Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Ionlar tarkibidagi zarrachalarning sonini aniqlash


Download 1.11 Mb.
bet20/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

Ionlar tarkibidagi zarrachalarning sonini aniqlash:
Masala:
1. NH4+, H3O+, CuOH+, HSO4- ioni tarkibidagi p, n, ē lar sonini aniqlang?

Yechish: Atom tarkibidagi p, ē lar soni shu elementning tartib raqamiga teng edi. n – neytron bu atom massadan p – protonlar sonini ayirish orqali topar edik. Shundan foydalangan holda ionlarning tarkibidagi zarrachalarni topishda p va n lar soni atom tarkibida qancha bo’lsa, shucha deb qaraladi. ē – elektrolar soni esa o’zgaradi, chunki bu ion u ē yo’qotgan yoki qabul qilgan bo’ladi.
Agar, ion (+) holatda bo’lsa, u ē yo’qotgan, ion (–) holatda ē biriktirib olgan bo’ladi. NH4+ tarkibida N – uning tartib raqami 7, atom massasi 14. Uning tarkibida 7 ta ē, 7 ta p, n=A-p=14-7=7 ta neytroni bor. H-tartib raqami 1, atom massasi 1. Taribida 1 ta ē, 1 ta p, neytroni yo’q. Demak,
NH4+ tarkibida
p=7+1·4=11 ta
n=7 + 0=7 ta
ē=7+ 1·4-1=10 ta Chunki, (+1) zaryadlangan ion ē bergan, shuning uchun
undan 1 ta ayiramiz.
HSO4- tarkibida
p =1+16+8·4=49 ta
n =0 +16+8·4=48 ta ta
ē =1+ 16+8·4+1=50 ta chunki (-1) zaryadlangan ion ē qabul qilgan bo’ladi. shuning uchun 1 ta qo’shiladi.Qolganlarini tarkibini aniqlang?

Ionlarning suvda eriganda issiqlik chiqishi yoki yutilishiga sababchi bo’lgan omillar.
Qattiq moddalar suvda eritilganda:

  • Kristall panjaraning buzilishi yuz berib, unda panjarani buzish uchun energiya sarflanadi. Bu energiyani E1 deb belgilask.

  • Kristall panjara buzilib hosil bo’lgan ionlar suv bilan birikib gidratlanadi. Bunda esa energiya chiqadi. Bu energiyani E2 bilan belgilasak. E1 bilan E2 orasida quyidagi bog’lanish bor.

Modda suvda eriganda E1 > E2 dan bo’lsa, ya’ni moddaning kristall oanjarasini buzish uchun ketga energiya miqdori, ionlarning gidratlanishida chiqadigan energiyadan yuqori bo’lsa, bunda eritma sovib ketadi. Bu moddaning erishi endotermik jarayon bo’ladi.
Agarda E1 < E2 dan bo’lsa, issiqlik chiqadi. Bunda eritma isiydi. Masalan: KOH, NaOH va boshqalarning erishidan issiqlik chiqadi.
H2SO4 yoki uning konsentrlangan eritmasini suyultirishda suvga kislota solinadi. Bunda gidratlanish eritmaning butun hajmi bo’yicha sodir bo’lib issiqlik bir tekis taqsimlanadi.
Kislotaga suv solish mumkin emas. Chunki, kislotaga nisbatan suvning zichligi kichik, bunda gidratlanish faqat yuzada sodir bo’ladi. Ajralgan issiqlik shu joyni qaynatib suyuqlikning sachrab ke tishiga sabab bo’ladi.


Demak, moddalarning suvda erishi fizik- kimyoviy jarayondir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling