Amaliy mashg`ulot 1-Mavzu: Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari
Download 1.24 Mb.
|
Amaliy mashg
Masalaning yechilishi
Masalaning yechilishi bu yechim plani tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. Masalayechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak. Masalan quyidagi masalani 3-sinfda og’zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga xonadon ko’chib keldi. Bo’sh qolgan kvartiralar ko’chib kirilgan kvartiralardan 18 ta kam. Uyda hammasi bo’lib nechta kvartira bor? O’quvchi quyidagicha fikr yuritishi mumkin: avval nechta bo’lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi; endi uyda hammasi bo’lib nechta kvartira borligini bilaman. Buning uchun 49 ga qo’shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasi bo’lib 80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so’ngra tushuntirishni bersa ham bo’ladi. Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim ko’chib kirmagan va hokazolar. Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar. Boshlang’ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor: 1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish; 2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish; 3. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish. Yechilishni ayrim yozishning sanab o’tilgan formalarning har birini quyidagi masalani yechish misolida ko’rib chiqamiz: ”Do’konda har biri 300 so’m turadigan 8 juft tufli uchun 6 juft botinkaga qancha pul to’langan bo’lsa, shuncha pul to’landi. Bir juft botinka qancha turadi? 1) Yechilishini ifoda ko’rinishida yozish a) Ifodani birin-ketin tushintirish yozuvini ham yozish: 300*8(so’m) tuflilar yoki botinkalar jami pul (300*8)/6 (so’m) botinka bahosi (300*8 )/6 (so’m) = 400 so’m. Javob: 400 so’m. b) Ifodani tushintirishlarini yozmasdan ketma-ket yozish: 300*8(so’m); (300*8)/6 = (300*8)/6 = 400 so’m. Javob: botinka bahosi 400 so’m. 2) Yechilishini tenglama ko’rinishida yozish: a) x (so’m) - botinka bahosi 300 x 8 (so’m) – tuflilar jami puli x*6 (so’m)-botinkalar jami puli x*6 = 8x*6 = 2400x = 2400 : 6x = 400 Jami: 400 so’m 111 b) x (so’m) - botinka bahosi 300 x 8 (so’m) x*6 = 300*8x = 2400 : 6 x*6 (so’m) x*6 = 2400, x = 400 J: botinka bahosi 400 so’m. v) x (so’m) - botinka bahosi x*6 = 300*8, x*6 = 2400 x = 2400 : 6, x = 400. J: botinka bahosi 400 so’m. Bu masalani yechish uchun boshqa tenglamalar ham tuzish mumkin. 3) Yechilishini ayrim amallar ko’rinishida yozish: a) Tushuntirishlarni yozish bilan: 1) 300 x 8 = 2400 (so’m) - tuflilar yoki botinkalar jami puli 2) 2400 : 6 = 400 (so’m) botinkalar bahosi. b) Tushuntirish yozuvisiz yozish 1) 300 x 8 = 2400 (so’m) 2) 2400 : 6 = 400 (so’m) Javob: botinka bahosi 400 so’m. Amallarga beriladigan tushuntirishlarni tasdiq formasidagi emas, balki savol formasida ham ifodalash mumkin. Tushuntirishlarni yozishga bolalarni maxsus o’rgatish zarur. Dastlab yozuvni o’qituvchi rahbarligida, so’ngra mustaqil bajarish lozim. Har bir masalani ham tushuntirishlarni yozish bilan bajaraverish kerak emas. Yangi turdagi masalalar bilan tanishtirishda, odatda yechish yozma bajariladi. Bunda, 1-sinfda tushuntirishlar aytiladi 2 va 3-sinflarda esa yoziladi. Mustaqil ishlar bajarilayotganda o’qituvchi qaysi yozuv formasi bilan foydalanishni aytib turadi. Ko’pchilik hollarda dastlabki ikkita yozuv formasi ya’ni ifoda va tenglama tuzish ma’qulko’riladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling