Amaliy mashg`ulot 1-Mavzu: Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari


Masalaning berilgan shartiga savol qo’yish va berilgan savolni o’zgartirish


Download 1.24 Mb.
bet16/18
Sana01.03.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1241241
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Amaliy mashg

1. Masalaning berilgan shartiga savol qo’yish va berilgan savolni o’zgartirish 
Bunday mashqlar berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga yordam beradi, chunki bunda bolalar ma’lum berilgan sonlar bo’yicha nimalarni bilish mumkinligi o’zlashtiradilar. Masalan: ,,Bitta qutida 48 ta qalam, 2-qutida esa 12 ta qalam bor. O’quvchlar quyidagi savollarni qo’yishlari mumkin: Bir qutida ikkinchi qutiga qaraganda nechta ko’p (kam) qalam bor? Ikkala qutida nechta qalam bor? Ikkala qutida baravar qalam bo’lishi uchun biridan ikkinchisiga nechta qalamni olib solish kerak? Va hokazo amal bilan yechiladigan bo’lsin, yoki tezlik haqida, bahor haqida va hokazo so’ralsin yoki masalada ko`rsatilgan amal bilan yechilsin. Ba’zi masalarni yechib bo’fgandan so’ng, bolarga masala sazolini o’zgartirishai taklif qilish foydalidir. 
2. Berilgan savol bo’yicha masala shartini tuzish 
Bunday mashiqlarni bajara yotganda o’quvchilar izlanayotgan sonni topish uchun qanday berilgan sonlarga ega bo’lishi kerakligini aniqlaydilar. Bu ham berilgan son va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga olib keladi. Masalani savoli quyidagicha bo’lgan masala shartini tuzish haqida topshiriq berilsin 2ta bochkada necha chelak suv bor. Bolalar masala shartida har bir bochkada necha chelak suv borligi yoki bochkalarni birida suvli chelak soni va birinchi hamda ikkinchi bochkada suvli chelak sonining ayirmasi yoki munosabati berilishi mumkinligini aniqlaydilar. Tuzilgan masalalarning har birini bolalar mustaqil yechadilar. 
Test topshiriqlari

  1. Berilgan masalaga nechta teskari masala tuzish mumkin?

  1. Masala shartidagi berilganlar soni nechta bo‘lsa shuncha

  2. Ikkita

  3. Uchta

  1. Masalaning savolidan shartiga qarab tahlil qilish usuli …

  1. Sintetik

  2. Analitik-sintetikli

  3. Analitik

  1. Masalaning shartidan savoliga qarab tahlil qilish usuli …

  1. Analitik

  2. Sintetik

  3. Analitik- sintetikli

  1. Qanday masalani yechilishi uchun 2 ta va undan ortiq amallarni bajarishni talab qiladi?

  1. Murakkab masalalar

  2. Sodda masalalar

  3. Murakkab ikki amalli masalaga aylantirish

  1. «Kvadratning perimetri» mavzusi qaysi sinfda o‘rgatiladi?

  1. 2-sinfda

  2. 3-sinfda

  3. 4-sinfda

  1. «Kvadrat» mavzusi qaysi sinfda o‘rgatiladi?

  1. 2-sinfda

  2. 1-sinfda

  3. 3-sinfda

  1. «To‘g‘ri to‘rtburchak» mavzusi qaysi sinfda o‘rgatiladi?

  1. 2-sinfda

  2. 1-sinfda

  3. 3-sinfda

  1. Geometrik shakllardan qaysilari boshlang‘ich sinflarda o‘rgatilmaydi?

  1. Parallelogramm, parallelepiped

  2. Parallelogramm, nur, to‘g‘ri chiziq

  3. Nur, burchak, aylanma jismlar

  1. Qaysi geometrik shakllarning ta‘rifi boshlang‘ich sinflarda kiritilmaydi?

  1. Fazoviy shakllar, aylanma jismlar

  2. To‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak

  3. To‘g‘ri chiziq, nur, burchak

  1. Sodda masalalar…

  1. yechish jarayonida bitta amaldan foydalanib yechiladi

  2. yechish jarayonida 2 yoki undan ortiq amal bilan yechiladi

  3. arifmetik amallar ma`nosini ochishda qo‘llaniladi


9-Mavzu: Yuzlarni formula yordamida hisoblashga doir masalalar. Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakab masalalarni yechishga o‘rgatish. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish. Sonli tenglik va tengsizliklarga oid masalalar yechish. Murakkab masalalar yechish usullari. Masalani bir o‘zgaruvchli tenglama yordamida yechish
Reja:

  1. Yuzlarni formula yordamida hisoblashga doir masalalar.

  2. Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakab masalalarni yechishga o‘rgatish.

  3. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish. Sonli tenglik va tengsizliklarga oid masalalar yechish

  4. Murakkab masalalar yechish usullari. Masalani bir o‘zgaruvchli tenglama yordamida yechish

Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzib yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. Masalalarni tenglamalar tuzish bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum sonlarini topishga doir sodda masalalar yechishga o'rgatish va misollar bilan birgalikda matnli masalalarni tenglamalar yordamida yechib o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlaritirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga zamin yaratib, o'quvchilarni fikrlash dunyoqarashini kengaytirib, ularni zehnini va hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash bosh maqsaddir.Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. O'quvchilar masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishni o'rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olishi kerak bo'ladi. Tenglamalarni tuzish yordamida sodda masalalarni yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum komponentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.


O'quvchilarga mavzu yuzasidan masalalar yechib ko'rsatamiz.
Masalan, "Savatda bir necha anor bor edi. Bog'dan yana 17ta anor uzib kelib savatga solingandan keyin savatdagi anorlar 32 ta bo'ldi, Avval savatda nechta anor bo'lgan?".
Oldin bu masalani qisqacha shartini.tuzib olarniz:
1) oldin savatdagi anorlar sonini x bilan belgilab olamiz;
2) savatdagi anorlar va yana terib kelib qo'shilgan anorlar sonini (X+17) deb olamiz;
3) barchasi 32 ta bo'ladi va tenglama quyidagicha tuziladi: x + 17 = 32.
Bor edi - ? anor
Uzib kelindi - 17 ta anor
Barchasi – 32 ta bo'ldi.
Masalani tenglama usul bilan yechishda o'quvchining taxminiy mulohazalari: "savatdagi anorlar sonini x bilan belgilasak, uzib kelingan anorlar 17 ta, barchasi 32 ta bo'ldi va savatda qancha anor bo'lgan?" demak, masalaning shartiga ko'ra tensrlama tuzib ishlaymiz.
Yechish:
x+17=32
x=32-17
x = 15 demak, savatda 15 ta anor bo'lgan.

O'quvchilar uchun eng qiyin vaziyat noma'lumni to'g'ri o'rinda ishlatib, tenglamani to'g'ri tuzishdir. O'quvchilarda tushunchalar hosil bo'lishi uchun shunga o'xshash masalalardan yana bir nechtasini tushuntirgan holda ishlab ko'rsatamiz,

1. Masala. Voleybol to'garagida 17 ta o'gil bola va bir necha qiz bolalar bor edi. To'garakka yana 8 ta qiz qo'shib olingapidan keyin qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan 4 ta kam bo'ldi. Shaxmat to'garagida qancha qiz bola bo'lgan?
1)o'g'il bolalar 17 ta ;

2)bir nechta qiz bolalarni x bilan belgilaymiz;

3)to'garakka yana 8 ta qiz qo'shiladi;

4) qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan ta kam.

Tenglamani quyidagicha qilib tuzib olamiz:

demak, o'g'il bolalar - 17ta; qiz bolalarni - x + 8 – x




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling