Amaliy mashg‘ulot №3 naryad va farmoyish berish


Download 17.57 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1649077
Bog'liq
Амалий машғулот№3


Amaliy mashg‘ulot №3


NARYaD VA FARMOYISh BERISh.
4.2.1. Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orkali berilganda esa uch nusxada yoziladi.
Telefon yoki radio orkali berilganda naryad beruvchi bir nusxada yozadi. Naryad tekstini kabul kiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma Xolida kabul kiladi va kaytarib tekshirgandan sung naryad beruvchi imzosi urniga uning ismi-sharifi, familiyasini yozib naryad matnini tugriligini uz imzosi bilan tasdiklaydi.
Ishboshchiga, ishlashga ijozat beruvchi vazifasini Xam bajarishi tayinlangan Xollarda naryad ishboshiga kanday usulda berilishidan kat’iy nazar, ikki nusxada tuldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida koladi.
MaXalliy sharoitga karab (ya’ni dispetcherlik punkti joylashgan yerni Xisobga olib) naryadning bir nusxasi ish joyi tayyorlashga ruxsat beruvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimda (dispetcherda) kolishi mumkin.
4.2.2. Bir ish raXbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi. Ishlarni ketma-ket bajarilishi va ishlashga ketma-ket ijozat berish uchun, ishlashga ijozat beruvchiga va ishboshiga (nazorat kiluvchiga) bir yula bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.
4.2.3. Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kungacha bulgan muddatga berish ruxsat etiladi.
Naryadni 1 marta, uzaytirishga ruxsat berilgan kundan boshlab, 15 kalendar kun muddatgacha uzaytirish mumkin.
Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad uz kuchini saklab koladi.
4.2.4. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada naryad berish Xukukiga ega bulgan xodimgina uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish tugrisidagi ruxsatnoma telefon, radio yoki chopar orkali ishlashga ijo­zat beruvchiga, ish raXbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin.
Bunday Xollarda ushbu xodim uz imzosi bilan na­ryad muddatini chuzgan xodimning ismi va familiyasini naryadga yozib kuyadi.
4.2.5. Naryadlar ish butunlay tamom bulgandan sung 30 kun davomida saklanishi kerak keyin esa yuk kilib yuborilishi mumkin.
4.2.6. Farmoyish bir martagina kilinadigan ishga xos bulib, uning ta’sir muddati bajaruvchilar ish kunining uzunligi bilan belgilanadi.
4.2.7. Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat beruvchiga yoki ish joyini tayyorlashga ruxsat etuvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi.
MaXalliy navbatchisi bulmagan elektr uskunada ishlashga ijozat berishni Xojati bulmagan Xollarda formoyish tugridan-tugri ishboshiga berilishi mumkin.
4.2.8. Farmoyish bilan olib borishga muljallangan ish, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga karab, naryad bilan bajarilishi mumkin.
Naryad va farmoyish bilan olib borilgan ishni Xisobga olib borish tartibi 6- ilova-da keltirilgan.


1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari
2.1.44. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‘g‘lanuvchi lampali va ikki o‘tkazuvchi simli patron)dan foydalanish man etiladi. Chunki nazorat lampasidan foydalanilganda fazalararo kuchlanishga ulanish natijasida uning portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr yoyi va shisha bo‘laklaridan jarohat olish xavfi bor.
2.1.45. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun 2 tipdagi asbobdan: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun - aktiv tok ta’sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan, o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‘im toki ta’sirida ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalaniladi.
2.1.46. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi elektr sxemasi elementlari joylashgan ikki korpusdan tashkil topgan. Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatish uchun uzunligi 1 m dan kam bo‘lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun uzunligi 0.6 m dan kam bo‘lmagan mustahkam izolyatsiyali egiluvchan mis sim bilan ulangan. Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi bir korpusga joylashgan. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi esa strelkali asbob turida ham bajarilishi mumkin (masalan, cho‘ntakda olib yuriladigan IN-92 turidagi voltmetr).
2.1.47. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampadan, lampaga parallel ulangan rezistor, qo‘shimcha rezistorlar va kontakt-uchliklardan tashkil topgan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi qo‘shimcha rezistorli gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va operatorning qo‘li tegib turuvchi korpusning yon tomoniga joylashgan kontaktdan iborat.
2.1.48. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichida indikator lampasining yonish vaqtidagi kuchlanishi 90 V dan oshmasligi lozim.
2.1.49. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichining konstruksiyasi kontakt-uchlikning o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Kontakt-uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismi uzunligi 20 mm dan oshmasligi lozim. Ikkilamchi zanjirlarda ish bajarish jarayonida uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib, qolgan qismiga elektr izolyatsiyalovchi materialdan qilingan trubka kiygizib qo‘yish tavsiya qilinadi.
2.1.50. Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichini ikkilamchi zanjir sxemalarini tekshirganda, elektr schyotchiklarni ulaganda faza simini aniqlashda, elektr lampa patronlarini, o‘chirgichlar, saqlagichlar va boshqalarni ulash uchun ishlatish tavsiya qilinadi. Bunda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish jarayonida indikator lampasi tashqi kuchlanish ta’siri doirasida ham yonishi mumkinligini e’tiborga olish zarur.
Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling