Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Amaliy dasturlar yordamida muxandislik masalalarini matematik modellarini yaratish (Mathematica, Maple, Matlab, Mathcad). Reja
Download 284.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg’ulot №1
Misol 1. plot(x, y) protsedurasi orqali graik qurish
x = 0: 0,02:20; % x qiymatlari oralig'i y = 50 * exp (-0.2 * x). * sin (x); % funktsiya shakl (1); plot(x, y); % grafik qurish Bu erda, № 1 Figure oynasiga Edit →Copy Figure yordamida grafik saqlandi x = 0: 0,01: 20; % x qiymatlari oralig'i y1 = 200 * exp (-0.2 * x). * sin (x); % birinchi funktsiya y2 = 0.8 * exp (-0.5 * x). * sin (10 * x); % ikkinchi funktsiya shakl (2); [AX, H1, H2] = plotyy (x, y1, x, y2, 'plot'); % grafiklarni qurish 1.1-rasm 2-misol. Turli masshtabli grafikalarni chiqarish. Diagrammani tuzishda quyidagi operatorlardan foydalanish mumkin: set(get(AX(1),'Ylabel'),'String','Left Y-axis'); %; y o'qi bo'ylab yozuv belgisi chap set(get(AX(2),'Ylabel'),'String','Right Y-axis'); % y o'qi bo'ylab yozuv belgisi o'ng xlabel ('Zero to 20 \musec.'); % x o'qi bo’yicha belgi title('Labeling plotyy'); % grafik belgilash set(H1,'LineStyle','--'); % to’lig chiziq set(H2,'LineStyle',':'); % grafikning punktir chizig’i Grafikning tashqi ko'rinishini pasmiylashtirishni (o'qlardagi belgilar, tarkiblar va boshqalar) Edit menyusi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin, bizning misolimizda ochilgan oynadagi Figure № 2. 1.2-rasmda Figure № 2 oynasida *.emf formatidagi grafikni saqlash File → Export orqali bajarildi. Saqlash muayyan hujjatda foydalanish zaruriyatiga qarab har xil kengaytma turlari *.emf, *.bmp, *.jpg, *.eps va boshqalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 1.2-rasm MathCAD dasturida muxandislik masalalarini modelllarini ifodalash. Zamonaviy komp’yuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad (Mathsoft , Inc. tomonidan ishlab chiqilgan) oddiy, etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda Mathcad – bu komp’yuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollektsiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yrdamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni echish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega. Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yrdamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda MathСADning oynasi va uning matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1-rasm): 1.3-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. Colculator (Kol’kulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. Download 284.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling