Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Bitlar, baytlar va o‘lchov birliklari. (2 soat) Amaliy ishning maqsadi


Download 106 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi106 Kb.
#139883
Bog'liq
Amaliy mashgulot 1


Amaliy mashg‘ulot № 1
Mavzu: Bitlar, baytlar va o‘lchov birliklari. (2 soat)
Amaliy ishning maqsadi: axborot xajmini o‘lchov birliklarini tadbiqini o‘rganish.

Ishning bajarilish tartibi

1.Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish (o‘qituvchi bergan variantlardan birini).

2.Mavzu bo‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.

3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.

4.Xisob ishlarini bajarish.

5.Tegishli xulosa chiqarish.



Kerakli jixozlar

  1. Kompyuter.

Umumiy ma’lumotlar

Bit – bu har biri 0 yoki 1 qiymatiga ega bo’luvchi ikkilik sonlaridir. Kompyuterda ularga pereklyuchatelning vaziyati (yoqilgan/o‘chirilgan) yoki elektr signalining, yorug‘lik impulsining yoki radio to‘lqinining mavjudligi/yo‘qligi mos keladi.



  • Ikkilik noli elektr kuchlanishi 0 V (Volt) bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

  • Ikkilik biri elektr kuchlanishi +5 V bo‘lgan ko’rinishda taqdim etilishi mumkin.

Kompyuterlar 8 bitdan iborat bo’lgan ikkilik sanoq sistemasiga tegishli bo’lgan guruhdan foydalanadi. 8 bitdan iborat bo‘lgan bunday guruh bayt deb ataladi. Kompyuterda 1 bayt xotira qurilmasining minimal adreslanuvchi yacheykasi hisoblanadi.

Sakkizta raqamdan iborat bo‘lgan kombinatsiyani o‘zgartirish orqali 256 (yoki 28) ta son hosil qilish mumkin. Shu sababli bayt qiymatining diapazoni 0 dan 255 oraliqda yotadi (1-jadval).

1-jadval. Axborotbirliklari


O‘lchov birliklari

Baytlar

Bitlar

Bit (b, yoki bit)

1/8

1

Bayt (B, yoki bayt)

1

8

Kilobayt (KB, yoki Kbayt)

1 024

(≈ 1000 bayt)



8 096

(≈ 8000 bit)



Megabayt (MB, yokiMbayt)

1 048 576

(≈ 1 million)



8 388 603

(≈ 8 million)



Gigabayt (GB, yokiGbayt)

1 073 741 824

(≈ 1 milliard)



8 589 934 592

(≈ 8 milliard)



Terabayt (TB, yoki Tbayt)

1 099 511 627 776

(≈ 1 trillion)



8 796 093 022 208

(≈ 8 trillion)


Ko‘p ishlatiladigan kompyuter o‘lchov birliklarini ko‘rib chiqamiz.



  • Bit deb kompyuterdagi eng kichik ma’lumot blokiga aytiladi. Bit 1 yoki 0 qiymatinin qabul qiladi va kompyuter tomonidan ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning ikkilik format raqami hisoblanadi.

  • Bayt deb tarmoq orqali uzatilgan ma’lumotlar sonini tavsiflashda kompyuterning qattiq diskida yoki boshqa axborot tashuvchidagi ma‘lumotlar faylini o‘lchamini tavsifash uchun ishlatiladigan o‘lchov birligiga aytiladi. 1 bayt 8 bitga teng.

  • Kilobit (Kbit) – bu 1024 bit bo’lib, hisoblarni baholashda 1000 bit qiymatidan foydalaniladi.

  • Kilobayt (Kbayt) 1024 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1000 bayt qiymatidan foydalaniladi.

  • Megabit (Mbit) tahminan 1 million bitga teng.

  • Megabayt (Mbayt) 1 048 576 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1 million bayt qiymatidan foydalaniladi. Ba’zida megabayt qisqartirilib “meg” deb ham ataladi. Ko‘pchilik kompyuterlarning operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi. Katta fayllar bir necha megabayt tartibidagi o‘lchamga ega bo’ladi.

  • Gigabayt (Gbayt) taxminan 1 milliard baytga teng. Ba’zan qisqa “gig” nomi ishlatiladi. Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlarning qattiq disklarining hajmi gigabaytlarda o‘lchanadi.

  • Terabayt (Tbayt) taxminan 1 trillion baytga teng. Yuqori ishlab chiqaruvchi sistemalarning qattiq disklarining hajmi terabaytlarda o‘lchanadi.

Ishni bajarilishiga misol

Bizga ma’lumki, fayl yoki papkaning o‘lchami foydalanilayotgan baytlar soni bilan aniqlanadi.

Masalan:

Fayl o‘lchami – 20 KB:

1 Kbayt = 1 024 bayt.

20 * 1024 = 20 480 bayt faylda yoki – 20 KB.



Ish natijalarining taxlili

Bu ma’lumot saqlanishi mumkin bo‘lgan umumiy baytlar sonini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

Masalan, agar 20 Kbayt o’lchamga ega fayl 1 Mbayt o‘lchamdagi papkada saqlangan bo‘lsa (1 Mbayt = 1 048 576 bayt), u holda shu papkaga taxminan xuddi shunday o‘lchamdagi 50 ta qo‘shimcha fayllarni joylashtirish mumkin, fayllarning umumiy miqdori – 51 (1 048 576 / 20 480).

Xulosa

Xisoblash tizimlarining turli bosqichlarida va turli qurilmalaridagi axborotlarning xajmini xisoblash usullari bilan tanishildi.



Topshiriq variantlari

  1. Bir o‘lchov birligidan boshqasiga o’tkazing




b→B

KB→B

GB→KB

B→b

KB→MB

TB→MB

MB→KB

TB→KB

B→MB

1

26502

23.5

23.3

26.5

22265981

493.6

320.5

6.5

323635695

2

3561

36.8

268.3

45.6

36598973

26.4

98.5

89.4

259497233

3

26581

125.3

125.4

357.2

26594871

98.5

648.7

65.2

265658741

4

15687

23.58

26.54

369.2

36598965

624

58.36

38.4

1659465821

5

32671

65.19

98.56

15.36

15497853

568.21

95.48

64.2

3636353974

6

29465

235.1

826.54

98.25

66569947

45.96

71.26

16.8

3359411258

7

32885

123.22

756.2

647.2

22651437

542.12

58.64

98.7

5549782164

8

2365

23.65

95.56

964.2

55494648

454.68

35.81

68.3

3356984123

9

1247

895.6

68.32

95.26

26261759

795.26

120.85

58.4

2256492158

10

33698

452.3

187.36

98.54

33647798

154.68

207.35

16.9

6659114741

11

9956

98.35

299.45

67.89

22658877

663.21

69.84

55.8

9989745612

12

12583

457.26

331.79

256.78

44621189

851.36

37.46

73.14

474123658

13

13482

471.3

124.56

678.28

14591591

491.5

109.36

54.5

248512381

14

3651

63.8

214.4

56.8

36598973

349.6

230.5

98.4

257949233

15

26495

59.19

286.54

46.26

36598965

128.5

468.7

43.4

3639353674

16

2635

213.22

86.32

469.2

66569947

98.21

68.48

76.8

5541287964

17

1427

95.6

276.45

59.26

26261759

245.12

67.81

87.3

3348965123

18

18657

86.35

133.79

526.78

22658877

597.26

127.35

63.9

9986547912

19

9594

215.3

62.54

527.2

14591591

581.36

37.46

49.5

4763214658

20

5548

547,1

58,2

448,3

11256734

461,5

446,5

48,4

5642399743




  1. Papkaga joylashtirish mumkin bo’lgan fayllar sonini hisoblab toping, agar:




Variant_____1__2'>Variant




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Fayl o‘lchami

36 KB

48 MB

56.4 B

96.6KB

15.5 MB

10 MB

25.75 KB

6 MB

25.5 KB

18.2 MB

Papka

hajmi


8MB

720 MB

10 KB

20 GB

4.5GB

8 GB

7 MB

8.5 GB

5 MB

9GB







Variant




11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Fayl o‘lchami

154.9 KB

67.54 MB

63KB

54 MB

65.2 B

68.6KB

12.4 MB

15MB

32.85 KB

5MB

Papka

hajmi


86 MB

1.2 GB

12MB

840 MB

16KB

16 GB

5.4GB

7 GB

9 MB

9.5 GB


Nazorat savollari

  1. Axborotning qanday o’lchov birliklari mavjud?

  2. Ma’lumotlarni uzatish tezligi nimalarda o‘lchanadi?

  3. Faylni yuklash tezligiga nima ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

  4. Tarmoqning o‘tkazuvchanlik xususiyаti qanday o‘lchov birliklarda ifodalanadi?

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling