Amaliy mashg`ulot №1 Ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari. Predmet sohani tahlili. Maq
Download 23.71 Kb.
|
Ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari. Predmet sohani tahlili.
Predmet soha ma`lumotlari tavsifi. Elektron kutubxonadan kerakli axborotni izlab topish uchun axborot resurslari bo`yicha rekvizitlarni, ya`ni, axborot resurslari ma`lumotlarini aniqlaymiz. Ushbu ma`lumotlar orqali mavjud axborot izlab topiladi. Shuning uchun predmet soha tahlilida izlab topishda muhim bo`lgan ma`lumotlar ro`yxati aniqlanishi lozim.
Elektron axborot resurslarini va kutubxonadagi ma`lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi ma`lumotlar zarur deb topildi. Ma`lumot nomi – kutubxonada bo`lganidek kitob, jurnal, qo`llanma, gazeta singari axborot resurslari nomi. Masalan, «MB ni loyihalashtirish». Matnda beriladi. Sarlavha osti, izoh – ma`lumot kimga mo`ljallanganligi haqida qisqacha so`z yoki qisqacha izoh. Masalan, «Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun». Matnda beriladi. Qism, tom yoki versiya – agar qismlari mavjud bo`lsa kiritiladi. Masalan, «1-qism». Son yoki son va harf orqali beriladi. Muallif – axborot resursi muallifi yoki mahsulot yaratgan muassasa nomi. Masalan, «Aliev V. va boshqalar». Matnda beriladi. Qaysi tilda – taqdim qilinayotgan axborot resursi tili. Masalan, «o`zbek». Matnda beriladi. Ma`lumot bo`limi – taqdim qilinayotgan axborot resursi kiritilgan guruh nomi. Masalan, «Axborot texnologiyalari». Matnda beriladi. Ma`lumot mavzusi – taqdim qilinayotgan axborot resursi kiritilgan guruhning guruh osti nomi. U «Ma`lumot bo`limi» ning to`ldiruvchisi hisoblanadi. Masalan, «MB ni boshqarish tizimlari». Matnda beriladi.. Ma`lumot turi – elektron axborot resursi turi. Masalan, «kitob» yoki «jurnal» yoki «referat» va h-zo. Matnda beriladi. .Ma`lumot tayyorlagan korxona - elektron axborot resursini tayyorlagan muassasa nomi. Masalan, «Informatika va AT kafedrasi». Matnda beriladi. Ma`lumot tayyorlagan korxona manzili - elektron axborot resursini tayyorlagan muassasa manzili. Masalan, «Buxoro». Matnda beriladi. Tayyorlangan yil - elektron axborot resursi tayyorlangan sana. Masalan, «15.05.2008». Sanada beriladi. Fayl nomi - elektron axborot resursi fayli nomi. Masalan, «mbb1.doc». Matnda beriladi. Katalogda - elektron axborot resursi fayli saqlanayotgan katalog nomi. Masalan, «D:\Elektron resurs\Axborot texnologiyalari\Ma’lumotlar bazasi\». Matnda beriladi. Hajmi - elektron axborot resursi fayli hajmi. Masalan, «12 Mb». Matnda beriladi. Annotatsiya - elektron axborot resursining qisqacha tushuntirish xati yoki izoh. Masalan, «Relyatsion MB, uni loyihalashtirish va me`yoriy shakllarga keltirish …..». Matnda beriladi va u kamida 10-15 satrdan iborat bo`lishi mumkin. Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling