Amaliy mashg’ulot-12: Statik massivlar


Download 275.72 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi275.72 Kb.
#1205289
Bog'liq
12-amaliy mash


Amaliy mashg’ulot-12:Statik massivlar
Reja:

Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.
Massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlar-ning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi.
Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nomni to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi.
Murojaat sintaksisi: []
Massiv elementiga murojaat qilish
Massivning elementlariga murojaat indekslari orqali bo‘ladi. Indeks sifatida butun turdagi o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Haqiqiy turdagi (float, double) qiymatlar to‘plami cheksiz bo‘lganligi sababli ular indeks sifatida ishlatilmaydi. C++tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv eʼlonidagi uzunlikdan bittaga kam bo‘ladi.
Massiv eʼloni quyidagicha bo‘ladi:
[]={boshlang‘ich qiymatlar}.
Ko‘p o‘lchamli massivlar
C++tilida massivlar elementining turiga cheklovlar qo‘yilmaydi, lekin bu turlar chekli o‘lchamdagi obyektlarning turi bo‘lishi kerak. Chunki kompilyator massivning xotiradan qancha joy (bayt) egallashini hisoblay olishi kerak. Xususan, massiv komponentasi massiv bo‘lishi mumkin (“vektorlar-vektori”), natijada matritsa deb nomlanuvchi ikki o‘lchamli massiv hosil bo‘ladi.
Agar matritsaning elementi ham vektor bo‘lsa, uch o‘lchamli mas¬sivlar - kub hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan echilayotgan masalaga bog‘liq ravishda ixtiyoriy o‘lchamdagi massivlarni yaratish mumkin.
Ikki o‘lchamli massivning sintaksisi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
[] []

Test.


1. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int a[]={10,11,12,13,14};
int s=0;
for (int i=0;i<4;i++)
s=s+a[i];
cout << s;
a) 46
b) 55
c) 21
d) 60
2. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int a[]={10,11,12,13,14};
int s=0;
for (int i=0;i<4;i++)
if (a[i]%2) s=s+a[i];
cout << s;
a) 22
b) 46
c) 60
d) 24
3. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int a[]={-20,30,-40,43,64};
int s=6;
for (int i=0;i<5;i++)
if (a[i]<0) s=s+a[i];
a) -54
b) 60
c) -60
d) -24
4. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int a[]={-20,30,-40,43,64};
int s=0;
for (int i=0;i<5;i++)
if (a[i]<0) s=s+a[0];
cout << s;
a) -20
b) -40
c) -60
d) 40
5. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int a[]={-20,30,-40,43,64};
int s=0;
for (int i=0;i<3;i++)
if (a[i]>0) s=s+a[i];
s=s+a[2];
cout << s;
a) -10
b) 30
c) -70
d) 40
6. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
double a[]={2.5, 3.9, 4.8, 6.2};
int s=0;
for (int i=0;i<4;i++)
s=s+a[i];
cout << s;
a) 15
b) 17.4
c) 16.4
d) 15.4
7. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
double a[]={2.5, 3.9, 4.8, 6.2};
int m = 0;
for (int i = 1; i < 4; i++)
if (a [m] < a [i])
m = i;
cout << a [m];
a) 6.2
b) 4.8
c) 3.9
d) 2.5
8. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
double a[]={2.5, 3.9, 4.8, 6.2};
double s=0;
for ( int i=0;i<4;i++)
s=s+a[i];
cout << s;
a) 17.4
b) 15
c) 16.4
d) 15.4
9. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
double a[]={2.5, 3.9, 4.8, 6.2};
int m = 0;
for ( int i = 1; i < 4; i++)
if (a [m] > a [i])
m = i;
cout << a [m];
a) 2.5
b) 4.8
c) 3.8
d) 6.2
10. Quyidagi dastur qismi ishlashi natijasida ekranga nima chiqadi?
int list[] ={6, 8, 2, 14, 13};
for (int i = 0; i < 4; i++)
list[i] = list[i] - list[i + 1];
for (int i = 0; i < 5; i++)
cout << list[i];
a) -26-12113
b) 6821413
c) 2612311
d) 3141286

Amaliy topshiriqlar

1.Elementlari butun sonlardan iborat bo’lgan,n elementdan tashkil topgan massiv elementlarini kirituvchi va ekranga chiqaruvchi programma tuzilsin.n<=10

2.n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan.Shu massiv elementlari yig’indisini chiqaruvchi programma tuzilsin.n<=10

3.N natural soni berilgan.Dastlabki nta toq sondan tashkil topgan massivni hosil qiling va elementlarini chiqaring.Massiv hosil qilishda elementlar soni 10tadan oshmasin,

4. Berilgan s vektorning qiymatlari ikkining darajalariga (1,2,4,8,16,...) teng bo‘lgan elementlarning indekslari va ularning yig‘indisi chop qilinsin.

5.Natural n soni va n a ,a ,...,a 1 2 butun sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Ketma-ketlikda bir marta qatnashgan elementlar chop qilinsin.


Download 275.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling