakachlar yordamida mustahkamlangan aralash birikmasi ko‘rsatilgan. Bunday xildagi birikmalarni hisoblashda taxtakachlar va uchma-uch choklarning ko‘ndalang kesim yuzasida kuchlanish bir xil deb qabul qilinadi. 530mpa> Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling