Amaliy mashg’ulot №1 Asosiy tushunchalar va tavsiflar. Elektr apparatlar tasnifi. Maqsad


Download 26.76 Kb.
bet1/4
Sana14.01.2023
Hajmi26.76 Kb.
#1092584
  1   2   3   4
Bog'liq
1 Elektr apparatlar tasnifi


Amaliy mashg’ulot №1
Asosiy tushunchalar va tavsiflar. Elektr apparatlar tasnifi.


Maqsad: Talabalarni elektrapparatlarni tuzilishi, ishlatilish maqsadi va ishlash printsipi bilan, hamda ishlash tatibi, xarakteristikasi va ularni quyiladigan talablar bilan tanishtirish.
Reja:
1.Kirish. Umumiy ta’rif. 2.Elektr qurilmalarni ishlash taribi. 3. Elektr apparatlarni va elektr apparatlarni va qurilmalarni tasnifi.



  1. Umumiy ta’rifi.

Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini o'zgartirish, rostlash, o'lchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun mo'ljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga ko'ra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, o'lchovchi, nazorat qiluvchi turlarga bo'linadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induktsion va boshqalar turlarga ham bo'lish mumkin. Ba'zan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan bo'ladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubil'niklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (o'lchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televidenie tarmoqlari va boshqalar ko'p sohalarda ishlatiladi.
Elektr apparatlar elektr zanjirni uchirish va yoqish ularni nazorat qilish, elektrik va elektrlanmagan obьektlarni boshqarish, ulchash va ximoya qilish maqsadida muljallangan elektr qurilma hisoblanadi.
Elektrotexnik kurilma-bu elektr energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash, nazorat qilish, o’zgartirish va foydalanish kabi kompleks topshiriklarini xal etishda ma'lum funksiyalarni boshqarish uchun muljallangan sanoat maxsuloti hisoblanadi.

Download 26.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling