Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Ichaklar tuberkulyozi ko’proq ileocekal sohada kuzatiladi. Klinik 
belgilari: o’ng biqinca lokal yoki tarqalgan og’riq, ich ketish eki ich qotish, 
ularning almashinib turishi, qorinning dam bo’lipsh, umumiy intoksikatsiya 
(subfebril harorat, ishtahaning pastligi, darmonsizlik, oriqlash, anemiya). 
Patologoanatomik formalari: ichak tuberkulyozi ikki hil bo’lishi mumkin, 
infiltrativ-yarali va produktiv. Tuberkulyoz yaralari ko'p sonli, yuza tarqalgan 
noto’g’ri shakilli. Yaralar chandiqlanishi ichak torayishi va to’silishiga olib keladi. 
Produktiv forma eki boshqacha aytilishi ichak tuberkulyomasi o’smasimon, zich 
granulematoz (donador) tugunlar hosil qiladi. Ichak tuberkulyoziga shubha paydo 
bo’lganda tekshirish ko’krak kafasi rentgenografiyasidan boshlanadi. CHunki 
ichak tuberkulyozi ko'pincha o’pka tuberkulyozining asorati sifatida yuzaga keladi. 
Ichaklardagi o’zgarishlar ko’proq yonbosh va ko’r ichakda kuzatiladi. Shilliq parda 
burmalari notekis yo’g’onlashgan, tasbehsimon, uzukli ichaklar soyasi, ba'zi 
joylarda silliqlashgan ular o’rnida yostikchasimon do’mboqliklar, polipoz o’smalar 
kuzatiladi. granulematoz proliferatsiyalar, relyefning tursimon tasviri kuzatilishi 
mumkin. Ichak notekis torayadi, ba'zan uning to’silishi yuzaga keladi. Jarayonning 
ichaklar tutqichiga tarqalishi peritoneal yopishmalarni yuzaga keltiradi, ichak 
siljuvchanligi yo’qoladi. Baugen klapanlari qalinlashadi yoki yemriladi. Ko’r ichak 
burishadi, qisqaradi, ichak soyasi qirralari notekislanadi. Uning relyefida 
do’mboqchalar paydo bo’ladi, gaustralar yuzalashadi va buziladi. Funksional 
o’zgarishlardan SHtirlin simptomi - kontrast maddaning ichakning toraygan 
sohasidan tez o’tishi kuzatiladi. Og’iz orqali ichirilgan bariy bo’tqasi oradan 5 soat 
o’tgach ingichka ichakning ohiri chambar ichakning proksimal qismini to’ldiradi, 
kur ichak va ko’tariluvchi qisimlari kontrast moddadan holi, ayni vaqtda ingichka 
ichakning boshlanish qisimlari kontrastdan bo’shalmay turadi. 
Ichaklar tuberkulyozining diagnostikasi o’ta murakkab va tashhis anamnez, 
kliniko-laboratoriya, rentgenologik alomatlarni har tomonlama o’rganish 
yordamida belgilanadi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling