Amaliy mashg’ulot №7: elektr o’lchashlar


Elektrodinamik mexanizmlar (EDM)


Download 188.69 Kb.
bet4/4
Sana25.11.2020
Hajmi188.69 Kb.
#151679
1   2   3   4
Bog'liq
5-ф


Elektrodinamik mexanizmlar (EDM). EDMli asboblarning ishlashi tokli o’tkazgichlarning o’zaro ta’sir prinsipi (toklari qarama-qarshi yunalgan, ikkita o’tkazgich bir-biridan itarilishi, toklari bir xil yunalishda bo’lsa, bir-biriga tortilishi)ga asoslanadi. Bunday o’zaro ta’sirni g’altaklardan biridagi tokning boshqa g’altakda hosil bo’lgan tokning magnit maydon bilan o’zaro ta’siri, deb xulosa chiqarish mumkin.

EDMli asboblar ikkita: ikki seksiyali quzg’almas 1 va qo’zg’aluvchan 2 g’altakdan iborat.

O’lchash mexanizmlari tayyorlashda po’latdan foydalanmaslik 0,5; 0,2; 0,1 kabi yuqori aniqlik sinfidagi asboblarni yasash imkonini beradi.

G’altaklarning magnit oqimlari havo orqali tutashganligi uchun kuchsizdir. Elektrodinamik mexanizmli asboblarning tashqi magnit maydon ta’siriga berilishi ularning kamchiligi hisoblanadi.



EDMli asboblar, asosan, kuchma laboratoriya asboblari hisoblab, ampermetrlar va voltmetrlar sifatida ishlatiladi. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatlarni o’lchash uchun elektrodinamik vattmetrlar keng qullaniladi.


10.8-rasm.


Ferrodinamik mexanizmlar. Elektrodinamik mexanizmli asboblar-ning tashqi magnit maydon ta’siriga berilishini va aylantiruvchi momentining nisbatan kichik bo’lishini mexanizmda elektrotexnik po’lat plastinkalardan yoki permalloydan iborat ferromagnitli magnit o’tkazgichni qullash bilan bartaraf qilish mumkin. SHunday magnit o’tkazgichli elektrodinamik asboblar ferrodinamik asboblar deb ataladi. Ularning ishlash prinsipi elektrodinamik asboblarnikiga uxshashdir. Quzg’almas g’altak 1 magnit o’tkazgich 3 ichiga joylashtiriladi, qo’zg’aluvchan karkassiz g’altak 2 esa po’lat 4 dan iborat quzg’almas silindr bilan urab olingan bo’ladi (16.8 -rasm). Po’lat magnit o’tkazgich o’lchash mexanizmining magnit maydonini kuchaytiradi, natijada asbobning aylantiruvchi momenti birmuncha oshadi. O’zida kuchli magnit maydonining bo’lishi tashqi magnit maydonlar ta’sirini kamaytiradi.

Ferrodinamik mexanizmli asboblar o’zi yozar asboblarda hamda tebranish, silkinish va zarbli silkinish sharoitlarida ishlatish uchun mo’ljallangan asboblarda qullaniladi.

O’lchash mexanizmida chiziqli bo’lmagan element (po’lat magnit o’tkazgich)ning bo’lishi, gisterezis, uyurma toklar va po’latning magnitlanish egri chizig’i chiziqli bo’lmasligi sababli asbobning aniqlik darajasi pasayadi. Ferrodinamik mexanizmli asboblarning aniqlik sinflari 1,5; 2,5 bo’ladi.
Induksion mexanizmlar. Induksion mexanizmli asboblarda aylantiruvchi moment quzg’almas konturlar hosil qilgan o’zgaruvchan magnit oqimlari va asbobning qo’zg’aluvchan qismida shu oqimlar indiktivlagan uyurma toklarning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Bunday asboblarning ishlash prinsipidan kurinadiki, ular faqat o’zgaruvchan tok zanjirlarida qullanilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda induksion o’lchash mexanizmlari faqat elektr energiyasi hisoblagichlarida qullaniladi.



Induksion hisoblagichlarning quyidagicha aniqlik sinflari mavjud: 0,5; 1,0; 2,0.

Uch fazali elektr qurilmalarda elektr energiyasining uch fazali hisoblagichlari qullanilib, ular ikkita yoki uchta asosiy elementlardan iborat bo’ladi va uq orqali hisoblash mexanizmiga ta’sir kursatadi.
Download 188.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling