Amaliy mashg’ulot №5 mavzu: Issiqlik almashtirgichlarning issiqlik hisobi Turbina pog‘onasinida yuz beradigan issiqlik energiyasi isroflari hisobi
Download 65.76 Kb.
|
AMALIY MASHG’ULOT № 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
1– masala. Aktiv pog'onada bug' boshlang'ich parametrlari p0 = 3,5 MPa bosim va t0 = 410 ºS haroratdan p1 = 2,2 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffisienti φ = 0,95, ishchi kuraklarining tezlik koeffisienti ψ = 0,87, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 15º va kuraklar oralig'idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o'tayotgan bug'ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,43 ga teng bo'lsa, soplo va kuraklardagi issiqlik energiyasi isrofi aniqlansin.
Javob: hs = 13,1 kJ/kg; hk = 10,4 kJ/kg. 2 – masala. Reaktiv pog'onada bug' boshlang'ich parametrlari p0 = 1,6 MPa bosim va t0 = 300 ºS haroratdan p2 = 1,0 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffisienti φ = 0,94, ishchi kuraklarining tezlik koeffisienti ψ = 0,89, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 16º, kuraklar oralig'idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o'tayotgan bug'ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,44 va pog’onaning reaktivlik darajasi ρ = 0,5 ga teng bo'lsa, soplo va kuraklardagi issiqlik energiyasi isrofi aniqlansin. Javob: hs = 6,4 kJ/kg; hk = 4,4 kJ/kg. 3 – masala. Agar turbina pog’onasidagi soplodan bug’ning oqib o’tishdagi haqiqiy tezligi c1 = 375 m/s, ishchi kuraklarining tezlik koeffisienti ψ = 0,87, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 13º, kuraklar oralig'idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o'tayotgan bug'ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,45 va bug’ning ishchi kuragidan chiqish burchagi β2 = 23º15’ ga teng bo'lsa aktiv pog’onadan absolyut chiqish tezligi tufayli issiqlik energiyasi isrofini aniqlang. Javob: hch = 2,6 kJ/kg. 4 – masala. Agar turbina pog’onasidagi soploning tezlik koeffisiyenti φ = 0,97, ishchi kuraklarining tezlik koeffisienti ψ = 0,86, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 14º, pog’onaning o’rtacha diametri d = 0,8 m, turbina valining aylanishlar chastotasi n = 3600 ayl/min, kuraklar oralig'idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o'tayotgan bug'ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,44 va bug’ning ishchi kuragidan chiqish burchagi β2 = 22º ga teng bo'lsa aktiv pog’onaning soplosidagi, ishchi kuraklaridagi va pog’onadan absolyut chiqish tezligi tufayli issiqlik energiyasi isroflarini aniqlang. Download 65.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling