Amaliy mashg‘ulot – Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari


Amaliy mashg‘ulot – 3. YUklar va ta’sirlar


Download 1.28 Mb.
bet3/13
Sana06.11.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1750456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
амалий машғулот

Amaliy mashg‘ulot – 3. YUklar va ta’sirlar

Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo‘lishi mumkin.


Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi;
b) gruntlarning og‘irligi va bosimi (ko‘tarma, to‘ldirma);
v) konstruksiyada oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlar va boshqalar.
Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og‘irligi;
b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo‘zg‘almas ko‘tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni to‘ldirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni;
v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi;
g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga o‘xshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni;
d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
Vaqtincha qisqa muddatli yuklarga quyidagilar kiradi:
a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, sinash, ko‘chirish yoki almash-tirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar;
b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni;
v) uy-joy, jamoat, qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odamlar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
g) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarma-telfer vositalaridan tushadigan yuklar
d) qor yuklari;
e) harorat iqlim ta’siri;
j) shamol yuklari;
Maxsus yuklarga quyidagilar kiradi:
a) seysmik ta’sirlar;
b) portlash ta’sirlari;
v) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar;
g) grunt strukturasini keskin o‘zgarishi (cho‘kuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog‘ konlari xududida cho‘kish natijasida zaminda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar.

YUklar jamlamasi


Odatda inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, lekin hamma mavjud yuklarning konstruksiyaga bir vaqtning o‘zida ta’sir etish ehtimoli kam. SHuning uchun konstruksiya va zaminlarni chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo‘yicha hisoblashda yuklar va tegishli zo‘riqishlarning eng nobop jamlamalari (sochetanie) e’tiborga olinishi zarur.
Bu jamlamalar konstruksiya yoki zaminga bir vaqtning o‘zida vaqtinchali yuklar qo‘yilishining turli sxemalari paydo bo‘lishi imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda turli yuklarni har xil variantlarda ta’sir etishini yoki ba’zi yuklarning mavjud emasigini ko‘rib chiqish yo‘li bilan belgilanadi.
Hisobga olinadigan yuklar tarkibiga qarab jamlamalar quyidagi xillarga bo‘linadi:
a) doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan asosiy jamlamalar;
b) doimiy uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda maxsus yuklarning biridan tashqil topgan maxsus jamlamalar.
Ikki xil me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan vaqtinchali yuklarni jamlama tarkibiga kiritishida uning kichik me’yoriy qiymati uzoq muddatli yuk, katta me’yoriy qiymati esa – qisqa muddatli yuk sifatida qaraladi to‘liq me’yoriy qiymatini hisobga olishda. Agar jamlamalar tarkibiga doimiy va kamida ikkita muvaqqat yuk kirsa, vaqtincha yuklarning hisobiy qiymatlari quyidagi jamlama koeffitsientlariga ko‘paytiriladi: asosiy jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun 10,95; qisqa muddatli yuklar uchun 20,9;
Maxsus jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun 10,95; qisqa muddatli yuklar uchun 20,8.
Asosiy jamlama tarkibi doimiy yuk va bitta muvaqqat (uzoq yoki qisqa muddatli) yukdan tashqil topsa, ψ1, ψ2 koeffitsientlariga ko‘paytirilmaydi.
Eslatma: Asosiy jamlamalar tarkibi uchta va undan ortiq qisqa muddatli yuklardan tashqil topgan bo‘lsa, ularning hisobiy qiymatlari jamlama koeffitsienti ψ2 ga ko‘paytiriladi; bunda koeffitsientning qiymati (ahamiyatiga ko‘ra) birinchi qisqa muddatli yuk uchun – 1,0, ikkinchisi uchun – 0,8, qolganlari uchun – 0,6 olinadi.
Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi mavjud variantlarni tahlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Maxsus birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi.
Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortiq bo‘lsa, unda yuklar qiymati 10,95 ga birinchisini va 0,9ga ikkinchisini ko‘paytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95ga, alohida birgalik esa 0,9ga ko‘paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda 20,9 ga 20,8 ga va 20,6 ga ta’sir darajasi bo‘yicha ko‘paytiriladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling