Amaliy mashg‘ulot – 12,13. Markaziy siqilishga ishlayotgan elementlar hisobi.
Markaziy siqilgan elementlar birinchi guruh chegara vaziyatlari bo‘yicha mustahkamlikka va ustivorlikka hisoblanadi.
Markaziy siqilishga ishlayotgan kalta sterjenlar o‘zini markaziy cho‘zilishda ishlayotgandek tutadi. SHuning uchun kalta sterjenlar quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:
Markaziy siqilishga ishlaydigan egiluvchan va ko‘ndalang kesim o‘lchamlarining uzunlikka nisbatan bo‘lgan sterjenlarning ustivorligi quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:
bu erda, - bo‘ylama egilishni e’tiborga oluvchi koeffitsienti, uning qiymatlarini:
agar shartli egiluvchanlik bo‘lgan holda
bo‘lgan holda
bo‘lgan holda
formulalar bo‘yicha aniqlash kerak.
Markaziy siqilishga ishlayotgan egiluvchan elementlarda hosil bo‘ladigan kritik kuchlanish
kritik kuch, agar siqilishga ishlayotgan element sharnirlar bilan biriktirilgan bo‘lsa, unda kritik kuchni qiymatini aniqlash uchun L. Eyler formulasidan foydalaniladi:
YUqorida keltirilgan ifodalardan foydalanib markaziy siqilishga ishlaydigan elementlar uchun eng katta bo‘lgan egiluvchanligini aniqlash mumkin.
;
; ;
Bu formuladan eng katta egiluvchanlik aniqlanadi:
;
Lekin QMQlarida markaziy siqilishga ishlayotgan egiluvchan, sterjenlar uchun eng katta egiluvchanlik 120ga teng qilib qabul qilingan.
Amaliy mashg‘ulot – 14,15. Markaziy cho‘zilgan element hisobi
Ma’lumki, po‘latlarning plastik holatga o‘tishi diagrammada oquvchanlik chegarasidan boshlanadi. Ba’zan konstruksiyaning faqat elastik holatida emas, balki oquvchanlik holatiga ham o‘tib ishlashiga ruhsat etiladi va hisoblashda bu omil e’tiborga olinadi.
Plastik deformatsiyalarni cheklash maqsadida, cho‘zilishga ishlaydigan element materialining elastik ishlash chegarasi bo‘yicha mustahkamligi quyidagicha aniqlanadi:
(3.1)
bu erda: N - hisobiy kuch;
An – elementning ko‘ndalang kesim yuzasi;
Ry – element materialining oquvchanlik bo‘yicha hisobiy qarshiligi;
s – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
Bu formula asosida cho‘zilishga ishlayotgan elementlar hisoblanganda material elastik holatda ishlashi ta’minlanadi va atomlar aro bog‘lanishda o‘zgarish bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |