Amaliy mashg’ulot-18. Temir-beton tirgak devorlarni loyihalash va hisoblash


-rasm. Yuklarni tirgak devorga ta’sir etish sxemasi


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1136458
1   2   3
Bog'liq
Temirbeton tirgak devorlar

6.10-rasm. Yuklarni tirgak devorga ta’sir etish sxemasi

Qoya gruntli zaminlarga o’rnatilgan tirgak devorlar (6.6) formula bilan tekislik bo’yicha siljishga hisoblanadi va bunda deb qabul qilinadi. Ularning oldi tomondagi qirrasiga nisbatan ag’darilishi quyidagi ifoda bilan tekshiriladi:



bu erda
va – 0 nuqtaga nisbatan barcha ag’daruvchi va tutib turuvchi kuchlardan olingan momentlar (6.10-rasm).

Tirgak devorning ostki yuzasi orqali zaminga uzatilayotgan bosimlarni aniqlash uchun barcha vertikal kuchlarning yig’indisi ( ) va barcha kuchlardan poydevor plitasi og’irlik markaziga nisbatan olingan momentlar yig’indisi ( ) hisoblab topiladi. Bunda yuk bo’yicha ishonchlilik koeffisienti deb qabul qilinadi.


Poydevor plitasining ostidagi grunt nomarkaziy siqilishga ishlaydi deb, unga ta’sir etadigan bosimning maksimal va minimal qiymatlari quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:

Bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
;
bu erda
R – gruntning hisobiy qarshiligi
Agar bo’lsa, poydevor plitasi ostidagi grunt faqat siqilishga ishlaydi va u zamindan uzilmaydi.
Tirgak devorlarning elementlari quyidagi tartibda hisoblanadi. Hisoblashlarda burchaksimon devorlar shartli ravishda vertikal va gorizontal plitalarga ajratiladi. Ularning ko’ndalang kesimlari har bir elementning mustahkamligi va darzbardoshligi bo’yicha hisoblab belgilanadi. Bunda engillashtirilgan tirgak devorlar uchun hisoblashlar darzlarning ochilishiga o’tkazilsa, zalvorli tirgak devorlarda esa hisoblashlar odatda darzlarning hosil bo’lish sharti bo’yicha o’tkaziladi. Tirgak devorlarning vertikal plitalari yon tomondagi gruntlarning bosimi ta’sirida uchlari poydevor plitasiga qotirib qo’yilgan konsol singari egilishga ishlaydi. Bunda tirgak devorlar engillashtirilgan ko’rinishda bo’lsa, ularning xususiy og’irlik kuchlari hisobga olinmaydi. Tirgak devorning vertikal plitasi konsolning asosidagi eguvchi momentning maksimal qiymati bo’yicha hisoblanadi.
Plita qalinligining dastlabki belgilangan qiymati uning optimal armaturalash sharti bo’yicha quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu erda
M – eguvchi moment;
– betonning prizmatik mustahkamligi.

Bundan tashqari plitaning qalinligi unda ko’ndalang kuchlar ta’sirida qiya darzlar hosil bo’lmasligini ta’minlash sharti bo’yicha ham aniqlanishi kerak. Ya’ni, bunda quyidagi shart bajarilishi kerak:



bu erda
Q – qaralayotgan kesimdagi ko’ndalang kuch miqdori;
Rbt – betonning cho’zilishga bo’lgan hisobiy qarshiligi;
b – devorning elementar bo’lakchasining kengligi, bg’100 sm
h0 – devor ko’nalang kesimining ishchi balandligi, h0g’hν-a

Plitaning yuqorida keltirilgan barcha shartlar bo’yicha aniqlangan qalinligi so’nggi bor 10 mm ga karrali qilib bir butunlab qabul qilinadi.


Plitaning bo’ylama ishchi armaturalarini tanlash va darzlarni ochilishiga bo’lgan hisoblashlarni o’tkazishda plitaning ko’ndalang kesimining kengligi bg’100 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklida deb qabul qilinadi.
Tirgak devorning poydevor plitasi vertikal plitaga uchlari bilan qotirilgan ikki konsolli to’sin singari egilishga hisoblanadi. Poydevor plitasiga ta’sir etuvchi hisobiy yuklar deb, pastdan yuqoriga qarab yo’nalgan gruntning reaktiv bosimi va bevosita plitaning konsol qismlarining ustida turgan yuqoridan pastga qarab yo’nalgan yuklardan hosil bo’ladigan bosimlar qabul qilinadi (6.11, a-rasm). Bunda poydevor plitasining xususiy og’irlik kuchi hisobga olinmaydi, chunki u zaminga tekis tayanib turganligi uchun egilish yuzaga kelmaydi.
Gruntning reaktiv bosimi barcha hisobiy yuklarning ta’siri bo’yicha 6.8-formula yordamida hisoblab topiladi. Faqat bunda barcha yuklar uchun yuk bo’yicha ishonchlilik koeffisienti deb qabul qilinadi. Poydevor plitasining ustida joylashgan yuklardan (gruntning og’irligi, suvning va yuzaga ta’sir etuvchi yuklar) hosil bo’ladigan bosim miqdorlari mos ravishda barcha yuklarni konsol ostki yuzalariga bo’lib topiladi. Masalan, ; (6.11, a-rasm).
Tirgak devorning poydevor plitasiga ta’sir etadigan yuklarning hisobiy qiymatlari topilagan bosim epyuralarini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Zaruriyat bo’lgan hollarda tirgak devorga ta’sir etadigan gidrostatik va filtrasiya bosimlarining ta’siri ham xuddi shu asnoda hisoblab topiladi.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling