Amaliy Mashgʻulot 10-mavzu: Mahsulot(ish va xizmatlar)ni tannarxini kalkulyatsiyalari


Download 54.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi54.02 Kb.
#1818646
  1   2   3
Bog'liq
10.Biznesda buxgalteriya hisobi amaliy mashg\'ulot



62 
Amaliy Mashgʻulot 
10-mavzu: 
Mahsulot(ish 
va 
xizmatlar)ni 
tannarxini 
kalkulyatsiyalari 
 
1-topshiriq. 
1. Issiqxona 0,8 gektar yerda joylashgan boʻlib, bodring 
koʻchatlar ekiladi. Issiqxonaga 20 500 dona koʻchat ketadi. 10.01.2017 yilda 
20 500 dona koʻchat har biri 125 soʻmdan sotib olinib, ekildi. 
2. Bodringni turli xil kasalliklar va zararkunandalarga asrash uchun turli 
xil kimyoviy preparatlar ishlatildi. Ishlatilgan preparatlarning umumiy qiymati 
2 650 000 soʻmni tashkil etadi. 
3. 125 kg azotli oʻgʻit va 275 kg fosforli oʻgʻit sarflandi. Bir kg azotli 
oʻgʻitning qiymati 850 soʻm, bir kg fosforli oʻgʻitning qiymati esa 725 soʻmni 
tashkil etgan. 
4. Qator oralariga ishlaydigan texnikaga yoqilgʻi sarfi 650 000 soʻmni 
tashkil etgan hamda mazkur texnikaga hisoblangan amortizatsiya qiymati 
235 000 soʻmni tashkil etgan. 
5. Issiqxonaga jami boʻlib 5 ta ishchi ishlaydi. Bir ishchiga 
hisoblanadigan ish haqi 425 000 soʻmdan hisoblanadi. (Ishchilarga may 
oyiga
cha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona ijtimoiy toʻlov, 
daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga toʻlov 6,5% 
hisoblandi. 
6. Issiqxonaga hisoblangan amortizatsiya qiymati 341 500 soʻmni 
tashkil qildi. 
7. Xoʻjalikda umumiy ishlatilgan gaz, suv va elektr uchun umumiy 
ustama xarajatlarni taqsimlash yoʻli bilan taqsimlab oʻtkazganda issiqxona 
uchun 463 125 soʻm toʻgʻri keldi va bu issiqxona xarajatlar tarkibiga kiritildi. 
Topshiriq: 1. Yuqoridagi xoʻjalik muomalalariga buxgalteriya 
provodkasini tuzing. 
2. Hisob-kitoblarni mustaqil bajaring. 
3. Qisqacha izoh bering. 
2-topshiriq. Kartoshka yetishtirish xarajatlari: 
1. Xoʻjalikning 6,4 gektar yer maydoniga kartoshka ekiladi. Kartoshka 
ekish ajratilgan yer maydonini ekishga tayyorlash xarajatlari 2 654 000 
soʻmni tashkil etdi.
2. Ajratilgan yer maydonining gektariga 2,5 tonnadan urugʻlik 
sarflanadi. Bir kg urugʻlik 650 soʻmdan sotib olindi va moʻljallangan yer 
maydoniga ekildi. 


63 
3. Kartoshkaga 1,52 tonna azotli oʻgʻit, 1,72 tonna fosforli oʻgʻit 
sarflandi. Bir kg azotli oʻgʻitning bahosi 850 soʻm, bir kg fosforli oʻgʻitning 
bahosi 725 soʻm.
4. Kartoshkaga ishlayotgan ishchilarning umumiy soni 3 ta hisoblanadi. 
Bir ishchiga hisoblanadigan ish haqi 425 000 soʻmdan hisoblanadi. 
(Ishchilarga may oyigacha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona 
ijtimoiy toʻlov, daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga 
toʻlov 6,5% hisoblandi. 
5. Kartoshka egat oralariga ishlaydigan ishchi hayvonlarga 124 500 
soʻm amortizatsiya hisoblandi. 
6. Suvdan foydalanganligi uchun SIUdan 1 258 000 soʻm schyot-
faktura qabul qilindi. 
Topshiriq: 1. Yuqoridagi xoʻjalik muomalalariga buxgalteriya 
provodkasini tuzing. 
2. Hisob-kitoblarni mustaqil bajaring. 
3. Qisqacha izoh bering. 

Download 54.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling