Amaliy mashg‘ulot №7 Mavzu: Issiqlik almashinish jarayonlarini xisoblash Nazariy ma’lumotlar


Download 58.49 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi58.49 Kb.
#1762295
  1   2   3
Bog'liq
AMALIY MASHG‘ULOT №7


AMALIY MASHG‘ULOT №7
Mavzu: Issiqlik almashinish jarayonlarini xisoblash
Nazariy ma’lumotlar. Ko‘pchilik texnologik jarayonlarning intensivligi isitish yoki sovitish jarayonini qanday amalga oshirilayotganligiga bog‘liq.
Issiqlik jarayonlari haroratlar farqi mavjud bo‘lganda, harorati yuqori bir jismdan harorati past bo‘lgan ikkinchi jismga issiqlikning o‘tishidir. Bunday jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshriladi.
Issiqlik almashinish jarayonlarida qatnashuvchi suyuqliklar issiqlik tashuvchi agentlar deb ataladi.
Yuqori haroratga ega bo‘lib, o‘zidan issiqlikni harorati past muhitga beruvchi suyuqliklar isituvchi agentlar deyiladi.
Sovitilayotgan muhitga nisbatan past haroratga ega bo‘lgan va o‘ziga muhitdan issiqlikni oluvchi suyuqliklar sovituvchi agentlar deb ataladi.
Issiqlik tashuvchi agentlardan sovituvchi agentlarga issiqlik tarqalishining asosan uchta turi bor:
1. Issiqlik o‘tkazuvchanlik;
2. Konveksiya;
3. Issiqlikning nurlanishi;
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning tartibsiz harakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o‘tish jarayoni issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan uzatilayotgan issiqlik miqdori Fure qonuniga binoan topiladi:
(9.1)
Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik hajmlarning harakati va ularni aralashtirish natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil bo‘ladi. Gaz yoki suyuqliklarning har xil qismlaridagi zichliklarning farqi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlikning almashinishi tabiiy yoki erkin konveksiya deyiladi. Tashqi kuchlar tahsirida (nasoslar yordamida uzatish, mexaniq aralashtirgichlar bilan aralashtirish paytida) majburiy konveksiya hosil bo‘ladi.


1-rasm: Truba ichida truba issiqlik almashinish qurilmasining umumiy ko‘rinishi

Download 58.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling