Amaliy mashg’ulot №2 Modda almashinish uskunalarining asosiy o`lchamlarini aniqlash
Download 35.09 Kb.
|
Amaliy mashg
Amaliy mashg’ulot №2 Modda almashinish uskunalarining asosiy o`lchamlarini aniqlash Modda almashinish uskunalarini texnologik hisoblashda ularning asosiy o`lchamlari (diametr va ish balandligi) aniqlanadi. Uskunaning diametri. Bunday maqsad uchun sarf tenglamasidan foydalaniladi: Bu yerda: – tegishli fazaning hajmiy sarfi (masalan, absorbtsiya jarayonida gazning sarfi, rektifikatsiyada esa bug’ning sarfi va hokazo); – shu fazaning mavhum yoki keltirilgan tezligi (yoki tegishli fazaning uskuna to`la kesimiga nisbatan olingan tezligi); – uskunaning ko`ndalang kesim yuzasi. Dumaloq ko`ndalang kesimli uskunalarda bo`lgani sababli: bundan (1.1) Odatda berilgan bo`ladi va uskunaning diametri D ni topish uchun tegishli faza (masalan, gaz yoki bug’) ning mavhum tezligini qabul qilish kerak. Tezlikni qabul qilishda quyidagi holat hisobga olinishi kerak: oqimning tezligi ortishi bilan modda o`tkazish koeffitsiyentining qiymati ko`payadi, biroq tezlik ortishi bilan uskunaning gidravlik qarshiligi ham ortadi (natijada jarayonni olib borish uchun zarur bo`lgan energiya sarfi ortadi). Shu sababli har bir aniq sharoit uchun texnik – iqtisodiy hisoblashlar orqali gaz yoki bug’ning maqbul tezligi qabul qilinadi. Uskunaning balandligi. Modda almashinish uskunasining balandligi fazalar kontakti uzluksiz yoki pog’onali bo`lishiga ko`ra ikki xil usulda aniqlanadi. Masalan, fazalar uzluksiz kontaktda bo`lgan uskunalarning balandligi quyidagi modda o`tkazish tenglamalari orqali topiladi: (1.2) yoki (1.3) Bu yerda: – fazalarning kontakt yuzasi; - fazalarning solishtirma kontakt yuzasi; V – uskunaning ish hajmi. Uskunaning ish hajmi: (bu erda H – uskunaning ish balandligi). (1.2) va (1.3) tenglamalardagi V ning o`rniga S H ni qo`yib, ularni H ga nisbatan echsak, quyidagi ifodalarni olamiz: (1.4) yoki (1.5) (1.4) va (1.5) tenglamalar bo`yicha H ni hisoblash uchun alohida solishtirma kontakt yuzasi va modda o`tkazishning yuza bo`yicha olingan koeffitsiyenti Ku yoki KX ning qiymatlarini yoxud shu kattaliklarning solishtirma kontakt yuzasi bilan ko`paytmasidan iborat bo`lgan modda o`tkazishning hajmiy koeffitsiyentlari (Ky· = KyV yoki KX· = KyX) ni bilish zarur. Ayniqsa, fazalarning kontakt yuzasini aniqlash qiyin bo`lganda KV ni topish maqsadga muvofiqdir. Uskunaning ish balandligi o`tkazish birligining balandligi va o`tkazish birligining soni ko`paytmasi bilan ham topilishi mumkin: (1.6) yoki (1.7) Жадвални вариан бўйича тўлдиринг. Вариантларни журналдаги рақам бўйича олинг, агар журналдаги рақамингиз 10 дан катта бўлса тартиб рақамни яна қайтадан ҳисобланг. Мисол учун агар рақамингиз 14 бўлса 4 вариантни, 21 бўлса 1 вариантни оласиз.
Download 35.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling