Amaliy mashg’ulot №1. VirtualBox, vmware Workstation dasturlari bilan ishlash Asosiy tushunchalar


Download 0.94 Mb.
bet1/9
Sana28.01.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1135934
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliy mashg


Amaliy mashg’ulot №1. VirtualBox, VMware Workstation dasturlari bilan ishlash
Asosiy tushunchalar
Virtual mashinalar bilan ishlashda ko’pchilik asosan ikkita virtualizatsiya platformsiga(dastur deb yuritaman) duch kelishadi: Oracle VirtualBoxVMWare. Bulardan boshqalari ham bor, lekin ular unchalik mashhur emas. Shu ikki dasturni tanlashda juda ko’p bahslar vujudga keladi.
Virtualizatsiya bu bitta fizik mashinadan(kompyuter, server,..) bir necha virtual mashinalar hosil qilishdir. Fizik mashinalarning resurslari, virtual mashinalarga taqsimlanib, bu virtual mashinalar alohida o’zi ishlaydi. O’zining protsessori, hotirasi, vinchesteri, operatsion tizimi bo’ladi.
Virtual mashinalar hosil qilish uchun bizga yuqorida aytib o’tilgan platforma(VirtualBox, Vmware)lardan biri kerak bo’ladi.
Oracle VirtualBox dasturining avzalliklari:

  • Bu dastur bepul taqdim etiladi, Vmware 200$ atrofida;

  • bu dastur orqali hosil qilingan virtual mashinalarga Windows, Linux, MacOS, Solaris kabi operatsion tizimlar qo’yish mumkin;

  • bir necha formatlar bilan ishlay oladi: vdmk, vhd, vdi;

  • dasturning hajmi juda kichik;

  • qo’llanmasiz bemalol ishlatishingiz mumkin, juda sodda dastur, VMWare biroz qiyinroq;

  • hajmi kamroq, taxminan 100MB, VMWare esa 300MB;

  • ishlashi tezroq.

VMWare avfzalliklari:

  • Texnik qo’llab quvvatlash yaxshi yo’lga qo’yilgan;

  • virtual mashinalar uchun ajratilgan RAM kerak bo’lganda, ya’ni virtual mashinaga yuklama tushganda asosiy operatsion tizimdan olishni boshlayi, birdaniga ajratilgan hamma joyni olmaydi;

  • BIOS’ga bemalol kirish mumkin;

  • qo’shimcha funksiyalari ko’p.

Umuman olganda VMWare asossan serverlarga qo’yiladi, VirtualBox esa uy kompyuterlariga va yuklama kamroq tushadigan vazaifalar bo’lsa, shunda qo’yiladi. Agar seminarlarga borsangiz, gap virtualizatsiya haqida ketsa, faqat VMWare gapiriladi, shu asosida misollar beriladi :). Agar kompyuteringiz resurslari kamroq bo’lsa(misol uchun RAM-4Gb), VirtualBox qo’yganingiz ma’qulroq, chunki VMWare ko’p resurs talab qiladi.
Virtual mashinalarni bir biriga export, import qilish mumkin, bu degani VirtualBox’da hosil qilingan virtual mashinalarni bemalol VMWare’da ko’tarish mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling