Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Bezoarlar - me'dada turli moddalardan paydo buluvchi et jisim tuguni bo’lib, 
tarkibiga qarab fitobezoarlar-hurmo, boshqa mevalar tuhumi, ip va tolali 


mahsulotlar tuguni, trixobezoarlar-soch tolalari, pilobezoarlaro’ng tolalari, 
sebobezoarlar-yog’li modalar va boshqa bezoarlari tafovutlanadi. Ko'p hollarda 
bezoarlar murakkab tarkibga ega. Me'dada hal bo’lmaydigan ovqat qoldiqlari bir-
biriga yopishib soch, ip, o’simlik tolalari bilan o’rashib jips tugunsimon massa 
hosil qiladi. Rentgenologik tadqiqotda bazoar me'dada yumoloq shakilli to’lishish 
defekti hosil qiladi. Defektining konturlari aniq, ko'p hollarda silliq, palpatsiyada 
erkin siljuvgan. Defekt me'da soyasining O’rtasida etadi. Me'da hajmi deyarli 
o’zgarmaydi, devorlar elastikligi, Peristaltika saqlanadi. Bezoarlar kattalanib borib 
me'da bo’shlig’ini to’ldirishi, uning shaklini takrorlashi mumkin. 
12 barmoq ichak yarasi. Ko’proq esh erkaklarda organning piyoz qismida 
uchraydi. Asosiy rentgenologik belgilar: yara chuqurchasi, uning gardishidagi 
yallig’lanish, shilliq parda burmalarining konvergensiyasi. Yara nisbatan kichik, 
(0,3-0,8) organ piyozining deformatsiyasi o’ziga hos,-yara tomonda devorning 
qisqarishi, 
qarshi 
tomon 
sinusining 
divertikulsimon 
burtishi, 
"piyoz" 
boshchasining uch yaproqsimon (trilistnik) deformatsiyasi kuzatiladi. 
Ko'p hollarda pilorospazm, pilorik kanalga yaqin joylashgan surunkali 
yaralarda pilorostenoz rivojlanadi. Me'dada yo'ldosh gastrit kuzatildi. Funksional 
o’zgarishlar. Ko'pincha pilorospazm, evakuatsiyaning o’zgarishi, me'dada 
segmentlovchi peristaltika kuzatiladi. 12 barmoq ichak piyozida evakuatsiya 
tezlashadi. 
Me'da shilliq pardasining 12 barmoq ichakka tushishi (prolapsi) tez uchrab 
turuvchi, ammo ko'p vrachlarga noma'lum, keyinchi yillarda o’rganilgan 
patologiya. Asosiy belgisi "piyoz boshi"-ning asosi va O’rtasida zamburugsimon, 
qirralari burmalik to’lishish defekti. Bu defektdan pilorik kanal orqali me'daning 
chiqishi qismiga shilliq parda burmalari yo’nalgani kuzatiladi. Me'danin chiqish 
qismining konturi silliqligini yo’qotadi, notekislanadi va shakli qisman o’zgaradi. 
12 barmoq ichak divertikullari-ko’proq pastga tushuvchi qisim, Fater surgichi 
sohasida, kuzatiladi. Divertikul xaltasimon birnecha sm kattaligidagi bo’rtma 
sifatida tasvir beradi. Divertikulning bo’yinichasi ingichka bo’lgan hollarda 
kontrast modda unda ko'p soatlar turib qolishi mumkin. Bemorni vrachga murojaat 
qilishga ko'pincha divertikulit rivojlanishi majbur qiladi. Divertikullar ovqat 
hazimi traktining boshqa qisimlarida ham ko'p uchraydigan patologiya hisoblanadi. 
Yo’g’on ichak raki usish harakteriga binoan ikki hil ekzofit va endofit o’smalar 
tafovutlanadi. Ekzofit rak ichak ichiga qarab o’sadi va ‘z navbatida ikki hil bo’ladi: 
zamburugsimon (fungoz, polipoz) va kosasimon raklar. Endofit rak, ichak devorida 
infiltratsiyalab o’sadi, uni halqasimon qisib kataytirib boradi. Rak sohasidagi 
torayish rak kanalining konturi aniq, ammo notekis. Bu sohada ichak devori 
kotgan, elastiklik va peristaltika yo’qoladi. 



Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling