Amaliy mashg’ulot №3 Rotorli ekskavatorlarning elektr ta’minoti sxemalari bilan tanishish. Ekskavatorlarning elektr uskunalarini va unda elektr energiyasining taqsimlanishini o’rganinsh


Download 1.53 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1323894
1   2   3
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

Kiritib beruvchi quti, quyi platform ramasining bir bo’limiga o’rnatilgan, kuchlanishni uzatib beradigan egiluvchan kabelni ekskavatorga ulab berish, fazalarni almashtirib olish, tamirlash ishlarida uch fazani yerga ulab berish, tarmoqning uzilishi yoki qisqa tutashuvida halqali toq qabul qiluvchida chaqnash yoyini paydo bolishini oldini olish va qisqa tushashishdan saqlash vazifalarini bajaradi. Quti bir saosga o’rnatilgan uchta faforli izolyator ustunchalardan iborat.Kabelning uchlari izolyator ustidagi shpilkalatga mustahkamlanadi, ular esa o’z ornida yechiladigan qoplagich bilan yopiladi.
Tok qabul qiluvchi (2-rasm), tokni ekskavatorning qo’zg’almas qismlaridan qo’zg’aluvchi, va teskarisiga uzatish uchun o’rnatiladi. Ekskavatorlarda yoki alohida yuqori (TK-4/400, TKG-6/630) va quyi (TK-25, K-5A, K-3212) kuchlanish tok qabul qiluvchilari, yoki umumiy tok qabul qiluvchilar (TKE21-4, TKB-6/630) o’rnatiladi.

Umumi halqali tok qabul qiluvchi (2-rasm) yuqori va quyi kuchlanish tok qabul qiluvchi halqalardan 2 va 5 iborat. Yuqori kuchlanish tok qabul qiluvchisi markaziy sapqaga qotorilan quvurga 4 o’rnatilgan, quyi kuchlanish tok qabul qiluvchisi esa 3 quvuriga o’rnatiladi.Tok qabul qiluvchilarinig o’zaro ulangan quvurlariga kontakt boshmoqlari tortilib qoplama yordamida o’rnatiladi.Ikkala tok qabul qiluvchilar ham metall ochilib yopiladigan qoplama bilan yopiladi.Tok qabul qiluvchilarini holatini nazorat qilish uchun uning qoplamasida shishali darchalar ochilgan.


Yuqri kuchlanishli tok qabul qiluvchida ikkita izolyator bor. Birinchi izolyator – qo’zg’almas – markaziy spfaga o’rnatiladi. Unga kiritib beruvchi qutidan yuqori kuchlanish keladigan qo’zg’almas kontakt halqalari mustahkamlanadi. Ikkinchi izolyator – qo’zg’aluvchan – buriladigan platformaga o’rnatiladi. Qo’zg’almas halqaga tiralgan qo’zg’aluvchan izolyatorga mustahkamlangan yarimhalqalar siljib yuqori kuchlanishni qo’zg’almas halqalardan oladi.
Kuchlanishi 6-10 kV ga ishlaydigan kontaktli tok qabul qiluvchi halqalar uchta fazali va bitta yerga ulovchi tashmali metall konsentrik izolyatsiyalangan halqalardan va quvurlarga o’rnatilgan to’rtta schyotka tutgichlardan iborat. Po’lat silindr va tok qabul qiluvchilar orasida dielektrik silindr o’rnatiladi. Tokni yechib olish ustunli buriluvchi platformada prujina osti bronzali boshmoqlar bilan amalga oshiriladi.
Quyi kuchlanish tok qabul qiluvchisi bir yoki ikkita tok qabul qiluvchidan tashkil topgan, u o’z o’rnida 8-12 izolyatsiyalangan tok qabul qiluvchi halqalardan iborat bo’lib, ular boshqaruv zanjirlari, gidronasos va yurish yuritmalarining dvigatellarini, elektr to’xtatish g’altaklarini, signal tugmalarini, qo’shish g’altaklarini elektr bilan taminlaydi. Simlar shpilkalarga tepadan va pastidan ham o’rnatilgan. Tok qabul qiluvchidan halqalar ichidan ularga ulanib chiqib keladigan kabellar orqali kuchlanish uzatiladi.
Yuqori kuchlanishli kabelli barabanlarning tok qabul qiluvchisi (TKE4-KB, TKEO-4Y2) uchta bronzali faza halqalari, va bitta yerga ulash halqasidan iborat. Prujina osti boshmoqlari ustunli izolyatorlarga o’rnatilgan.Tok qabul qiluvchini ko’rish qulay bo’lishi uchun ularga shishalangan oynalardan iborat.



Ekskavatorning komplekt taqsimlovchi uskunalari (KTUE javoni) 6-10 kV kuchlanishli ekskavatorlarda ishlashga mo’jallangan bo’lib, kuchlanishni qabul qilib uni taqsimlashga, yuqori kuchlanish uskunalarini ulash, boshqarish va himoyasi uchun (asinxron va sinxron elektr dvigatellar, asosiy o’zgartiruvchi agregatlar, qadam tashlash mexanizmi nasoslari, transformator va hokazo) xizmat qiladi. KTU ekskavator ichida o’rnatilgan bitta yoki bir nechta javonlardan iborat. Ekskavator KTU javonlari maxsus ishlanib, ular tomchi suyuqlik kirishdan himoyalangan, va gorizontga nisbatan malum bir qiyalik ostida uskuna ishlay oladi.


EKG-4.6, EKG-5, EKG-8i va boshqa ekskavatorlarida 2KBE-6Y javonlari qo’llaniladi, ESh-10/70, ESh-15/90A, EKG-12.5, Ekg-15, EKG-10yc, EKG-6.3Y, EKG-20 va boshqalarda KTUEP-6P javonlari qo’llaniladi, quvvati ko’proq bo’lgan ekskavatorlarda moyli o’chirgichli KTUE-10Y2 taqsimlovchi moslama, vakuumli o’chirgichli KTUE-10B-400-20 taqsimlovchi moslama ishlatiladi. Kuchlanishi 6 kV va nominal toki 200 A bo’lgan 2KBE-6Y2 (4-rasm) taqsimlovchi javoni o’zidan hoshiyasiz svarkalangan metall konstrukiyani aks etadi. Javon metall to’sinlar bilan to’rt bolimga bo’linadi:

  1. Moyli o’chirgich 2 BME-6 turidagi,

  2. Quflaydigan uskuna PKE-6 turli, va uch saqlagich 3 bo’limi,

  3. PB-6/400 turdagi ajratgich bo’limi,

  4. Boshqaruv apparaturasi va yordamchi mexanizmlar dvigatellarining himoyasi blogi (avtomatlar, kontaktorlar, yoritish transformatori 220/12 V, hamda tok transformatori).

J avonning fasadida ajratgich 4 va o’chirgich 5 yuritmasi dastagi o’rnatilgan. Bundan tashqari, bu yerda signal lampalar bilan ampermetr va voltmetr bo’limi bor.
O’chirgichga tasir qiladigan maksimal tokdan (maksimal tok relesi KA1 va KA2) va minimal kuchlanishdan himoya (minimal kuchlanish relesi KV) ishchi sxemasi 5-rasmda keltirilgan. Ekskavatorlarning komplekt taqsimlovchi moslamasi КРУЭПЭ-6П (nominal kuchlanishi 6 kV toki esa 400A) ham o’zidan hoshiyasiz tasmali po’lat korpusli javonni aks etib, ichida komplekt apparatura joylashtiriladi.Eng ko’p qayta qayta ko’rikda tekshirilib tamirlanadigan apparat – bu moyli o’chirgich bo’lib – javonning quyi qismida maxsus tortmaga o’rnatiladi. Javonda o’chirgichdan tashqari ajratgich, saqlagich, tok va kuchlanish transformatorlari bor. КРУЭПЭ-6П-400/100 (6-rasm) javoni elektr sxemasi maksimal tok va minimal kuchlanish himoyasini taminlaydi. Sxema quyidagicha ishlaydi.
SA kaliti bilan YA1 elektr magniti qo’shiladi, u esa moyli o’chirgichni qo’shib beradi. Undan tashqari ulaydigan kontakt bilan SB o’chiradigan elektr magnit YA2 zanjiri tayyorlanadi, va elektrodvigatel M prujinali yuritmaning o’chiruvchi prujinasini zaryadlaydi. Himoyalarning biri ishga tushganda SA kaliti o’chirishi bilan o’chirgich yuritmasini ishga tushiradi.
Ekskavatorga o’rnatishga mo’ljallangan komplekt taqsimlovchi uskuna javoni KTUE-10 kuchlanish 6-10 kV va tok 400-630 A ga mo’ljallangan. Yuqorida keltirilgan javondek KTUE-10 ning ham elektr sxemasi o’xshash, ammo birlamchi ulanishlar yerga ulaydigan pichoqlari bor ajratgichi bor, o’chirgich esa o’rnatilgan elektromagnit yuritmasi bor.
M oyli ochirgichlarning ko’p marotaba kommutatsiya bo’lolmasligi (bir kunda 7 martadan oshiqcha emas) ekskavatorning taqsimlovchi moslamalari uchun vakuumli o’chirgich ixtiro qilingan.КРУЭ-ЮВ-400-20 УХЛ (7-rasm) javoni yopiq qoplamali bo’lib, uch bo’limga bo’lingan:

  1. Pichoqli yerga ulagichlari bor ajratgich 1 joylashtiriladigan bo’lim,

  2. Tortmali elementda joylashgan vakuumli o’chirgich 2 (ВВТП-10-20/630), tok transformatori 4 va kuchlanish transformatori 3, kuch saqlagichi 5 bor.

  3. Ikkilamchi kommutatsiya jihozlari joylashgan bo’lim.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling