Amaliy mashG’ulot №2 Mavzu: Yelimlashning asosiy jarayoni, ishlatiladigan yelimlar Ishdan maqsad


Download 201.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.10.2023
Hajmi201.83 Kb.
#1694784
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot



AMALIY MAShG’ULOT № 2 
Mavzu: Yelimlashning asosiy jarayoni, ishlatiladigan yelimlar 
 
Ishdan maqsad: Yelimlar jarayonining mohiyati va ishlatiladigan 
yelimlarning turlari, xususiyatlari bilan tanishtirish 
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: yelim, yog’ochlar, adabiyotlar, 
plakatlar. 
 
Mebelsozliklikda sifatli buyumlar tayyorlash, tayyorlangan birikmaning 
puxtaligini ta'minlash maqsadida tirnoqli birikmalar qosil qilinib, qismlar 
yelimlash yo’li bilan biriktiriladi. Bu maqsadda qar xil yelimlar ishlatiladi. 
Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab go’shtparda, suyak, 
baliq, kazein, albumindan tayyorlanadigan qayvonot yelimlariga; loviya, no’xat, 
kunjut, kartoshka. Jo’xori, guruch kraxmallar, o’simlik oqsillaridan 
tayyorlanadigan o’simlik yelimlariga va sintetik smolalardan tayyorlanadigan 
smolali yelimlarga bo’linadi. 
Go’shparda va suyak yelimlari Mebelsozliklik yelimlari hisoblanadi. 
Go’shparda yelimi qushxona va teri zavodlarida qosil bo’ladigan chiqindilarni 
pishirish yo’li bilan tayyorlanadi. 
Suyak yelimi yoqsizlantirilgan qayvonot suyaklari va shoxlarini pishirib 
tayyorlanadi. 
Yelimlash qususiyatiga ko’ra go’shparda yelimi suyak yelimidan ustun turadi. 
Chunki uning puxtaligi yuqori. 
Go’shparda va suyak yelimlari qatiq plita shaklida tayyorlanadi. Plitalar tiniq, 
sarqish yoki qoramtir rangli bo’ladi. Toza, sifatli yelimlarning siniqi shishasimon 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
Quruq yelimlar talqon, tugmacha boshqa ko’rinishlarda qam tayyorlanadi. 
Yelimlash sovuq (12-300da), issiq (40-700 da) va qaynoq (800 va undan 
yuqori) qolda olib borilishi mumkin. 
Yelim eritmasi tayyorlash uchun plita maydalanib, bir qism yelimga 2-3 qism 
sovuq suv qo’yiladi va 8-16 soat davomida ivitiladi (yelim sovuq suvda erimaydi, 
faqat suv shimib yumshaydi va shishadi). So’ngra ortiqcha suv to’kib tashlanib, 
yumshagan yelim 60-700 haroratdi 2 soatgacha eritilgandan keyin 5-6 minut 
davomida qaynatiladi. Yelim eritmasi eng ko’pi bilan bir-ikki kunga etadigan qilib 
eritiladi. 
Bir qavvatli idishlarda ma'lum miqdordagi yelimning kuyishi. Yyelimlash 
qususiyatini yo’qotishi ro’y beradi. Shuning uchun maxsus yelimdonlarda eritiladi. 
Detallarni biriktirishda, fanerlarni yelimlashda normal quyuqlikdagi yelim 
eritmaidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi loklashdan oldin yog’ochlarning 
sirtini, ko’ndalang qirqimlarini yelimlash (gruntovka qilish) maqsadida ishlatiladi. 
quyuq eritmalardan mayda detallarni biriktirishda foydalaniladi. 
Yelimlangan birikmaning puxtaligini ta'minlash uchun yelimlash mumkin 
qadar issiq qolda olib borilishi zarur. Bundan tashqari birikma puxta bo’lishi uchun 
yelimlanadigan sirtlar silliq bo’lmasligi, ya'ni sirtlar tarnalgan bo’lishi kerak. 


Shuning uchun yelimlanadigan sirtlar silliq bo’lgan taqdirda uni iskana yoki 
rashpil yordamida tirnash tavsiya etiladi. 
Yelimlangan birikmani yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlash yoki 
pardozlashga ruxsat etilmaydi. Aks qolda birikmaning puxtaligiga putur etkaziladi. 
Yelimlangan birikmaning puxtaligini ta'minlashning yana bir chorasi qosil 
qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib qurigunga qadar qo’zqatmay saqlashdan 
iborat. 
Albuminli yelim qayvonlarning qoniga oqak aralshtirish yo’li bilan olinadi. 
Albuminli yelim bilan yelimlangan birikma issiq qolatda presslab yopishtiriladi. 
Yelimlangan joyda qoramtir chok qosil bo’ladi. Albuminli yelimlar yelimlangan 
fanerlar tayyorlashda ishlatiladi, xolos. 
Material ustiga yupqa qilib surtilgan yelim tezda qotib bendinda, moylarda 
erimaydigan, suvva kislota ta'siriga berilmaydigan parda qosil qiladi. 
Karbinol yelimi yog’ochni metallga, metallni shisha, charm, marmarga 
yopishtirish imkonini beradi. 
Sintetik smolalardan tayyorlangan suvga chidamli yelimlar o’ta mustahkam 
bo’ladi.
Sintetik smolalar har xil ximikatlarning ximiyaviy reaktsiya yo’li bilan 
birikishidan qosil bo’ladi. Bu ximikatlar fenol, karbamid, melamin va 
formalinlardir. 
Sintetik smolalar fanerlarni, yog’och plitalarni yelimlashda, mebellarni 
fanerlashda va ayrim detallarni yopishtirishda sovuq va issiq qolda ishlatiladi 
 
Amaliy mashg’ulot topshirig’i 
1.Yelimlar qanday tayyorlanadi? 
2.Karbinol qanday yyelim? 
3.Yelimlar nima uchun ishlatiladi? 

Download 201.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling