Amaliy mashgʻulot №11 Mavzu: Maxsulot sifatini boshqarish sxemasini ishlab chiqish


Download 318.57 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi318.57 Kb.
#1056732
  1   2
Bog'liq
11-AMALIY MASHGʻULOT

AMALIY MASHGʻULOT №11

Mavzu: Maxsulot sifatini boshqarish sxemasini ishlab chiqish.


Ishdan maqsad: Maxsulot sifatini boshqarish sxemasini ishlab chiqishni o‘rganish.
Nazariy maьlumotlar
Maxsulot sifati yig‘ish texnologik jarayonini tayyorlash texnologik jarayonni ishlab chiqish, maxsus jihozlarni ishlab chiqish va maxsus uskuna, jihozlari loyihalash, ishlab chiqarish va boshqa ishlarni o‘z ichiga oladi. Tayyorlash jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri yig‘ish texnologik jarayonini loyihalashdir.
Yig‘ish texnologik jarayoniga operasiya va o‘tishlar sifatida turlicha ishlar kiritilishi mumkin: tutashuvchi detallarni yig‘ish; tutashuvchi detallarning o‘zaro joylashishini ta’minlash; sozlash; moslash; berkitish va hakozolar. Shuningdek, mexanizm qismlarining o‘zaro joylashishida bo‘ladigan aniqlikni boshqarish, yig‘ish jarayonida uni tekshirish, jarayon davomida bajariladigan tozalash, yuvish, bo‘yash, mahsulotni bezash ishlari ham yig‘ish operasiyalariga kiradi.
Yig‘ish texnologik jarayonining tarkibi va mazmuni mahsulot tuzilishiga, detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni mukammalligiga, yig‘ish jarayonning tashkiliy-texnik sharoitiga va mahsulotni ishlab chiqarish xajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Yig‘ish jaraynning muhim ko‘rsatkichlaridan biri, uning differensiallashish darajasidir.
Markazlashgan texnologik jarayonlar eksperimental, donalab va kam seriyalab ishlab chiqarish keng qo‘llaniladi. Bu usulning kamchiligi sifatida operasiyalarning ketma-ket bajarilishi natijasida kalendar vaqt davrining uzoq bo‘lishi, yig‘ish aniqligini ta’minlashda unumdor maxsus yig‘ish vositalaridan foydalanish mumkin emasligini, yig‘ish jarayonini mexanizasiyalash va avtoomatizasiyalash yuqori samara bermasligini ko‘rsatish mumkin.
Diffensiallashgan texnologik jarayonda yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘ildi. Talab me’yorida differnsiallash ish unumdorligini oshirib, mehnat sarfini 15-20 % kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Differensiallanish darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda, maxsulot tuzilishiga, o‘lchamiga va detallarining soniga ham bog‘liq bo‘ladi.
Me’yoridan ortiq differensiyallashtirish ham ishlab chiqarish jarayonining o‘rnatish, olishlarning ko‘payib ketishi natijasida samaradorligini kamaytirib, mehnat sarfining oshishiga olib keladi.
Yig‘ish jarayonini loyihalash uchun zarur bo‘lgan dastlabki material va ma’umotlar tahlili uchun quyidagilar bo‘lishi kerak: ishlab chiqarish hajmi va sharoiti; mahsulot chizamsi; detallar ro‘yhati, chizmalar; yig‘ish uchun texnik talablar; kooperasiya hajmi; jihoz va moslamalar ro‘yhati; yig‘iluvchi mahsulot nusxasi; yig‘ish jarayoni amalga oshiriladigan korxona to‘g‘risida ma’lumot.
Mahsulotning yig‘ish uchun qulayligini ta’minlash talablari standartlashtirlgan bo‘lib GOST (4,20373) u quyidagilardan iboratdir: mashinani qayta qismlarga ajratilmaydigan (yig‘ish jarayonida) uzellardan yig‘ish; moslash operasiyalarning minimal bo‘lishi; yig‘ish mehnat sarfining kam bo‘lishi; uzellarni va umumiy yig‘ish qismini kamaytirish; yig‘ish tannarxini kamaytirish; yig‘ilgan uzel va mahsulotning transportabelligini (tashiluvchanligini) ta’minlash: yig‘ish jarayonida mexanizasiyalashgan qurilmalardan foydalanish.
Yig‘ish operasiyalar ketma-ketligini, mazmunini aniqlash, yig‘ish sxyemasini tuzish.
Mashinaning tuzilishini mukammal o‘rganganimizdan keyin uni qismlarga bo‘lish nazarda tutiladi. Bu ishni amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga asoslanish kerak:
-yig‘ma birligi yig‘ish jarayonida va transportirovkada qismlarga bo‘linmasligi kerak;
-yig‘ma biligi uni yig‘ish imkoniyatini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak;
-yig‘ish ishlaridan oldin maxsus tayyorgarlik ishlari bajarilib, unda detal yuzalarini mexanik ishlov berish yo‘li bilan moslashtirish kerak;
-yig‘ma bo‘lagi juda ko‘p detallardan tashkil topmasligi kerak, shuning bilan birga ularning soni juda ko‘p ham bo‘lmasligi kerak.
Yig‘ma birliklarining yig‘ish mehnat sig‘imi taxminan bir xil bo‘lishi kerak.
Yig‘ish ketma-ketligi asosan mahsulot konstruksiyasiga va yig‘ish aniqligini olish uchun qo‘llaniladigan usulga bog‘liq bo‘ladi. Yig‘ish ketma-ketligi odatda sxyema shaklida ko‘rsatib uzellar va boshqa tashkil qiluvchilarning yig‘ishdagi ulanish ketma ketligini aks ettiradi. Yig‘ish sxyemasi, yig‘ish texnolgik jarayonini o‘rganish uning yutuq kamchiliklarini analiz qilishga imkoniyat yaratadi. Bu sxyemada mahsulotning har bir elementini to‘g‘ri to‘rtburchak bilan belgilanib ichida uning nomi belgisi va soni ko‘rsatib qo‘yiladi.
Birinchi navbatda moslamaga qo‘yilib mahsulotning boshqa qism va detallarini ulash uchun xizmat qiluvchi uzel yoki detal bazaviy deb ataladi.
Yig‘ish jarayoni gorizontal chiziq bilan beligilanib bazaviy elyementdan boshlanib tayyor mahsulot bilan tugaydi.
Gorizontal chiziqdan yuqoridagi to‘rtburchaklarga yig‘ilish ketma-ketligi bo‘yicha detallar joylashtirilsa, pastida esa yig‘ma birliklari keltiriladi.
Birinchi va undan yuqori murakkablikka ega bo‘lgan har bir yig‘ma birligi uchun shunday sxyemalarni tuzish mumkin.

14.1.-Rasm. Mahsulotni (a) va yig‘im birliklarini yig‘ish texnologiyasi sxyemasi (b-2)
Texnologik sxyema yig‘ish texnologik jarayonini tuzishda asos bo‘lib hisoblanadi.
Dona vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi.

bu yerda Top-opyerativ vaqt Top=To+Tv
To-asosiy vaqt bo‘lib, mahsulotning son yoki sifatning o‘zgarishga bevosita bog‘liq.
K- opyerativ vaqtni to‘g‘irlash koeffisiyenti, ishchi tomondan bajariladigan priyemlar soniga bog‘liq.
Tv-qo‘shimcha vaqt-asosiy vaqt bilan qoplanmaydigan vaqitdir.
Top-texlogik operasiyani bajarish uchun zarur vaqt.
Donabay kalьkulasion vaqt:
Tshk=Tsh+Tp 3/N
bu yerdaTn3- tayyorlash-yakunlash vaqti; N-ishlov beriluvchi detallar soni.


Download 318.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling