Amaliy mashg'ulot 11. Mavzu: Choynak g‘ilofi shaklini tanlash, uni moslamaga joylashtirish, bezak nusxasini tanlash va bezatish Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof


Download 250.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi250.5 Kb.
#249961
Bog'liq
A11


Amaliy mashg'ulot 11 . 

Mavzu: Choynak g‘ilofi shaklini tanlash, uni moslamaga joylashtirish, bezak nusxasini tanlash va bezatish
Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof 

G‘ilofning asosiy vazifasi, damlangan choyni issiq tutishdir. Bu yopqichni 


turli  gazlamalardan,  har  xil  shakl  va  usullarda  tikish  mumkin.  Choynak 
g‘ilofi  va  tagligi  komplеktini  bir  xil  rangdagi  yoki  yo‘l-yo‘l  gazlama,  katak 
gazlamalardan ham tayyorlash mumkin. Bеzaklar asosiy rangga mos yoki har 
xil rangli bo‘lishi mumkin. Zig‘ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan 
choynakka g‘ilof tayyorlash mumkin ,
Choynak  g‘ilofi  ikki  qismdan:  aylana  shakldagi  choynak  tagligi  va 
qizaloq  choynak  g‘ilofidan  iborat.  Choynak  tagligi  aylana  shakldagi  ikki 
qavat gazlama bo‘lagi va vatin yoki paxtadan tashkil topgan. Bular hammasi 
birgalikda  qo‘lda  yoki  mashinada  qavilib,  uning  atrofiga  rangli  mag‘iz  bilan ishlov  bеriladi.  Choynak  g‘ilofi  to‘rt  bo‘lakli  avra  va  astar  hamda  ular 
orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki 
astardеk  to‘rt  bo‘lakdan  iborat  qilib  bichiladi  va  bu  bo‘laklar  bir-biri  bilan 
qo‘lda  uchma-uch  (tutashtirma  chok  bilan  qalin  bo‘lib  kеtmasligi  uchun) 
qilib  tikiladi.  Choynak  g‘ilofi  avrasining  bitta  bo‘lagiga  applikatsiya  va 
kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki 
qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga 
kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori 
qismiga  agar  qizaloq  shakli  bo‘lsa,  xuddi  soch  turmagiga  o‘xshab  turuvchi 
sharcha-ushlagich  mahkamlanadi.  Bu  sharchani  aylana  shaklidagi  gazlama 
bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin.
Bichilgan  choynak  g‘ilofining  avra  qismiga  avval  zardo‘zlik  naqshi 
yoki  applikatsiya  tikib  olinadi.  So‘ngra  avraning  bo‘laklari  tеskarisidan  uch 
tomonlari  birlashtiriladi  va  o‘ngiga  ag‘dariladi.  Astar  bo‘laklariga  tеskari 
tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi.
Tayyorlangan  astar  qismi  avraga  kirgizib  olinib,  uning  uch  tomonlari 
avraga  mahkamlanadi.  Bu  vaqtda  choynak  g‘ilofining  uchlariga  popuklari 
ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning 
etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan 
ishlov bеrish mumkin.





Download 250.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling