Amaliy mashg’ulot 2 mavzu: 1-2- tip arifmetik masalalar va ular ustida ishlash metodikasi
Download 249.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashgulot TAM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- tip arifmetik masalalarning nomi va uning xususiyatlari. Ularni yechishga o’rgatish.
- TOPSHIRIQ: Boshlang’ich sinf darsliklaridan mazkur tipga oid masalalar toping va ularni yeching. Adabiyotlarni nomini to’liq keltiring.
- Quyidagi masalalarni tahlil qilib yeching.
- TOPSHIRIQ: Boshlang’ich sinf darsliklaridan mazkur tipga oid masalalar toping va ularni yeching. Adabiyotlarni nomini to’liq keltiring.
Amaliy mashg’ulot 2 MAVZU: 1-2- tip arifmetik masalalar va ular ustida ishlash metodikasi. REJA:
1. 1- tip arifmetik masalalarning nomi va uning xususiyatlari. Ularni yechishga o’rgatish. 2. 2- tip arifmetik masalalarning nomi va uning xususiyatlari. Ularni yechishga o’rgatish 3. Masalani to’g’ri tahlil qilish va yechim yo’llarini izlash 1- tip arifmetik masalalarning nomi va uning xususiyatlari. Ularni yechishga o’rgatish.
Kishilar hayotida, turmushda “o`rta”, “o`rtacha” kabi atamalarni tez- tez uchratish mumkin masalan, “sinfdagi o`quvchilarning o`rtacha yoshi”, “bolalarning to`plagan o`rtacha ballari”, “xarid qilingan narsalarga sarflangan mablag`ning o`rtacha miqdori”, “sinf o`quvchilari bo`ylarining o`rtachasi”, “o`rtacha harorat”, “o`rtacha tezlik” va hokazo shunga o`xshash so`z birikmalari fikrimizning dalili bo`la oladi. O`rta arifmetik qiymat tushunchasini sharhlaylik.
shu sonlar yig`indisining sonlar soniga bo`linmasiga aytiladi. 1-topshiriq. 6,4,2 sonlarini qo`sh. Ularning yig`indisini 3 ga bo`l. Qanday son hosil bo`ladi?
2-topshiriq. 10 va 8 sonlari yig`indisini 2 ga bo`l. 3-topshiriq. 4 sonidan boshlab, 2 tadan oshib boruvchi 4 ta sonlar yig`indisini top. Yig`indini 4 ga bo`l. Qanday son hosil bo`ladi?
Oxirgi topshiriqni 2-sinf oxirgi chorak, 3-sinf boshida berish mumkin. Bu topshiriq quyidagi masala-topshiriqqa adekvatdir: “to`rt sonidan boshlanib, 2 ta ortib boruvchi 4 ta sonning o`rta arifmetigi nechaga teng? ”
Albatta yuqorida keltirilgan 3-topshiriqni bajarish jarayonida o`quvchi quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarga tayanadi: a) Natural sonlar qatoridan 4 dan boshlab, 2 tadan ortib boruvchi sonlarni (4 ta sonni) ajratib, yoza olish(4,6,8,10,); b) yozilgan 4 ta son (4,6,8,10,) larning yig`indisini toping (4+6+8+10=28) v) chiqqan natijani 4 ga bo`lish (28:4=7). Hosil bo`lgan natija (7 ni) ko`rsata bilish.
4-topshiriq. Daricha o`rniga shunday sonni tanlab qo`yingki, tenglik to`g`ri bo`lsin: (10+ ) :2=8
Ushbu topshiriq ikki son yig`indisi o`rta arifmetik qiymati va ma`lum 1- qo`shiluvchiga ko`ra, ikkinchi qo`shiluvchini topishga doir masala modelini ifodalaydi. Ushbu modelga mos keluvchi bir nechta matnli masalalarni tuzish mumkin. Masalan:
a) 10 ta chiziqli va bir necha katakli daftarlar 2 guruhga 8 tadan qilib tarqatildi. Nechta katakli daftar tarqatilgan.?
b) Dasturxondagi 2 ta likopchaning har birida olma va nokdan iborat 8 tadan meva bor. Bu mevalarning 10 tasi olma bo`lsa, nechtasi nok?
v) Ko`chat o`tqazishga chiqqan maktab o`quvchilari teng ikkiga bo`lindi. Har bir guruhda 8 o`quvchi ko`chat o`tqazishdi. Maktab o`quvchilarining 10 tasi o`g`il bola, qolgani qizlar. Nechta qiz bola ko`chat o`tqazgan.? g) Aka-ukalar bekinmachoq o`ynayotgan edi. Akasi 10 yoshda. Ularning o`rtasi 8 yosh bo`lsa, ukasi necha yoshda?
Bunday ko`rinishdagi masalalarning xususiy holi: ikki sonning yig`indisi va ayirmasiga ko`ra shu sonlarni topishga doir masalalari boshlang`ich sinf matematika darsligida uchraydi. Masala:Ona, opa-singillarning har biridan 20 kg dan ortiq paxta terdi. Ona va qizlar birgalikda 140 kg paxta terishgan bo`lsa, opa-singillar har biri necha kilogrammdan paxta terishgan? Ushbu masala muhokamasini o`tkazish uchun masalaning grafik modeli muhim ahamiyat kasb etadi.Ona opa-singillarning har biridan 20 kgdan ortiq paxta
tergani sababli, opa-singillar bir xil miqdorda paxta terganliklarini bilib olish mumkin. Shu bois, ular tergan paxtani bir xil o`lchamdagi kesmalarda ifodalash o`rinli. Ona ularning har biridan 20 kg ortiq paxta tergani uchun, chiziladigan 3- kesma 1 va 2-kesmalardan uzunroq bo`ladi. Ular birgalikda140 kg paxta terganliklarini bildiruvchi yozuv shartida o`z muhokamani davom ettiramiz. Ona Она Опа
Сингил 20 kg
140 kg opa-singillar terganidek paxta terganida, jami terilgan paxta 20kg kamayar edi va ularning uchchalasi bir xil miqdorda paxta tergan bo`lar edi.Demak 140 kgdan 20 ni ayirib,3 ga bo`lsak, har bir opa-singil tergan paxta kelib chiqadi. Yechish:1) 140-20=120 (kg) 2)120:3=40 (kg) Javob: Opa singillarning har biri 40 kgdan paxta terishgan. Quyidagi masalalarni tahlil qilib yeching. 1-masala. Nodir va Akmal birga 18ta gul rasmini chizishdi. Nodir chizgan gullar Akmal chizgan gullardan 4 ta ko`p. Nodir nechta gul rasmini chizdi? Akmal-chi?
2-masala. 2-“A” va 2-“V” sinflarida 82 ta o`quvchi o`qiydi. 2”A”sinfdagi o`quvchilar soni 2”V”ga qaraganda 2ta kam. Har qaysi sinfda nechta o`quvchi o`qiydi?.
3-masala. Salima va Nafisa birgalikda o`qigan ertaklari soni 23ta. Salima Nafisaga qaraganda 3ta ko`p ertak o`qidi. Nafisa nechta ertak o`qigan?
4-masala. Ikki jo`yakdan 98kg sabzi olindi. Birinchi jo`yakdan ikkinchisiga qaraganga 10kg kam sabzi olindi. Har bir jo`yakdan necha kgdan sabzi olingan?
5-masala. Daraxtning ikki shoxida 14 ta chumchuq qo`ngan. Birinchi shoxdagi chumchuqlar ikkinchi shoxdagiga qaraganda 2 ta ortiq. Har bir shoxda nechtadan chumchuq qo`ngan?
6-masala. Uch dugona olma terishdi. Nodira va Raima tergan olmalar soni bir xil. Salima Nodiradan 12ta ko`p olma terdi. Raima nechta olma terdi?
7-masala. Dam olish kuni paxta yig`im-terimiga maktabning 9-A, B, V sinflari yordam berishdi. Ular birgalikda 3 t 450 kg paxta terishdi. 9-A sinf o`quvchilari 9-b sinf o`quvchilaridan 210 kg ortiq, 9-V sinf o`quvchilari 9-b sinf o`quvchilaridan 330 kg ko`p paxta terishdi. Har bir sinf o`quvchilari necha kilogrammdan paxta terishgan? TOPSHIRIQ: Boshlang’ich sinf darsliklaridan mazkur tipga oid masalalar toping va ularni yeching. Adabiyotlarni nomini to’liq keltiring.
Download 249.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling