Amaliy mashg‘ulot-1: Mavzu. Tanlangan mavzu bо‘yicha kartoteka, annotasiya va adabiy sharxlarni tuzish. Ishdan maqsad
Download 16.82 Kb.
|
TUV amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni о‘tkazish uchun kerakli jihozlar
Amaliy mashg‘ulot-1: Mavzu. Tanlangan mavzu bо‘yicha kartoteka, annotasiya va adabiy sharxlarni tuzish. Ishdan maqsad: Talabani ilmiy adabiyot manbalaridan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatishdan iboratdir. Topshiriq: 1.Kartoteka (qisqa mazmundagi bayon), annotatsiya turlari va adabiy manbalarning yozilish shakllari va maqsadlari bilan tanishish. 2. Manba nomini yozish: a) 5 yoki 6 nusxa nodavriy nashrlar (darsliklar, ma’lumotnomalar amaliyot mashg‘ulotlari kitoblari va boshqalar). b) 5 yoki 6 nusxa davriy nashrlar («Tekstilnaya promishlennost», «Texnologiya tekstilnoy promishlennosti», «Yangi texnika va boshqa oynomalar). 3. О‘qituvchi tomonidan taklif qilingan maqola mazmuni bilan tanishish va unga ma’lumotnoma yoki tadbiqnoma kо‘rinishidagi annotatsiya tuzish. 4. О‘qituvchi tomonidan taklif etilgan oynoma bо‘yicha «Tabiiy tolalarda dastlabki ishlash texnologiyasi» fanining har xil bо‘limlariga kartoteka tuzish. Ishni о‘tkazish uchun kerakli jihozlar: 1. Institut Axborot resurslari markazi kortatekasidan faydalanish uchun kutobxonaga a’zo bо‘lish. 2. Alisher navoiy kutobxonasi kartatika ma’lumotlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma. Ishning qisqacha mazmuni. I.Asosiy ma’lumotlar. Ilmiy tadqiqot ishlarini (ITI)ni о‘tkazishdan oldin tadqiqotchi quyidagilar bilan tanishishi shart. Tadqiq etilayotgan ishlab chiqarishning tarmog‘i bо‘yicha fan va texnika muammolari holati bilan; Berilgan tarmoq sohasidagi ilmiy muassasalarning mavzu rejalari bilan; О‘rganilayotgan masala bо‘yicha chiqqan adabiy manbalar bilan tanishish. Ana shu о‘rganilgan narsalar asosida mavzuning adabiy sharh qismi yaratiladi. Buning uchun monografiyalar, dissertatsiyalar, avtorefiratlar, maqolalar va annatatsion shaklidagi о‘zimizda va chet elda chiqarilgan manbalar kо‘rib chiqiladi. Muntazam adabiyotlar rо‘yxati oynomalarning oxirgi nomerlaridan qarab chiqilib, mavzuga tegishli maqolalarning qaysi nomerda chop etilganligi belgilab qо‘yiladi va oxirgi nomerdan birinchi nomergacha bо‘lgan tartibda qarab chiqiladi. Bunda keyingi 5-10 yillar mobaynida chiqqan oynomalarni kо‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar о‘rganilayotganda xar bir manbalar bо‘yicha qisqacha konspekt tuzilib, unda qilingan ishning mag‘zi kо‘rsatilishi kerak. Shu ish bо‘yicha darxol qisqa annotatsiyali kartoteka tuzib qо‘yish maqsadga muvofiqdir. Manbalarning nomlari kartotekaga quyidagi tartibda yoziladi: a) kitoblar, dissertatsiyalar-avtorlarining ismi, familiyalari, manbalarning nomi, nashriyot (dissertatsiya uchun oliy bilimgoh), nashr qilingan joyi, yili; b) maqolalar-avtorlarning ismi familiyalari, maqola nomi, oynoma nomi, yili, nomeri va betlari kiritiladi. Annotatsiya ma’lumotnoma sifatida bо‘lsa, 3-4 qatordan iborat bо‘lishi mumkin. Asosan, kim tomondan nima qilinganining ifodasi kifoY. Agar annotatsiya-tadbiqnoma sifatida tuzilsa, ma’lumotnoma sifatidagi annotatsiyadan kengroq yoziladi va bir necha qatorni tashkil etishi mumkin. Annotatsiya ma’lumotnoma-tadbiqnoma sifatida tuzilsa, quyidagi masalalar yoritilishi kerak: ish kim tomonidan qayerda va qanday sharoitda о‘tkazilganligi, bu ishda asosiy masalalar yoritilganligi, tadqiq usulining original tomonlari va ishning qisqacha yakuni. Kartoteka tuzish quyidagi imkoniyatlarni beradi: - qо‘yilgan masalalarga oid materiallarni tez topish; - maqola va kitoblarni tez axtarib topish va ular asosida masala maqsadini chuqurroq о‘rganish; - foydalanilayotgan adabiyotlar rо‘yhatini tez va tо‘g‘ri tuzib chiqish. Tadqiqotchi adabiyotni о‘rganayotganda quydagilarga alohida ahamiyat berishi kerak: a) Qanday masalalarning hozirgi paytda noaniqligi va tekshirilishini talab qilinishini; b) Nima narsa aniq va qayta tekshirishni talab qilmaydi; v) Yana nimani qо‘shimcha о‘rganish kerak. Undan tashqari tadqiqotchi adabiyotda aytilgan fikr va muloxazalarning originalligi, amaliy va nazariy tomondan qay darajada aniqligiga tо‘xtalib о‘tishi kerak. Tuzilgan annotatsiya, konspekt asosida tanlangan mavzu bо‘yicha adabiy sharh tuzilib, unda qanday maalalar kim va nima xaqida о‘rganilganligi kо‘rsatiladi va avtor tomonidan qanday hulosa yasalganligi ifodalanadi. Iloji boricha о‘rganilayotgan manbaga tanqidiy tomondan yondoshilib, muallif tomonidan nimalar yoritilmaganligi bayon etiladi. Sharh natijasi bо‘yicha tadqiq etiladigan mavzuning nomiga aniqlik Download 16.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling