Amaliy mashg'ulot №4 mavzu: Radiometrik usulida saralash Ishdan maqsad


Download 29.88 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi29.88 Kb.
#1193996
Bog'liq
4-amaliy mash-t


Amaliy mashg'ulot №4
MAVZU: Radiometrik usulida saralash


Ishdan maqsad: Radiometrik saralash orqabi foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash amaliyotini o’rganish

Radiometrik saralash - minerallarning nurlanish darajasi yoki tashqi manbaning nurlanishini kamaytiruvchanlik qobiliyatlari farqiga asoslangan.


Hozirgi zamon sanoat radiometrik saralash dastgohlari ajratilayotgan minerallarning tabiiy radiofaolliklari, tovlanuvchanlik yoki nurni qaytaruvchanliklari farqiga asoslangan.
Radiometrik saralash quyidagicha olib boriladi. Tasma yoki titrama novlarda kelayotgan yupqa qatlamli rudalarning nurlanish shiddatini maxsus qurilma bilan о‘lchanadi va signalni kuchaytirib beruvchi asbob orqali bajaruvchi mexanizmga uzatiladi. Bajaruvchi mexanizm kerakli ruda bо‘lagini ushlab qoladi Buning uchun quyidagi usullar qо‘llaniladi:
1. Avtoradiometrik usul. Gamma nurlanishni о‘lchash usuli tabiiy radiofaollik xossasiga ega bо‘lgan minerallar uchun (masalan, uran) ishlatiladi.
2. Fotoneytron usul. Ajratilayotgan minerallarning gamma nur bilan nurlatilganda, ulardan chiqayotgan neytron nurlanish darajasini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul beriliy mineralini ajratib olish uchun qо‘llaniladi.
3. Lyuminessent usul. Rudalarni gamma - rentgen yoki ultra binafsha nurlari bilan ta’sirlashda tovlanish darajasini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul olmos va sheelitni boyitishda ishlatiladi.
4. Fotometrik usul. Ajratilayotgan minerallarning yorug‘lik nurini qaytaruvchanligini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul bilan kvars, bor, magnetit, slyuda ajratib olinadi.
5. Neytron bilan faollantirish usuli. Rudalarni neytron oqimi bilan nurlatilganda undagi minerallardan chiqayotgan radiofaol izotoplarning nurlanish darajasini о‘lchash.
6. Gamma nurlari bilan faollantirilganda hosil bо‘lgan radioizotoplar miqdarini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul bilan oltin rudalari boyitiladi.
7. Gamma nurini yuttirish usuli (gamma absorbsiyasi). Minerallarning gamma yoki rentgen nurlarini yutish qobiliyatlarini farqini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul kо‘mir va temir minerallarin ajratib olish uchun ishlatiladi.
8. Neytron yuttirish usuli (neytron absorbsiyasi). Minerallardagi kimyoviy elementlar yadrosida neytronlarni ushlab qolish hisobiga neytronlar oqimini kamaytirish farqini о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Bu usul bor va kaolin minerallarini ajratish uchun ishlatiladi.
Radiometrik saralagichlar quyidagi qismlardan iborat bо‘ladi: konveyer, nurlanish manbai, elektron sistema (radiometr), saralovchi mexanizm.
Rudalarni saralashdan oldin ular о‘lchamlari bо‘yicha (+150; -150+75; -75+50; -50+25; -25) tasniflanadi. Har bir guruh alohida saralash jarayoniga yuboriladi.
Download 29.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling