Amaliy mashg’ulot-3 Mavzu
Ellektr tokidan saqlanish
Download 26.99 Kb.
|
3-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyalovchi yerga ulash.
Ellektr tokidan saqlanish.
To’qimachilik paxta, ipakchilik va yengil sanoat korxonalarning barcha sexlari xavfliligi yukori bo’lgan xonalarga yoki o’ta xavfli xonalarga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalarining, yoritgichlarning, signal beruvchi uskunalarning qismlari yukori xarorat, yukori namlik sharoitlarida ishlaydi. Buning natijasida simlarning ixotasi buziladi, qarshilishi kamayadi, kobiklariga tok o’tish xavfi ortadi va pirovard natijada mashinalarni boshkaruvchi va sexdagi boshka ishchilarning shikastlanish extimoli ortadi. Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yakin kelmasligi, kul tegizmasligi, bexosdan tegib ketmasligi kerak. Kobik va boshka metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfni oldini ola bilishi, past kuchlanishda ishlashi, ikki kayta ixotalash, yerga ulash, (zazemleniye), nol simiga ulashni (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib kuygichlarni (zashitnoye otklyucheniye) qo’llash bilan erishiladi. Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ixotalash, kul yetmaydigan balandlikka o’rnatish, tuskichlar bilan ta’minlash va boshka tadbirlarni qo’llash kerakdir. Bundan tashkari o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida ishlayotganda, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda kul asboblari uchun past kuchlanish -12 V kabul qilinadi. Himoyalovchi yerga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini aytalab o’tkazgich yordamida yerga ulab kuyiladi. Bundan maksad kobikka o’tib ketganda u mashinani boshkaruvchi ishchini bexosdan tegib ketgan maxalda tok urishdan saqlashdir. Himoyalovchi yerga ulash kurilmalari ikki xil: tashkariga chiqarilgan (yoki bir yerga tuplangan) va konturli (yoki bir tekis taksimlangan) bo’ladi. Tashkariga chiqarilgan kurilmalarda kupincha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashkariga chiqarib ma’lum bir maydonchaga tuplanib o’rnatiladi. Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan kurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini bajaruvchi koziklarni yerga kokish uchun qarshiligi kam bo’lgan (nam, serloy va sh.u.) yerlarni tanlash imkoni bor. Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-uskunalar o’rnatilgan sex konturi (perimetri) buylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar orasida bir tekis taksimlanishi hisobiga erishiladi ( rasm ). Yerga ulovchilar sun’iy hamda tabiiy bo’lishi mukin. Tabiiy ulovchilar vazifasini yer ostiga o’rnatilgan vodoprovod, artezian va boshka kuduklarining metall kuvurlarini bino va inshootlarning yer bilan birlashgan temirbeton va metall konstruksiyalari, yer ostidan o’tgan kabellarning kurgoshi kobiklari o’tashi mumkin. Tabiiy yerga ulovchilar krshiligi kam bo’lganligi uchun qo’llash foydalidir, lekin ularning jiddiy kamchiliklarni xam bor. Sozlash ishlari va shunga uxshash paytlarda ulovchining uzluksiz bo’lmasligi va kupchilikning bu kuvurlarga bemalol tega olishi, ulardan xavfsiramasligi natijasida shikastlanish extimoli borligidir. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uskunalarda himoyalovchi yerga ulovchining qarshiligining yilning xoxlagan paytida 4 Om dan oshmasligi kerak. Ochik joylarida, xavfliligi yukori hamda o’ta xavfli xonalarda o’rnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning kiymati 42 V dan katta, xavfliligi kam bo’lgan xonalarda esa 380 V va undan yukori bo’lgan barcha xollarda yerga ulanishi shart. Portlash xavfi bo’lgan xonalarga kuchlanish mikdoridan kat’i nazar barcha xollarda elektr uskunalari yerga ulanadi. Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling