Aмаliy mashg’ulot №10-11
Download 56.41 Kb.
|
10-11 amaliy mashq
AМАLIY MASHG’ULOT № 10-11. MAVZU: Lentali konveyerlarni hisoblash, konveyerga ta’sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash. Talab qilinadigan lenta yeni berilgan unumdorlik( , t/soat) ni ta`minlash sharti bo`yicha aniqlanadi, ya`ni: , m bu yerda – lentaning unumdorlik koeffitsienti; – lentaning harakat tezligi, m/s; - tashiladigan yukning zichligi, t/m3. Turli o`lchamdagi va roliklardagi joylashish shakliga bog`liq ravishda konveyer lentalari uchun koeffitsienti-ning qiymatlari 2-jadvaldan qabul qilinadi. koeffitsientining ko`rsatilgan qiymatlari 120 gacha qiyalikda o`rnatilgan konveyerlar uchun to`g`ri keladi. Katta qiyalik burchagida o`rnatilgan konveyerlarda yuk yupqa qatlam bilan tashiladi. Shuning uchun ning mos keluvchi qiymatidan kichikroq bo`lgan qiymati qabul qilinadi. Buni belgilangan K koeffitsientini ko`paytirish orqali aniqlash mumkin. Konveyerning qiyalik burchagi, gradus 12 14 16 18 20 K koeffitsienti 0,98 0,96 0,94 0,92 0,9 Yirik donali (500-700 mm) yuklarni tashishda K koeffitsientining qiymati yana 15-20% ga kamaytiriladi. Turli tog` jinslarini tashishda tashilayotgan yukning to`kma zichligi va lentadagi yotish burchagi hamda konveyerlarning ruxsat yetilgan maksimal o`rnatilish qiyaliklari 4-jadvalda keltirilgan. Berilgan unumdorlikni ta`minlash uchun zarur bo`ladigan lenta yenini yukning yirikligi (donadorligi) bo`yicha tekshirish lozim. Bunda quyidagi munosabat saqlanishi kerak: - tarkibida 15 % dan ko`p bo`lmagan yirik bo`lakli yuklar uchun: - tarkibida jami og`irligining 80 % gacha qismini tashkil yetuvchi yirik donalar bo`lsa, saralash maqsadlarida: bu yerda - yeng katta bo`laklarining ko`ndalang o`lchami, mm. Formulalar bilan hisoblangan qiymatlar katta tarafga yaxlitlanadi, GOST 20-62 da ko`rsatilgan o`lchamlarning yeng yaqin katta soni qabul qilinadi, undan keyin lentaning hisoblangan yeni taxminiy qabul qilingan konveyer lentasi yeniga mosligi tekshiriladi. Ular mos kelmasa boshqa turdagi konveyer qabul qilinadi va qaytadan hisoblanadi. Ochiq kon sharoitlari uchun 1000, 1200, 1600, 2000 va 2400 mm yenlikdagi konveyer lentalarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Amaliy ma`lumotlarga asoslanib lentali konveyerlar unumdorligi va lentasining harakat tezligi orasida ratsional munosabat o`rnatilgan. Bu ma`lumotlar GOST 20-62 da keltirlgan (3-jadval). 3-jadval. Lentali konveyerlar texnik tavsiflari
4-jadval. Sp koeffitsientining me`yoriy qiymatlari
Eslatma: 1’, 2’ lar yon roliklarning qiyalik burchagi 5-jadval.To`kma yuklar tavsiflari
6-jadval. Lentaning tavsiya yetilgan harakat tezliklari
Konveyerga ta`sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash Umumiy harakat tenglamasiga ko`ra konveyer yuritmasi quvvati harakatga qarshilik kuchlarini engishga sarf bo`ladi. Konveyerning to`g`ri chiziqli uchastkasidagi qarshiligi roliklar sapfasidagi, lentaning roliklar bo`ylab harakatidagi ishqalanishlardan; qiyalikda ishlovchi konveyerlarda bo`ylama tashkil yetuvchi og`irlik kuchlaridan hosil bo`ladi. Qiya burchak ostida o`rnatilgan konveyer yukli yo`nalishi uchun harakatga qarshilik kuchlari quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: ,kg∙kuch Konveyer yuksiz yo`nalishidagi harakatga qarshilik kuchlari yesa quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: , kg∙kuch Gorizontal o`rnatilgan konveyer uchun mos ravishda , kg∙kuch , kg∙kuch bu yerda L – konveyer uzunligi, m; - konveyerning qiyalik burchagi, grad; H – konveyer boshlang`ich va oxirgi nuqtalari sathlari farqi , m; - 1 m konveyer uzunligidagi og`irligi, kg∙kuch/m; - 1 m uzunlikdagi lentaning og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer 1 m uzunligiga to`g`ri keluvchi, yukli tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer 1 m uzunligiga to`g`ri keluvchi, yuksiz tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer lentasining harakatga qarshilik koeffitsienti. 7-jadvalda 1 m2 lentaning og`irligi keltirilgan. Jadvaldagi ma`lumotdan 1 m uzunlikdagi lentaning og`irligini formula bo`yicha hisoblash mumkin: , kg∙kuch/m; bu yerda B- lenta yeni, m. 7-jadval
Agar konveyer tavsifida lenta qatlamlari soni berilmagan bo`lsa, uni 6-jadval bo`yicha lenta yeniga bog`liq holda taxminiy qabul qilish mumkin [4]. Konveyer 1 m uzunligiga to`g`ri keluvchi, yukli va yuksiz tarmoqlardagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og`irliklari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi: , kg∙kuch/m , kg∙kuch/m bu yerda, Gr’ va Gr” – yukli va yuksiz yo`nalishlardagi rolik tayanchlar aylanuvchi qismlarining og`irligi, kg∙kuch; l’ va l” – yukli va yuksiz tarmoqlardagi rolik tayanchlar oralig`idagi masofa, odatda l’= 0,8-1,2 m (og`ir va yirik bo`lakli yuk tashilayotgan bo`lsa kichik son olinadi), l”= 2 - 4 m Roliklar og`irligi va ularning harakatlanuvchi qismlarining harakatga qarshilik kuchlari lenta yeniga, roliklar diametri va tuzilishiga bog`liq. 8-jadvalda konveyerlarning yukli (uch rolikli) va yuksiz (bir rolikli) tarmoqlaridagi rolik tayanchlarining aylanuvchi qismlari og`irliklarining qiymatlari keltirilgan. 7-jadval
8-jadval Rolik tayanchlar aylanuvchi qismlarining og`irligi
Konveyer lentasi harakatga qarshilik koeffitsienti o`lchami ko`pgina omillarga bog`liqdir: rolik sifati, konveyer montaji, lenta qalinligi, yukning yirikligi va h.k. Me`yorlarda ’ning qiymatlari konveyer holatiga bog`liq holda quyidagicha belgilangan :
Egri chiziqli uchastkalardagi qarshilik lentaning yeguvchi roliklar va oxirgi barabanlarga o`ralishida paydo bo`ladi. U rolik yoki barabanlar sapfalarida ishqalanishni hamda lentaning yezilishini keltirib chiqaradi. Blok, baraban va roliklar batareyalaridagi qarshilikning amaliy qiymati lentaning 900 ga o`ralishida yegri uchastkaga kirish nuqtasidagi tarangligining 3-5 % ini, 180° ga o`ralganda yesa 5-7 % ni tashkil yetadi. Yurituvchi barabanning qarshiligi yesa yurituvchi barabanga kiruvchi va undan chiquvchi nuqtalar tarangliklari yig`indisining 3-5 % ini tashkil yetadi, ya`ni Wyu.b.=(0,03 0,05) (Skir+Schiq), kg∙kuch Download 56.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling