Amaliy mashg’ulot-13. Hymenostomata turkumi. Vakil: Parameciya (tufelka) infuzoriyasining tuzilishi va ko’payishi
Download 274.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy mashg’ulot-13.
Amaliy mashg’ulot-13. Hymenostomata turkumi. Vakil: Parameciya (tufelka) infuzoriyasining tuzilishi va ko’payishi. Kerakli jihozlar: infuzoriya parameciyaning pichan ivitmasidagi kulturasi, uning tuzilishini aks ettiruvchi jadval, mikroskoplar, soat oynalari, buyum va qoplagʻich oynalari, tomizgichlar, qizil kongo boʻyogʻi, ensiz qilib qirqilgan filtr qogʻozlari, paxta, yashil metil va sirka kislotasining suv bilan eritmasi (1:1), preparoval ninalar. Infuzoriya parameciya (tufelka) chuchuk suvlarda juda keng tarqalgan. Tanasining uzunligi 0,25-0,35 mm boʻlib, shakli duksimon, koʻndalang kesmasi esa doirasimondir. Usti yupqa kobik-pellikula bilan oʻralgan. Pellikulaning ustki qismi juda koʻp bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Biroq tananing keyingi tomonidagi tukchalar biroz uzunroq boʻladi. Bu kiprikchalarning hammasi harakat organoidi boʻlib, parameciya bir soniyada o’z tanasi uzunligiga 8-9-marta barobar yo’lni bosib oʻtadi. Kiprikchalarning har bittasining asosida bazal tanacha joylashgan. Pellikulaning ostida tashqi koʻrinishidan tayoqcha shaklidagi duksimon trixocistalar boʻlib, ular mexanik, kimyoviy va boshqa har xil taʼsirlar natijasida pellikulaning mayda teshikchalari orqali ipchaga oʻxshab otilib chiqadi. Trixocistalar himoya qilish vazifasini bajaradi. Boshqa sodda hayvonlar singari tufelkaning protoplazmasi ham quyuq va tiniq tashqi qavat-ektoplazmadan va suyuq donador ichki qavat endoplazmadan iborat. Endoplazma markazida ikkita yadrosi joylashgan boʻlib, ulardan biri loviya shaklidagi katta yadro makronukleus, ikkinchisi esa kichik yadro-mikronukleusdir. Bular ikkalasi bir-biriga juda yaqin joylashgan. Makronukleus infuzoriya tanasida boʻladigan butun hayotiy jarayonlarni, jumladan oqsil moddalari sintezlanishini boshqarish vazifasini bajaradi. Mikronukleus esa asosan irsiy xromosomalarni saqlab, irsiyat va jinsiy vazifani bajaradi. Infuzoriya parameciya suvdagi bakteriyalar, baʼzan chirindi yoki suv oʻtlarining parchalari bilan oziqlanadi. Uning ovqat hazm qilish organoidlarining tuzilishi quyidagicha: qorin tomonining oldingi yarmida ogʻiz oldi chuqurchasi yoki peristom joylashgan, uning tubida esa ogʻiz-sistostom boʻlib, undan chiqqan kanal halqum-sitofarinksni tashkil qiladi. U esa endoplazmaga ochiladi. Endoplazmaga oʻtgan oziqa moddalari kichik pufakcha-ovqat hazm qilish vakuolasini hosil qiladi. Bu vakuola asta-sekin halqumdan ajralib, endoplazmada harakat qila boshlaydi, so’ngra uning o’rnida yangi vakuola paydo boʻladi. Shunday qilib endoplazmada bir nechta vakuola hosil boʻladi va ular sitoplazma oqimida bir yo’nalishda haraktlanadilar. Protoplazmadan vakuolaga fermentlarning oʻtishi natijasida ovqat hazm boʻladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari esa pellikuladagi teshikcha (poroshica) orqali tashqariga chiqariladi. Tufelkada ikkita qisqaruvchi vakuola boʻlib, ularning biri tananing oldingi, ikkinchisi esa orqa uchida joylashgan. Har bir qisqaruvchi vakuola markaziy pufakcha va 5 ta yigʻuvchi naychalardan tashkil topgan. Tanada yig`iladigan ortiqcha suv, metabolizm mahsulotlari dastlab mazkur naychalarda toʻplanadi, keyin pufakchaga oʻtib undan tashqariga chiqariladi. Lekin bu vakuolalar odatda navbatlashib ishlaydi, bittasi qisqargan paytda ikkinchisida suv yig’iladi. Suv harorati 160 C boʻlganida har daqiqada 3-marta qisqaradi. Download 274.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling