Amaliy mashg’ulot 60


Download 1.27 Mb.
bet25/26
Sana23.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1387363
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
O`ZBEK TILI. ishchi o`quv dasturi туризм

Mashg‘ulot turi: amaliy
Mavzu: Xizmat yozishmalari. Xatlar matni ustida ishlash va shakllantirish.
Mavzu rejasi:
1.Og`zaki nutq: Xizmat yozishmalarining vazifasi, turlari. So`rov xati. Iltimos xati. Javob xati. Ilova xat. Tasdiq xat. Eslatma xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati.
2.Yozma nutq: Xizmat yozishmalarining matnlarini tuzish.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. -288b.
2. Normatova Sh., Abdurahmonova M. O`zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU, 2014. – 192 b.
3.Fayzullayeva Sh., Azimova H., Usmonova G. O`zbek tili (oliy o`quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun o`quv qo`llanma). – Toshkent: Iqtisodiyot, 2012. – 108 b.



MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Mustaqil ta’lim topshiriqlari mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olish maqsadida tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan.
Mustaqil topshiriqlar talaba oʻquv yuklamasining tarkibiy qismiga kirib, unda talaba tomonidan minimal 3kredit (90 soat hajmda) toʻplanishi lozim. Mazkur kursdagi modullar yuzasidan topshiriqlar amaliy xarakterda boʻlib talaba tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi va topshirilishi shart.
Mustаqil tа’limning bоsh mаqsаdi – talabalаrning o‘quv fаni аsоsidа оlgаn nаzаriy bilim ko‘nikmаlаrini tаkоmillаshtirish, ilmiy tаfаkkurni o‘stirish, o‘z ustidа ishlаsh, mustаqil tаhlil qilish mаlаkаsini shаkllаntirish vа ilmiy tаdqiqоt оlib bоrishgа tаyyorlаshdаn ibоrаt. Shu mаqsаddа mustаqil tа’lim mаvzulаri аsоsidа rеfеrаt yozish, аmаliy vа sеminаr mаshg‘ulоtlаri uchun nаzаriy bilim аsоslаrini to‘plаsh, puxta o‘zlаshtirish, o‘rganilayotgan hodisa mоhiyatni аks ettiruvchi chizmаlаr, ilmiy mаqоlа, tеzis vа mа’ruzаlаr tаyyorlаsh tаlаb qilinаdi. O‘quv fаni bo‘yicha mustаqil tа’lim uchun yil davomida (I va II semestr uchun) 90 sоаt аjrаtilgаn.
Talabalar “O‘zbek tili” faniga doir bilimlarni ish faoliyatida qo‘llay olishlari uchun nutqning uslubiy shakllari, matn tarkibi va turlarini farqlash, matnni tahrir qilish, ish yuritish asoslari, hujjatchilik, hujjat turlari va namunalarini o‘rganish asnosida hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldirish va tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur. Bu malakalar tavsiya etilgan mustaqil ta’lim topshiriqlari ustida muntazam ishlash natijasida shakllanadi va ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Shunga muvofiq, talabalar asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib o‘zlashtirish, internet saytlaridagi elektron manbalardan foydalanish natijasida referat, ilmiy ma’ruza, ko‘rgazmali qurol, va slaydlar tayyorlaydilar, o‘qilgan hikoyalar bo‘yicha qisqacha annotatsiya yoziladi, fan mavzulari bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajaradilar.






Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling